2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja
«Sariq ro`mollilar» qo`zg`oloni. Milodiy II asrning ikkinchi yarmida
Download 41.77 Kb.
|
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 184-yilda
- 40 mingdan ortiq
- Dun Chjo
- 4. Xan podsholigi davrida xo`jalik va iqtisodiy-madaniy aloqalar.
3. «Sariq ro`mollilar» qo`zg`oloni. Milodiy II asrning ikkinchi yarmida Xan saltanatida jabr-zulm kuchayib, og`ir vaziyat ancha keskinlashgan. Xan podsholigining turli joylarida yana qo`zg`olonlar boshlangan. Shunday qo`zg`olonlardan biri va eng kattasi 184-yilda boshlanib, unga o`z zamonining «oqil va saxiy muallim« deb nom olgan, mashhur tabib Chjan Szyao va uning ikki ukasi rahbarlik qilganlar. Ular xalqqa murojaat qilib, podsholikni ag`darib tashlashga va farovon hayot qurishga da`vat etganlar.
184-yilda boshlangan qo`zg`olon 20 yil davom etgan. Qo`zg`olonchilar o`z raqiblaridan ajralib turish uchun sariq ro`mol o`rab jangga kirganlar. Sariq rang xitoyliklarda farovon hayot ramzi ham bo`lgan. Shu tufayli bu harakat «Sariq ro`mollilar» qo`zg`oloni nomi bilan mashhur bo`lgan. Qo`zg`olonchilar qo`shini 300 ming kishidan iborat bo`lib, 36 qismga bo`lingan edi. Qo`zg`olonni bostirish uchun 40 mingdan ortiq hukumat qo`shinlari yuboriladi. 184–185-yillardagi janglar natijasida qo`zg`olon rahbari Chjan Szyao halok bo`lib, qo`zg`olonchilar yengiladilar. Janglarda har ikki tomondan juda ko`p kishi halok bo`ladi. 188–207-yillar orasida ham Xan podsholigining ko`p joylarida katta-katta qo`zg`olonlar bolib o`tadi. Ular ham hukumat qo`shinlari tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi. Lekin bu qo`zg`olonlar Xan saltanatini zaiflashtirib yuboradi. Ko`p o`tmay so`nggi Xan podshosi Dun Chjo o`ldiriladi va mamlakatda o`zaro urushlar boshlanib ketadi. III asr boshlariga kelib Xan podsholigidan Vey, Shu, U kabi davlatlar ajralib chiqadilar. Xitoyda uch podsholik davri boshlanadi. Shu bilan kichik Xan podsholigi tugab, Qadimgi Xitoy tarixi ham o`z nihoyasiga yetadi. 4. Xan podsholigi davrida xo`jalik va iqtisodiy-madaniy aloqalar. Kichik Xan podsholigi davrida xo`jalikning asosini dehqonchilik tashkil etar edi. Dehqonlar omoch, so`qa, mola, tirma, belkuraklardan foydalanib, yerga ishlov berganlar. Yer haydashda ho`kiz va eshaklardan, shuningdek qullar kuchidan foydalanganlar. Xuanxe, Yanszi, Siszyan va ularning irmoqlariga to`g`onlar qurib, yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan. Balandroq joylarga suv chiqarish uchun charxparraklardan foydalanganlar. Dehqonlar arpa, sholi, bug`doy, tariq, choy ekkanlar. Sersuv joylarda sholi ekilgan. Xitoyda bog`dorchilik va sabzavotchilikka ham katta o`rin berilgan. Ipakchilikni rivojlantirish uchun tutzorlar ko`paytirilgan. Dehqonchilik aholini oziq-ovqat bilan ta`minlovchi soha bo`lib qolavergan. Shu davrda Xitoyga O`rta Osiyodan uzum, qovun, beda kabi ekinlarni olib kelib ekkanlar. Chorvachilik ham xitoyliklar xo`jaligining asosini tashkil etgan. Tabiiy sharoit qulay bo`lgan joylarda qo`y, echki, qoramol, cho `chqa boqish rivoj topgan edi. Xitoy podsholari hamma davrda ham yilqichilikka katta e`tibor bilan qaraganlar. Xitoyda Markaziy Osiyoning pakana otlari parvarish qilingan. Xitoyliklar oliy zotli «Osmon otlarini» Parikan-Dovondan olib kelishgan. Otlardan ko`proq harbiy maqsadlarda, ba`zi hollarda esa ish kuchi sifatida foydalanilgan. Ho`kiz va eshaklardan qishloq xo`jaligi ishlarida foydalanilgan. Xan saltanati davrida Xitoyda kulolchilik, miskarlik, temirchilik, duradgorlik, zargarlik, qurolsozlik, kemasozlik va xunarmandchilikning boshqa sohalari rivoj topgan edi. Qog`oz ishlab chiqarish Xitoy hunarmandchiligining eng muhim sohalaridan biri edi. Bu davrda Xitoyda paxta ekilmas edi. To`quvchi ustalar zig`ir va tabiiy o`simliklardan ip yigirib to`qimachilikka e`tibor berganlar. Ipak qurti boqish, undan ipak tolasini ajratish va ipak matolar to`qish Xitoyda azaldan mashhur edi. Xitoy savdogarlari Hindiston, Arabiston, Afrika hatto O`rtayer dengizi sohilidagi mamlakatlar bilan qizg`in savdo olib borganlar. U-di davrida «Buyuk ipak yo`li»ga asos solinib, shu yo`l orqali O`rta Osiyo, Parfiya, Hindiston va Vizantiya bilan savdo aloqalari olib borilgan. «Buyuk ipak yo`li» va dengiz yo`llari Xitoyning tashqi dunyo bilan siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy aloqasida muhim o`rin to`tgan. Download 41.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling