2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja
Download 41.77 Kb.
|
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi V asrdan boshlab
- 2. Qadimgi Xitoy adabiyoti.
- I–II asrlarda
Qadimgi Xitoy madaniyati
1. Qadimgi Xitoy yozuvi. Qadimgi Xitoy ko`hna Mis va Mesopotamiya singari o`z yozuvi va adabiyotiga ega bo`lgan. Qadimgi xitoyliklar hozirgi kunimizdan 3,5–4 ming yil ilgari o`zlarining yozuvlarini yaratganlar. Ularning yozuvi ham misrliklarniki singari rasm-belgilardan – iyerogliflardan iborat bo`lgan. Har bir iyeroglif – belgi butun bir so`zni ifoda etgan. Bir kichik shoxcha belgisi «daraxt», ikkitasi «o`rmon», uchtasi esa «chakalakzor» kabi ma`nolarni bildirgan. Xitoyda dastlabki yozuv miloddan avvalgi II mingyillikda kashf etilgan. Bu Shan-In davlati davriga to`g`ri kelgan. o`shanda yozuvlar soni 2000 ga yaqin bo`lgan. Xan davrida esa iyerogliflarning soni o`n sakkiz mingga yetgan. Xitoy yozuvlari asrlar mobaynida ayrim o`zgarishlarga duch kelgan. Ammo u o`zining asosiy belgilarini zamonamizgacha saqlab qolgan. Xitoyliklar xatni dastlab suyak, yog`och, cho`p, teri va bambuk tanasidan tayyorlangan maxsus taxtachalarga yozganlar. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab esa ipakdan tayyorlangan shoyi parchasiga yozganlar. Miloddan avvalgi I asrda xitoylar qog`ozni kashf etishgach, yozuvlar ana shu qog`ozlarga yozilgan. Xitoyliklar dunyoda birinchi bo`lib qog`ozni kashf etishgan ekan. Matnlar o`ngdan chapga tomon ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab yozilgan. Yozuvda bo`yoq cho`p, qush patlari va cho`tkachalardan foydalanilgan. Xitoyliklar qog`ozni bambuk, latta va po`stloq aralashmasidan tayyorlaganlar. 2. Qadimgi Xitoy adabiyoti. Qadimgi xitoyliklar o`zlarining ajoyib adabiyotiga ega bo`lganlar. Qadimgi Xitoy adabiyotining shakllanishi xalq og`zaki ijodiyoti bilan bog`liqdir. Yozuv kelib chiqqach, yozma adabiyot rivoj topgan. Xitoyda «Shi-Szin», «Chun-syu» kabi asarlar yaratilgan. Xitoylar ajoyib afsona, ertak, rivoyat, qo`shiq, topishmoq va ko`plab maqollar yaratganlar. Dostonlar Xitoyning qadimgi adabiyotidan katta o`rin olgan. Xitoy adabiyotida diniy, tarixiy va falsafiy mavzular keng o`rin olgan. Xitoyda miloddan avvalgi IV–I, milodning I–IV asrlaridan Soy Yuan, Sima Syan kabi mashhur shoirlar ijod etishgan. Qadimgi Xitoyda musiqa, raqs, qo`shiq san’atiga qiziqish erta boshlangan. Ularda musiqa asboblarining torli, urib, puflab chalinadigan turlari keng tarqalgan. Xitoyga qo`shni O`rta Osiyo xalqlarining arfa kabi musiqa asboblari I–II asrlarda kirib borgan. Download 41.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling