2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Download 41.77 Kb.
bet18/18
Sana04.02.2023
Hajmi41.77 Kb.
#1164974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.

394–395-yillarda xunnlarning bir qismi Suriya va Kappadokiyaga bostirib kirganlar.
Ular g`arbga yurishni davom ettirib, Dunay daryosining yuqori qismidagi yerlarni bosib olganlar. Shu yerdan turib ular Sharqiy va G`arbiy Rim saltanatiga ham tahdid solib turganlar.
Attila davrida (434–453) Markaziy Yevropaning juda ko`p qabilalari xunnlarga tobe bo`lgan. 451-yilda xunnlar Galliyaga bostirib kirganlar. Ammo rimliklar, vesgottlar va franklarning birlashgan qo`shinlari Katalaun yonidagi jangda xunnlarni yengib, ularni orqaga chekintirganlar. 453-yilda Attila vafot etgach, xunnlar davlati kuchsizlangan. Ularning 455-yili Pannoniyaga, 469-yili Bolqonga qilgan yurishlari mag`lubiyat bilan tugagan.
Shundan keyin xunnlar ittifoqi tarqalib, davlat mutlaqo kuchsizlangan. Xunnlar mahalliy aholiga qo`shilib ketganlar. Shu tariqa 7–8-asr hukm surgan Xunnlar davlati 5-asr oxirlariga kelib barham topgan.
Xunnlar ham o`zlariga xos oddiy, soddagina madaniyat yaratganlar. Ammo ular Qadimgi Xitoy madaniyatidan keng foydalanganlar. G`arbga ko`chgan xunnlar madaniyatiga O`rta Osiyo xalqlari va Rim madaniyati kuchli ta`sir ko`rsatgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Arxeologlar hikoya qiladi. To`plam. Toshkent, 1974.
2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970.
3. Аскаров А, Албаум Л.Поселение Кучуктепа. Ташкент, 1970.
4. Борисовский А.И. Древнейшее прошлое человечества. Москва. Наука, 1980.
5. Kabirov J, Sagdullayev A.O`rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990.
6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991.
7. Окладников А.П. Палеолит и мезолит Средней Азии. Вкн. Средняя Азия в эпоху камня и броньзи. М. - Л., 1966.
8. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964.
9. Тайлор Э.Б. Первобyтная култура. Пер. с англ. Д. А. Коропчевского.М., 1989.
10. Чебоксаров Н.Н., Чебоксарова И.А. Народy, расy, културиy. М.: Наука, 1985.
11.O`zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida. Toshkent.Universitet, 1997, 2-nashri, 1999.
Download 41.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling