Temirchilik 1) temirni bolgʻalab turli buyumlar (ketmon, oʻroq, tesha va boshqalar) yasash
Download 78.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Temirchilik - Vikipediya
Temirchilik Temirchilik - 1) temirni bolgʻalab turli buyumlar (ketmon, oʻroq, tesha va boshqalar) yasash kasbi. T. kishilik jamiyatining eng qadimgi davrlarida paydo boʻlgan. Mil. av. 3—4ming yillikda Eron, Mesopotamiya, Misrda temirni sovuklayin va qizdirib bolgʻalab, turli xil aslahalar, mehnat qurollari va boshqa buyumlar yasalgani maʼlum. Oʻzbekiston hududida T. ishi maxsus doʻkonda amalga oshirilgan. T. doʻkonida — oʻchoq, qoʻra, supa, oʻra, choʻpkunda; ish qurollaridan sandon, bosqon, bolgʻa, ombur, egov, charx, dam va h.k. boʻlgan. Temirchi temirni otashdondagi oʻtga qoʻyib qizdiradi, metall tobiga kelib, oq tusga kirgach, uni sandonga qoʻyib, zarur shaklga kelguncha bolgʻalaydi. Bu ishlar usta, bozgʻonchi va damgir tomonidan bajarilgan. T. hozir ham keng koʻlamda saqlanib qolgan; 2) ogʻir mashinasozlikning metallni bolgʻalab, shtamplab, presslab turli buyumlar ishlab chiqariladigan tarmogʻi. Bu tarmoq 16- asrda Yevropada birinchi marta suv bilan ishlaydigan mexanik bolgʻa yaratilganidan keyin rivojlandi. 19-asrlarda mashinada shtamplash, bugʻ bilan ishlaydigan bolFa, gidravlik press vujudga keldi. 20-asr 50y.lariga kelib T.ning yangi usullari, yaʼni qiyin deformatsiyalanadigan materiallarni portlatib yuqori tezlikda shtamplash, gidrostatik press lash (gidroekstruziya) va boshqa usullar yaratildi. T. materiallarni deformatsiyalashga, yaʼni ularni yemirmay, tashqi kuch taʼsirida shaklini oʻzgartirishga asoslangan. T.ning keng ishlatiladigan usullaridan biri bosim bilan ishlov berish. Bu usul mashinaning eng muhim detallarini tayyorlashda ishlatiladi. Metall ishlashning asosiy usullari dastlabki materiallarning holatiga (prokat, quyma va boshqalar), jihozlarga (press, bolgʻa), asboblar bilan uskunalanishiga va texnologik usullarga bogʻliq. Shu alomatlariga qarab, T. bolgʻalash, hajmiy va list shtamplash, presslash turlariga boʻlinadi (qarang Metallarni ishlash ). Bolgʻalash — metallarni bosim bilan ishlash usullaridan biri (qarang Bolgʻalash , Bolgʻalash mashinasi ). Shtamplash — materiallarga bosim bilan ishlov berish; bunda zagotovkaga shtamplarda plastik deformatsiya berilib, zarur shakldagi buyumlar olinadi. Shtamplash 0,5— 30 t li katta bolgʻalarda, 6—100 Mn (600—10000 tonna kuch) kuch bilan zarb beradigan issiklayin shtamplaydigan krivoshipli presslarda, 750 Mn (75000 tonna kuch) kuch bilan zarb beradigan gidravlik presslarda bajariladi. Shtamplash materiallarni ancha tejaydi, buyumlar tannarxini kamaytiradi. Presslash — turli profilli materiallar, simlar, quvurlardan zagotovka va buyumlar olish usuli. Hajmiy yumshok, materiallar (paxta, xashak va boshqalar) ni paketlashda, ikkilamchi xom ashyolar (qirindi, chiqindi)ni qayta ishlash va boshqalarda ham ishlatiladi. T. yoʻli bilan ishlab chiqariladigan buyumlar avtomobil va aviatsiya sanoatlarida, traktorsozlik, asbobsozlik, yengil sanoat, uyroʻzgʻor va boshqa tarmoqlarda ishlatiladi. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Temirch ilik&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Temirchilik&oldid=2859963 " dan olindi Download 78.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling