2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Download 41.77 Kb.
bet5/18
Sana04.02.2023
Hajmi41.77 Kb.
#1164974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.

Sin podsholigi
1. Sin podsholigining tashkil topishi. «Adovatlashuvchi podsholiklar» davrida olib borilgan urushlar xo`jalikning hamma sohalariga katta zarar, mamlakat aholisi, xususan mehnatkashlar boshiga og`ir kulfatlar keltirgan. Mamlakatdagi o`zaro urushlar va tushkunlikdan Xitoy atrofida yashagan ko`chmanchi qabilalar foydalanganlar. Bu davrda Xitoy shimolida yashovchi xunn qabilalarining talonchilik urushlari kuchaygan. Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmida Xitoyni yagona bir davlatga birlashtirish g`oyasi tug`ilgan. Xitoydagi Chu va Sin podsholiklari yagona davlat tuzish uchun kurash boshlaganlar. Bu kurashda Sin podsholigi g`olib chiqqan.
Sin podsholigi Xuanxe daryosining irmoqlaridan biri Vey daryosi havzasida joylashgan bo`lib, podsholikning poytaxti San`yan shahri Vey daryosining chap sohiliga joylashgan edi. Miloddan avvalgi IV asr o`rtalariga kelib, podsho Sao-chun davrida (miloddan avvalgi 361–338-yillar) Sin podsholigi birmuncha kuchayadi.
2. Shan-Yan islohoti. Podsho Sao-chun o`z amaldori Shan-Yanga xo`jalik va mamlakatni boshqarish sohasida islohotlar loyihasini ishlab chiqishini topshiradi. Shan-Yan bu islohot loyihasini ishlab chiqadi. Islohotga ko`ra yerni istagancha xususiy mulk qilib olish mumkin. Yerni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Ilgari hosildan olinadigan soliq yer solig`i bilan almashtirilgan.
Davlatni boshqarishda ham qator ishlar qilingan. Butun podsholik 36 viloyatga bo`linib, uni podsho tayin etgan yangi amaldorlar idora qilganlar. Eski amaldorlar ishlaridan chetlashtirilgan va mamlakatda kuchli nazorat o`rnatilgan. Podsholik maktab va maorif ishlariga katta e`tibor berib bu sohada ham islohotlar o`tkazilgan. Sin qo`shinlari qayta tuzilib mustahkamlangan. Islohot natijalari podsho hokimiyatini ancha kuchaytirgan. Ammo Shan-Yan islohoti eski zodagon, xalq ommasi, konfutsiychi oqim namoyandalari va qullarning qarshiligiga uchragan. Podsho Sao-chun vafotidan keyin islohotchi Shan-Yan qatl etilgan.

Download 41.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling