Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo


Download 168.24 Kb.
bet9/37
Sana08.03.2023
Hajmi168.24 Kb.
#1249856
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov

6. Nutqning maqsadga muvofiqligi. Nutqning maqsadga muvofiqligi juda muhimdir. Nutq madaniyati adabiy til me’yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda to‘Iiq foydalanish demakdir.
Nutq madaniyati yuksak bo‘lgan kishi, birinchidan, o‘z nutqini to‘g‘ri, adabiy til me’yorlariga muvofiq tuzadi. Ikkinchidan, til vositalaridan eng muvofiq, eng zarurlarini tanlab о lib, nutqning jozibali bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, nutqning ixchamligi, mazmundorligi ham katta ahamiyatga egadir.
Abulia Qahhor ta’kidlaganidek, «Kitobxonga bir fikmi yoki bir narsani tasawur qildirish uchun kishini boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til kerak», «Surat oldirayotgan kishi suratga chiroyli va kelishib tushmoqqa behuda zo‘r berib, o‘zining tabiiy holatim buz.ganday, yozuvchi chiroyli va qoyil qilib yozishga zo‘r bersa, adabiy asar uchun zarur bo'lgan tildagi soddalik, tabiiylik buziladi».
Nutq to‘g‘ri, ammo, ayni vaqtda tushunilishi qiyin bo'lishi mumkin. Nutq to‘g‘ri, biroq nutq so‘zlanayotgan sharoitga mos bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham atoqli o‘zbek shoir va yozuvchilari o‘z asarlarini qayta-qayta ishlaganlar. Bu borada A. Qodiriy, Oybek, A.Qahhor, S.Ahmad, A.Oripovlarni ko‘rsatib o‘tish joizdir. Yozuvchi
S. Ahmadning aytishicha, A. Qahhor ba’zi hikoyalari matnini 27 martagacha qayta ishlaganXXIV XXV.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin shunday yozadi: «Adib o‘zini tahrir qilishi, asarlarida haykaltaroshdek g‘adir-budur marmami ishlab, jonli inson yaratishi kerak. F.Dostoyevskiyning «Aka-uka Karamazovlar» romani qo’lyozmasini ko‘rib, og‘zim ochilib qoldi. Shu darajada ko‘p tahrir qilinganki, ko‘chiruvchi mashinachilarga juda qiyin bo‘lgan bo‘lsa kerak. Abdulla Qodiriy, Oybek qo'lda yozgan, bir sidra osor yozilgan yaxshi asar yo‘q, har qanday zako va yetuklik ham tahriru ter to‘kishni taqozo etadi»1.
Ko‘rinadiki, yozuvchilar so‘z va so‘z birikmalarining birini boshqasi bilan almashtirganda, me’yorga mosligini emas, maqsadga qay darajada muvofiq kelishini ko‘zda tutadilar.
Nutq faoliyatida muallif o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni eng aniq, eng to‘g‘ri, eng yaxshi, eng ta’sirli, eng tushunarli qilib ifodalaydigan so‘zlami, so‘z birikmalami, gaplami, topishga, tanlashga intiladi. Bu vositalar~: yaxlit qilib, «maqsadga muvofiqlik» deb belgilash mumkin. So‘zlovchining u yoki bu so‘zning, u yoki bu sintaktik qurilma matnining maqsadga muvofiq tuzilganini sezishi, shunga muvofiq ish
olib borishi lozim. Me’yor va maqsadga muvofiqlikning birgalikdagi harakati nutq madaniyatini mukammallashtirishdir.

Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling