1. Mifologik dunyoqarash


Download 20.22 Kb.
bet5/6
Sana02.01.2022
Hajmi20.22 Kb.
#193057
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5188505207226509038

Fazo va vaqt, makon va zamon — borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va ulardagi tarkibiy nuk,talarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va mikyosini ifoda etea, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi xrdisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va davomiyligini ifodalaydi.  Fazo va va vaqtning xususiyatlarini 2 turga ajratish mumkin. 1turga tegishli oʻlchov asboblari (lineyka, ruletka, soat kabilar) bilan oʻlchash mumkin boʻladigan, turli hisob sistemalarida turlicha namoyon boʻladigan nisbiy xususiyatlari kiradi va ular metrik xususiyatlar deb ataladi. Bunday xususiyatlarga fazoning koʻlami, bir jinsliligi, izotropliligi, egilganligi, vaqtning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi, anizotropligi va boshqa kiradi. 2turdagi xususiyatlari Fazo va vaqtning tub mohiyatiga aloqador boʻlgan, barcha hisob sistemalarida bir xilda namoyon boʻladigan, oʻzgarmas, fundamental xususiyatlardir. Ular topologik xususiyatlar deb atalib, fazoning uzluksizligi yoki diskretligi, oʻlchamliligi, tartiblanganligi, kompaktligida, vaqtning esa uzluksizligi, bir oʻlchovliligi, orqaga qaytmasligi, chiziqli bogʻlanganligida va boshqa da namoyon boʻladi. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini ifoda etea, topologik xususiyatlari esa tub sifat jihatlarini aks ettiradi. Shu sababli falsafada F. va v.ning metrik xususiyatlari — miqdoriy xususiyatlar, topologik xususiyatlari esa sifatiy xususiyatlar deb ataladi. F. va v.ning metrik xususiyatlari oʻzgarganda voqeliqsa jiddiy strukturaviy oʻzgarishlar roʻy bermasligi mumkin, topologik xususiyatlarning oʻzgarishi esa voqelikni, albatta, tubdan strukturaviy oʻzgartiradi. F. va v.ni anglashda real, perseptual va konseptual Fazo va vaqtlarni birbiridan ajrata olish lozim va fazo va vaqtning xususiyatlari shulardan iborat.



3
Download 20.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling