1. Мифологик эпосларнинг халқ эпосларидаги бадиий ифодаси деганда нимани тушунасиз?
Download 13.26 Kb.
|
Qadimgi davr dunyo Adabiyoti va folkloridan javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Эртак жанрининг умумий ва хусусий жиҳатлари деганда нимани тушунасиз
- 5.Миф ва драма, мифологик образнинг трагик қаҳрамонга айланиши деганда нимани тушунасиз
- 9.Шарқ ва Ғарб образ ва мотивларининг қиёсий таҳлили
- Javoblar.
Саволлар 1.Мифологик эпосларнинг халқ эпосларидаги бадиий ифодаси деганда нимани тушунасиз? 2.Эпос ва роман муносабати 3.Эртак жанрининг умумий ва хусусий жиҳатлари деганда нимани тушунасиз? 4.Қадимги юнон адабиёти ва трагедия жанрининг бадиий такомили 5.Миф ва драма, мифологик образнинг трагик қаҳрамонга айланиши деганда нимани тушунасиз? 6.Психологик трагедия нима? 7.Паремик турнинг ёзма ва оғзаки жанрлари фарқланиши 8.Шарқ ва Ғарб эпосларининг муштарак сюжетлари 9.Шарқ ва Ғарб образ ва мотивларининг қиёсий таҳлили 10."Алпомиш" ва "Одиссей" эпослари таҳлили 11.Мифологик образларнинг роман жанридаги бадиий ифодаси, Сзиф образининг тарихий генезиси 12. "Гўрўғли" достони ва романининг муштарак жиҳатлари Javoblar. 1-savolning javobi.Mifologik obrazlar ibtidoiy badiiy uydirma-fantaziya mahsuli boʻlib, koinot, tabiat va jamiyatdagi turli-tuman hodisalar, kad. odam tasavvurida mavjud boʻlgan gʻayrioddiy kuchlarning kelib chiqish sabablarini izohlashga xizmat qilgan. Badiiy tafakkur shakllangach, qad. mifologiyannig tarkibiy qismi sanalgan asotiriy obrazlar adabiyot va sanʼatga koʻchgan. Oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari, "Alpomish", "Kuntugʻmish", "Rustamxon" hamda "Goʻroʻgʻli" turkumiga mansub dostonlar, oʻzbek xalq, afsonalari va ertaklaridagi Mifologik obrazlar shular jumlasidandir. Folklor va yozma adabiyotdagi Mifologik obrazlar badiiy talqinning toʻlaqonli chiqishi hamda poetik tafakkurning keng qamrovliligini koʻrsatish vazifasini bajaradi. 2-savolning javobi.Epos (yun. yeroz — soʻz, hikoya) — 1) badiiy adabiyot turi (lirika va drama bilan bir kdtorda); 2) xalqning qahramonona oʻtmishini aks ettiruvchi asar. E. adabiyotning uch turidan biri sifatida tafsilot tasviriga tayangan badiiy asarlar jamini anglatadi. Unda muayyan makon va zamonda kechadigan voqeahodisalar tafsiloti, albatta, mavjud boʻladi. E.da soʻz yordamida oʻquvchi koʻz oʻngida real hayot manzaralariga muvofiq keladigan badiiy voqelik yaratiladi. Eposning eng asosiy belgisi voqea tasviri, bayoni boʻlgani uchun ham koʻpincha bu turdagi asarlar nasr yoʻlida yoziladi. Lekin bu hol sheʼriy shaklda bitiladigan epik asarlar borligi va boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Qandaydir voqeani aks ettirish asosiga qurilgan sheʼriy va nasriy asarlar E.ga mansubdir.E. badiiy tasvir qamroviga koʻra, katta, oʻrta va kichik kabi uchta janr guruhiga ajratiladi. Katta epik janrlarga roman, epopeya, epik doston; oʻrta epik janrlarga qissa; kichik epik janrlarga afsona, badia, latifa, masal, novella, ocherk, rivoyat, ertak, esse, etyud, hikoya, hikoyat kabilar kiradi. Epos va romanning munosabatini oladigan bo'lsak roman ham eposning tarkibiy qismi hisoblanadi Lekin xalq eposlarini oladigan bo'lsak xalq eposlari xalq tomonidan yaratiladi, roman esa muayyan yozuvchi tomonidan yoziladi. 3-savolning javobi.Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. E. janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi E.lar, sehrli E.lar, maishiy E.lar, hajviy E.larga boʻlinadi. Hayoti maishiy ertaklarga ,,Zumrad va Qimmat'' sehrli fantastik ertaklarga ,,Urto'qmoq''hayvonlar haqidagi ertaklarning o'zi ham ikkiga bo'linadi.Oddiy hayvonlar haqidagi ertaklar va hayvonlar haqidagi majoziy ertaklar.Oddiy hayvonlar haqidagi ertaklarga ,,bo'pti bilan tulki'' hayvonlar haqidagi majoziy ertaklarga ,,Susambilni''misol keltirishimiz mumkin. Download 13.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling