1. Mikroprosessor yoki prosessor Qattiq disk yoki vinchester
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Disk yurituvchilari 8. Elektr ta’minlovchi blok
- Mikroprosessor yoki prosessor
- Qattiq disk yoki vinchester
- Tezkor xotira mikrosxemalari
- Qo’shimcha kartalar yoki qo’shimcha plata
- Ona platasi Mother board
- Elektr ta’minlovchi blok
2-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Tizimli blok qismlari bilan tanishish. Reja: 1. Mikroprosessor yoki prosessor 2. Qattiq disk yoki vinchester 3. Tezkor xotira mikrosxemalari 4. Kesh xotira mikrosxemalari 5. Qo’shimcha kartalar va adapterlar 6. Ona platasi (Mother board ) 7. Disk yurituvchilari 8. Elektr ta’minlovchi blok Tizimli blok bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprosessor, Qattiq disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu Tizimli blokga hamma tashqi qurilmalar boglanadi va u ularning ishini ta’minlaydi. Mikroprosessor yoki prosessor- Kompyuterning asosiy hisoblash qurilmasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichikina, to`rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Intel Core i7-11700K 3.60GHZ Qattiq disk yoki vinchester - Ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi Qattiq disk nomidan kelib chiqkan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan Qattiq disk nomi "30/30" bo`lgan va bu mashxur Winchester miltiqning kalibrga o’xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi. Tezkor xotira mikrosxemalari - Kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo`lgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Kompyuter o`chirilgandan keyin shu xotiradagi ma’lumotlar yo’qotiladi. Kesh xotira mikrosxemalari - Kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi. Qo’shimcha kartalar yoki qo’shimcha plata - Ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va ...). Adapter - bu bitta apparat yoki elektron interfeysni boshqa apparat yoki elektron interfeysga moslashtirishga (funktsiyani yo'qotmasdan joylashtirishga) imkon beradigan teknik qurilma. Kompyuterda adapter ko'pincha kartaga o'rnatilgan bo'lib, uni kompyuterning ona platadagi maxsus interfeysga (usb, vga, HDMI,) kiritish mumkin. Ona platasi Mother board - Asosiy elektron sxema bo`lib unga prosessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, qo’shimcha karta va adapter elektrosxemalari o`rnatiladi, Qattiq disk va disk yurituvchilari ulanadi. Disk yurituvchilari - Bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o'qish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi. Elektr ta’minlovchi blok - Har bir qismning o’ziga mos elektrquvvat extiyojini ta’minlovchi blok. Sovutish qurilmalari: Yuqori chastotalarda ishlovchi zamonaviy protsessorlar haddan tashqari qattiq qizib ketadi. Ammo protsessorlar ham mansub bo‘lgan yarim o‘tkazgichli mikrosxemalar 80-100 darajadan ortiq haroratga chidolmaydi. Ozgina qizib ketsa ham, ular yo o‘chib qoladi, yoki ishdan chiqadi. Protsessorning korpusini sovutish uchun katta miqdorli qovurg‘alarga ega bo‘lgan alyuminiy yoki misdan yasalgan og‘ir radiatorlardan foydalaniladi. Ularni ventilyator havo bilan puflab turadi. Ventilyator uchun "kuler" (inglizcha, "cooler" - muzlatgich, issiqlikni oluvchi) atamasi ommaviydir. Bir qator tizimli platalar u chiqarayotgan va ko‘tarilayotgan shovqinni kamaytirish uchun ventilyatorning aylanish tezligini tartibga solib tura oladi. Protsessorni sovutish uchun kulerli radiator: Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling