1. Mikroprotsessor xotirasi Mikroprotsessorning interfeys qismi


Mikroprotsessorning interfeys qismi


Download 446.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana08.01.2022
Hajmi446.42 Kb.
#251939
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-maruza

 Mikroprotsessorning interfeys qismi  

MPning interfeys qismi MPni ShKning tizim shinasi vositasida bog‘lash va 

muvofiqlashtirish,  shuningdek,  amalga  oshayotgan  dastur  komandalarini  qabul 

qilib,  dastlabki  tahlildan  o‘tkazish  hamda  operandlar  va  komandalarning  to‘liq 

manzillarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan.  



Interfeys  qism  o‘z  tarkibiga  MPXning  manzilli  registrlarini,  manzil 

shakllantiruvchi uzelni, MPdagi komandalarning buferi sanaladigan komandalar 

registrlarining blokini, MPning ichki interfeys shinasini hamda kiritish-chiqarish 

portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.  

Kiritish-chiqarish portlari - ShKning tizim interfeysiga qarashli punktlar 

bo‘lib,  MP  ayni  shu  punktlar  orqali  boshqa  qurilmalar  bilan  axborot 

almashinadi. MPda hammasi bo‘lib 65536 ta portlar bo‘lishi mumkin. Har bir 

port,  xotira  uyasining  manziliga  mos  keluvchi  manzilga,  ya’ni  port  raqamiga 

ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy kompyuter xotirasining bir bo‘lagi emas, 

balki  kiritishchiqarish  qurilmasining  ushbu  portdan  foydalanuvchi  qismi 

sanaladi.  

Qurilma porti o‘z ichiga ma’lumotlar almashinuvi va boshqaruvchi axborot 

bilan almashinish uchun mo‘ljallangan ulash apparatlari va ikkita xotira registrini 

mujassam etadi. Ayrim tashqi qurilmalar almashinishi darkor bo‘lgan axborotning 

katta hajmini saqlash uchun asosiy xotiradan ham foydalanadi. Aksariyat standart 

qurilmalar (klavishlar majmui, printer, soprotsessor va shu kabi qurilmalar) o‘ziga 

muntazam biriktirilgan kiritish-chiqarish portlariga ega.  

Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi quyidagi   

vazifalarni bajaradi:  

   port manzilini va ushbu manzil uchun boshqaruvchi (portni qabul yoki  

uzatish  rejimiga  ulash  va  shu  kabi)  axborotni  shakllantirish,  portdan 

boshqaruvchi axborotni, portning ishga shayligi va holati  

      to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish; kiritish-chiqarish qurulmasining porti bilan 

MP o‘rtasidagi ma’lumotlar uchun tizim interfeysining boshidan oxirigacha 

ketgan kanalni tashkillashtirish.  

Kiritish-chiqarish  portlari  va  tizim  shinasini  boshqarish  sxemasi  portlar 

bilan  aloqa  bog‘lash  uchun  yo‘riqlarning  kodli  shinasi  (YKSh),  manzillar  va 

tizim  shinasidagi  ma’lumotlardan  foydalanadi,  ya’ni:  MP  portiga  kirish 

mobaynida YKSh orqali signal uzatadi. Ushbu signal barcha kiritish-chiqarish 

qurilmalariga  manzillarning  kodli  shinasidagi  (MnzlKSh)  manzil  port  manzili 

ekanligi haqida xabar beradi, so‘ngra xususan port manzilini uzatadi. Bunday 

signalni  qabul  qilib,  port  manzili  mos  tushgan  qurilma  ishga  shay  ekanligi 

haqida  javob  qaytaradi  va  shundan  so‘nggina  MKSh  orqali  ma’lumotlar 

almashinuvi ro‘y beradi. 




Download 446.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling