1. Mikroprotsessor xotirasi Mikroprotsessorning interfeys qismi


Download 446.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana08.01.2022
Hajmi446.42 Kb.
#251939
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-maruza



4-Mavzu: Xotira va uning ishlash imkoniyatlari. 

Registrlar va ularning turlari. 

Reja: 

1.  Mikroprotsessor xotirasi 

2.  Mikroprotsessorning interfeys qismi 

3.  Registrlar va ularning turlari.  

4.  Registrlar turlari va tasnifi.  

5.  Mikroprotsessorning sistemali registrlari.  

 

Tayanch  so’zlar

.  Mikroprotsessor,  xotira,  axborot,  saqlash,  xotira 

qurilmasi, registr, universal registrlar, tizim shinasi, global. 

 

Mikroprotsessor xotirasi (MPX) - kichik hajmga ega xotira bo‘lsa ham-ki, u 



haddan  tashqari  tez  ishlaydi  (bunda,  MPXga  murojaat  qilish vaqti,  ya’ni  ushbu 

xotiradan  axborotni  qidirib  topish,  yozish  yoki  solishtirib  chiqarish  uchun 

sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o‘lchanadi). 

Mazkur  xotira  qurilmasi  axborotni  qisqa  muddat  davomida  saqlash,  yozib 

olish  va  mashinaning  hisoblarda  ishtirok  etayotgan  taktlariga  bevosita  uzatish 

uchun  mo‘ljallangan.  MPX  mashinaning  yuqori  tezlikda  ishlashini  ta’minlash 

uchun  qo‘llaniladi,  negaki  asosiy  xotira  qurilmasi  tez  ishlaydigan 

mikroprotsessorning  unumli  ishlashi  uchun  zarur  bo‘ladigan  axborot  yozish, 

qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydi. 

Mikroprotsessor  xotirasi  razryadlik  darajasi  bitta  mashina  so‘zidan  kam 

bo‘lmagan  tez  ishlovchi  registrlardan  tashkil  topgan.  Registrlarning  soni  va 

razryadlik darajasi turli mikroprotsessorlarda har-xil bo‘ladi. 

Mikroprotsessor  registrlari  umummaqsadli  registrlar  va  maxsus  registrlarga 

farq qiladi.  

Maxsus  registrlar turli  manzillarni (misol uchun, komandalar manzillarini), 

bajarilgan  operatsiyalarning  alomatlarini,  ShKning  ish  rejimlarini  (misol  uchun, 

bayroqchalar registrlarini) va shu kabilarni saqlash uchun qo‘llaniladi. 

Umummaqsadli  registrlar  universal  registrlar  bo‘lib,  har  qanday  axborotni 

saqlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Biroq, ularning ayrimlari bir qator amallar 

ijrosiga majburiy ravishda jalb etilgan bo‘lishi shart. 




Download 446.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling