1. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
Download 20.56 Kb.
|
555-MMMARUZA
1.Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Mamlakatimiz tez rivojlanayotgan, o'z istiqbolini o'ziga xos yo'l bilan yaratayotgan davlatlardan biridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning "o'zbek modeli" butun dunyo ekspertlari tomonidan e'tirof etilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Bu Harakatlar strategiyasi besh yilga mo'ljallangan bo'lib, xalqimiz va davlatimiz hayotida yangi davrni – taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Undan maqsad bitta – turmushimiz yanada farovon, mamlakatimiz yanada qudratli bo'lsin. Xalq bilan yuzma-yuz Prezidentimiz taklifi bilan 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlandi. Odamlarning murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash, dardi-o'yi, orzu-niyatini tinglash maqsadida Prezidentning Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bugun Vatanimizda har bir kun inson manfaatlarini ta'minlash, fuqarolar haq-huquqlarini kafolatli himoya etish, ularga qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish yo'lidagi sa'y-harakatlar bilan o'tmoqda.Prezidentimiz saylovoldi uchrashuvlarida odamlarning fikri-o'ylari, hayotimizdagi mavjud muammolar, olis qishloqlarda yashayotgan aholi turmushi bilan qiziqdi, ulardan hol-ahvol so'radi.Keyingi yillarda aholi va ijtimoiy tarmoqlarni, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta'minlashda uzilishlar bo'layotgani, kamchiliklar mavjudligi ayon bo'lib qolgandi. Bu joylarda aholi bilan bo'layotgan ochiq muloqotlarda bot-bot tilga olina boshlandi.Davlatimiz rahbari uchrashuvlarda mamlakatimizda elektr uzatish tizimi eskirganligi, bu tizimni tubdan isloh qilish va tamoman yangilash vaqti kelganini ta'kidladi.Aholini uy-joy bilan ta'minlash masalasi ham jiddiy muammoga aylangan edi. Qurilayotgan yangi namunaviy uylar aholiga ma'qul bo'layotgan bo'lsa-da, uy-joy qurish sur'atlari aholining tabiiy ko'payishiga nisbatan ancha ortda qolayotgandi.Harakatlar strategiyasining to'liq amalga oshirilishi natijasida har bir oila munosib yashash sharoitlariga ega bo'ladi, aholining uy-joy, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi tubdan o'zgaradi.Odamlar roziligi – eng muhim masala Harakatlar strategiyasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha sohalarni jadal rivojlantirish, ma'naviy dunyomizni tubdan yuksaltirishni nazarda tutadi
Download 20.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling