1. Milliy xavfsizlik tushunchasi; xavfsizlik turlari; axborot xavfsizlik tizimida O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi
Kis xavfsizligini nazorat qilish. Infraktsion xavfsizlik tizimida auditi
Download 129.5 Kb.
|
AXBOROT XAVFSIZLIGI SAVOL JAVOBLAR 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40.Kis xavfsizligini nazorat qilish. Xavfsizlik monitoringi tizimlari.
- Eng maqbul bo’lgan (optimal) ulanish
- Virtuallashgan muhitlarning nazorat qilinishi
39.Kis xavfsizligini nazorat qilish. Infraktsion xavfsizlik tizimida auditi.
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish; Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish; Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash; davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish; davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish; telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; akliflarini ishlab chiqish ham Markazning maqsad-vazifalari hisoblanadi. 40.Kis xavfsizligini nazorat qilish. Xavfsizlik monitoringi tizimlari. Bugungi kunda ko’pchilik korxona va tashkilotlarning faoliyatidagi muvaffaqiyatlar g’oyat katta darajada ular tomonidan foydalanadigan tarmoq xizmatlari hamda qo’llanmalari ishining ishonchliligi va sifatiga bog’liq, bularga o’z navbatida ushbu xizmatlar hamda qo’llanmalarning trafigini uzatayotgan tarmoq infratuzilmalarining holati va parametrlari nihoyat darajada ta’sir etadi. Tarmoqni monitoring qilish, shuningdek tarmoq xizmatlari va qo’llanmalarining samaradorligi bo’yicha hal qiluvchi parametrlarini (KPI) nazorat qilish foydalanuvchilarga ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatini talab etiladigan darajada saqlab turish uchun ularning ishidagi muammolarni tezroq aniqlash va bartaraf qilishga yordam berishadi.Eng maqbul bo’lgan (optimal) ulanishTarmoq hamda tarmoq xizmatlari va qo’llanmalarining ishini nazorat qilish tarmoq trafigini egallash va tahlil qilishni nazarda tutadi. Bu nafaqat tarmoqdagi muammolarni aniqlash (diagnostika qilish) maqsadida, balki jiddiy ravishda muhim bo’lgan xizmatlar va qo’llanmalarning ishini maqbullashtirish (optimallashtirish) uchun ham, shuningdek Tezkor-qidiruv tadbirlarning funktsiyalarini ta’minlash uchun texnik vositalari tizimi (SORM) doirasida axborot xavfsizligiga oid tahdidlarni aniqlab topish va tarmoq orqali uzatilayotgan ma’lumotlarni qonuniy (legal) ravishda tutib olishni (qo’lga tushirishni) amalga oshirish maqsadida qilinadi.Virtuallashgan muhitlarning nazorat qilinishiOxirgi yillarda AT (axborot texnologiyalari) tizimlarining ishlashi samarasini va ularning moslashuvchanligini oshiradigan, hamda xarajatlarni kamaytiradigan virtuallashgan tarmoq muhitlarining keng qamrovli ommalashtirilishi ro’y berdi. Lekin xuddi o’sha gipervizorning o’zginasida virtual mashinalari orasida uzatilayotgan trafikning odatdagi jismoniy monitoring qilish vositalari yordami bilan egallanishi va tahlil qilinishi imkoniyati mavjud emas. Ushbu trafikning nazorat qilinmasligi korxonaning axborot xavfsizligiga nisbatan tahdid yaratadi va tarmoqdagi to’xtalishlar aniqlanishini (diagnostika qilinishini) qiyinlashtirad |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling