1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Download 0.82 Mb.
|
Milliy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash.
Mavzu: Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Reja: Kirish 1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash. 2. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. 3. Davlat xavfsizlik xizmati yo nalishlari Xulosa 1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berildi Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo‘layotgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi. Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog‘liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan hamda shunday bo‘lib qolajak. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin. Bugun Toshkent Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha izchil hamda qat’iy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o‘zaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo‘lmoqda. Prezidentlar do‘stona va samarali, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga erishdilar. Shu ma’noda aytganda, o‘tgan yili dekabr oyida Afg‘oniston Prezidenti Ashraf o‘anining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi. Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo‘shma hujjatni, shuningdek, qo‘shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo‘lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug‘doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O‘tgan bir yarim yil ichida Afg‘oniston Islom Respublikasidan O‘zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu o‘zbek — afg‘on munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan. Kobulda O‘zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko‘rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko‘rgazma zali) ochildi. Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o‘rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade” kompaniyasi afg‘onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg‘araz yetkazib berdi. Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga og‘ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida o‘rin tutadi. Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni ta’minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi. Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling