1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Download 0.82 Mb.
|
Milliy xavfsizlik
2.Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning bugun, 3 dekabr kuni o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tdi Uning qayd etishicha, O‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari, YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi. “Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan. Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz Komilov. O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi. Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi. “Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir. O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu mammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish xalq va ommaviy axborot vositalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga qaytmaydigan yo‘lda bormoqda”, deydi Komilov. “O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir va bu tamoyil Prezident Shavkat Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi. Ammo bu muammoning, ya’ni xavfsizlik hamda inson huquqlari nisbati va bog‘liqliginining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, shu jumladan so‘z erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish uchun ken imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ushbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buzish bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima demoqchiman? Masalan, so‘nggi paytlarda ayrim, hatto, demokratik rivojlangan mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatlarning keskinlashuvi natijasida huquqiy tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto odamlarning qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, ushbu qonunbuzarliklarning demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruvtiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin. Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Buni anglab yetish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub o‘zgarishlardan biridir”, deydi tashqi idora rahbari. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling