1. Mintaqaviy iqtisоdiyot faning prеdmеti va оb’еkti


Числовой ответ: 2-rejaga oid savol


Download 172.7 Kb.
bet16/23
Sana04.04.2023
Hajmi172.7 Kb.
#1326376
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
MAVZU TEST

Числовой ответ: 2-rejaga oid savol

Статистика класса

Вопрос:
Dastlab O’zbekiston hududi nechta iqtisodiy mintaqaga ajratilgan?




Ответ:






41.67% ввели это.

Отзыв:
Это правильный ответ




Полученные баллы: 1







Ixtisoslashuv,_turlari_va_bosqichlari.__Статистика_класса'>Список разделов: 3. Ixtisoslashuv, turlari va bosqichlari.

Статистика класса

Вопрос:

Tarixan qaraganda, ixtisoslashuv mujassamlashuvdan oldin paydo bo’lgan. Zero, dastlabki ijtimoiy mehnat taq­simoti oila a’zolarini-ayol va erkaklarni turmushning turli sohalariga ixtisoslashuvida o’z aksini topgandi (ayollar uy yumushlari bilan, erkaklar ovchilik bilan shu­g’ullanardilar). Ma’lumki, bu davrda kishilar tabiatda mavjud bo’lgan oziq­ovqat bilan kun kechirar edilar.


Ixtisoslashuv ham, ishlab chiqarishni tashkil etish­ning muhim shakli bo’lib, u mehnat taqsimoti bilan chambarchas bog’liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi-korxona, shahar yoki rayon, miqyosidagi ixtisoslashuvdir. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O’z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo’jaligi bo’lishi ham mumkin), shahar yoki rayonlarning «qiyofasini», ularning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi.
Ixtisoslashuvning uch turi-bu qism (detal), texnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor mah­sulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidan iborat. Uning bunday ko’rinishlari bir­biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega.
Ixtisoslashuv oqibatida xo’jalikning turli tarmoq­lari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funktsional tiplari shakllanadi. SHu bilan birga u tashqi transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste’moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi va mazkur rayonda etishmaydigan mahsulot esa boshqa joylardan keltiriladi.
Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zurur. Muhimi-mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga-bozorga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Masalan, Respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog’­kon, tabiiy gaz sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamasi, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkulroq, sababi­bu mahsulotlar O’zbekistonda hozircha etarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to’la qondirganicha yo’q.
Ixtisoslashuv, albatta faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabhalarga ham molik xu­susiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o’qituvchi, boshqa­lari­agronom, muhandis, tabobatchi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. Chunki bu oliygohlar aynan ana shunday xodim­larni tayyorlashga ixtisoslashgan. Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuv kabi o’zining chegarasi bo’lishi lozim; o’ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka (ijtimoiy hayotda tor fikrlashga), yo’l xarajatlarining ko’payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo’lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham shuncha xatarlidir. Iqtisodiyotda faqat yoki asosan bir sohaga ixtisoslashuv–bu hududning muvaqqat qudrati, baxti va ayni vaqtda uning badbaxtligi, fojiasi bo’lishi mumkin (ijtimoiy hayotda ham xuddi shunday).
Afsuski, yaqin o’tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi «yirik», «eng katta», «yagona» kabi tushunchalar bilan ifodalanar, «birinchi» bo’lishi esa ko’p hollarda qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan noto’g’ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuvsiz shahar, tuman, viloyat, iqtisodiy rayonlarning, qolaversa, jamiyat va kishilar­ning o’zini ham rivojlanganligini tasavvur qilish qiyin. SHuning uchun ixtisoslashgan tarmoqlar bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham hech bo’lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo’lishi lozim. Bu erda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning tanasiga, daryoga, qo’shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shox va shoxchalariga, daryolarning irmoqlariga o’xshatish o’rinli. O’z­o’zidan ma’­lumki, tanasiz shox ham bo’lmaydi, shoxsiz daraxt esa­bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi.
Demak, ixtisoslashuv kompleks, har tomonlama rivoj­lanish bilan uyg’unlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo’l qo’yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa, sobiq ittifoqdosh respublika­larning o’zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o’z aksini topmoqda. SHu sababli e’tibor ko’proq har bir mamlakatning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot O’zbekistonni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq qildiruvchi, uning o’rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni takomillashtirish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mintaqa va mamlakatlarning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi, eng avvalo, ulardagi mutloq va nisbiy afzalliklarga bog’liq (A.Smit, D.Rikkardo); bu erda yaratilgan mahsulot uni boshqa joyda etishtirishga ko’ra arzonroq, kam xarajatliroq bo’lishi kerak. Odatda, har bir mamlakat yoki uning alohida qismlari o’zidagi qulay va ar­zon omillardan foydalanib, qiyin va qimmat omil mahsu­lotlarini chetdan olib keladi. Bunday qonuniyatni dastlab shved iqtisodchilari XX asrning 30­yillarida E.Xeksher va B.Olinlar asoslab berishgan.
Ixtisoslashuvning ham tub mohiyati, maqsadi iqtisodiy samaradorlikni oshirishdir. Tabiiyki, bir kishining har xil mahsulot yaratish, yoki har xil kasb bilan shug’ulla­nishidan ko’ra muayyan ishni bajarishi foydali. Qolaversa, mehnatning bir turini uning ikkinchi turi bilan almashuvi davomida vaqt ham ketadi, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati yaxshi bo’lmaydi. Ammo, bu erda sof ijtimoiy ixtisoslashuv kishining fikr doirasini toraytiradi, uni oddiy robotga aylantirib qo’yadi. Ko’rinib turibdiki, ij­timoiy hayotda ham, ishlab chiqarishda ham tor ixtisoslashuv yaxshi natijalar bermaydi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda va qisman o’zi­mizda ham bozor munosabatlariga mos ravishda iste’mol, talab individuallashib, xususiylashib bormoqda. Avvallari bir mamlakat yoki rayon mahsulotning bir turiga ixti­soslashgan va u bilan mintaqaviy va jahon bozorida qat­nashgan bo’lsa, endigi sharoitda o’sha mahsulotning o’zi turli shaklga, ko’rinishga ega bo’lishi kerak. Masalan, hozirgi davrda engil mashinalar, oziq­ovqat mahsulotlari va bosh­qalar faqat bir turda bo’lishi ularning raqobatbardoshligi va xaridorligini ta’minlamaydi. Binobarin, endigi sharoitda konveyr usuli, miqdor ko’rsatkichlari muhim emas; aksincha «postfordizm», masshtab (miqdor) samaradorli­gining o’rniga turli xillik, sifat samaradorligi oldinga surilmoqda.
Hozirgi fan­texnika taraqqiyotidan foydalanib yangi­ yangi mahsulot turlari paydo bo’lmoqda yoki ular zamonaviy texnologiyalar asosida arzon va oson yo’llar bilan ishlab chiqilmoqda. Bunday innovatsiyalarning «hayot tsikli»-vujudga kelishi, rivojlanishi, asta­sekin barcha mamla­katlarda tarqalishi va, nihoyat ularning o’rniga boshqalar­ning kelishi va «so’nishi» bilan belgilanadi. SHunga o’xshash yangiliklar­ning tarqalishi yoki diffuziya qonuni iqtiso­diyot naza­riyasida Yozef SHumpeter (XX asr birinchi yarmi­da) va shved T.Xagerstrand (1953 y.) tomonlaridan asos­langan.
SHunday qilib, ixtisoslashuv ham mujassamlashuv kabi rivojlanganlikning muhim belgisidir. Ammo, har ikkisi­ning ham chegarasi bo’lishi kerak. Xuddi shu nuqtai nazardan kooperatsiya yoki hamkorlik yanada samaraliroq hisoblanadi. Bu o’rinda aytish mumkinki, kooperatsiya ixtisoslashuv bilan yaqindan bog’liq va usiz vujudga kelmaydi. CHunki, har qanday kooperatsiya turli kasb, hunar, mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarning hamkorligidan boshqa narsa emas.




Ответ:




 Переход к 4. Kooperatsiya, uning iqtisodiy ahamiyati.














Download 172.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling