1. Mintaqaviy iqtisоdiyot faning prеdmеti va оb’еkti
MAVZU TEST
Kombinatsiya yoki kombinatlash kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu erda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi, texnologik va tashkiliy birligi tushuniladi. SHu sababli kombinatsiyada, kooperatsiyadan farqli o’laroq, hududiylik xususiyati ko’proq namoyon bo’ladi. Binobarin, unda mujassamlashuv yaqqol ko’zga tashlanadi, sababiko’p hollarda kombinatlashuv muayyan xom ashyoni birgalikda, atroflicha qayta ishlash bilan bog’liq. Bu ikki, yuzaki qaraganda birbiriga o’xshash tushuncha o’rtasida boshqa farqlar ham bor. Xullas, bu shaklni qaerda «kombinat» so’zini uchratsak, uni o’sha sohada ko’ramiz, hatto aholiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy xizmat kombinatlari).
Sanoatda kombinatlar bir necha texnologik jihatdan bog’liq bo’lgan zavod yoki tsexlardan tashkil topgan bo’ladi. CHunonchi, qora metallurgiya kombinatlari, aniqrog’i to’liq tsiklli kombinatlar cho’yan, po’lat va prokat ishlab chiqaruvchi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo’lmasa, u holda kombinat to’liq tsiklga ega emas (Bekoboddagi O’zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday korxonalardandir). To’qimachilik kombinatlari yigiruv, bo’yoqlash, tayyorlash tsexlaridan iborat, xom ashyo bittapaxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go’sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go’sht, konserva, kolbasa kabi boshqa mahsulotlar olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlagandan so’ng charmpoyafzal sanoatida ishlatiladi. O’rmon, tsementshifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, markazlashgan issiqlik elektr stantsiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug’) beradi. SHunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko’pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozikda «kombinat» so’zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu erda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda xalq iste’mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi CHkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba’zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va shunga o’xshash turli xil xalq iste’mol mollarini ham ishlab chiqaradi. Umuman olganda, ishlab chiqarishning barcha ijtimoiy shakllari o’zaro bog’liq. Jumladan, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo’g’inlari ham u yoki bu ko’rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq, bu erda ularning bir joyda to’planganligi, yig’ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo’lishi lozim, aks holda tom ma’nodagi mujassamlashuv bo’lmaydi. So’nggi yillarda ixtisoslashuvda uning detal va texnologik ixtisoslashuv shakli qisqarib borish hollari kuzatilmoqda. Ayni vaqtda tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ya’ni predmet ixtisoslashuvi keng rivojlanadi, ayniqsa detal va texnologik ixtisoslashuv kooperatsiya va kombinatlashuvda ko’proq ishtirok etadi. Bunday vaziyat qisman o’tish davrining o’ziga xos qiyinchiliklaridan ham kelib chiqadi. Ixtisoslashuv ishlab chiqarish jarayonini ajratadi, yakkalaydi, kooperatsiya esa uni umumiylashtiradi, kombinatlashuvbirlashtiradi. Ularning barchasi ayni vaqtda u yoki bu darajadagi korxonada tashkil etiladi, mujassamlanadi. Masalan, har qanday kombinat yuqori darajadagi mujassamlashuv, yirik korxona demakdir. Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Eng muhimi shundaki, korxonalarning kattakichikligi, ularning ixtisoslashuvi va o’zaro uyg’unlashuvi endi ko’p jihatdan davlatga, yagona markaz va rejalashtirishga bog’liq emas. Korxonalar, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar birbirlari bilan to’g’ridanto’g’ri aloqa, sheriklik qiladilar. Davlatning vazifasi esa bu jarayonni turli mexanizmlar orqali tartibga solish va boshqarib borishdan iborat bo’ladi. |
|
Zarafshon
Dastlab O’zbekiston hududi nechta iqtisodiy mintaqaga ajratilgan? |
|
Ответ: |
|
|
41.67% ввели это. |
1983 yil
O’zbekiston hududida mintaqalar nechiga ajratiladi? |
|
Ответ: |
|
|
50% ввели это. |
1929 yilgacha |
Никто не выбрал этот ответ. |
1928 yilgacha |
|
Dastlab hududiy mehnat taqsimoti ta’limotini yaratgan olimlar kimlar? |
|
Ответ: |
|
Veber, A.Izard |
Никто не выбрал этот ответ. |
Rikardo va O.Kant |
100% Выбрали этот ответ. |
Smi, D.Rikardo |
Никто не выбрал этот ответ. |
Отзыв: Это неправильный ответ |
|
Полученные баллы: 0 |
|
|
Download 172.7 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling