Qora metallurgiya


Download 40.43 Kb.
bet1/6
Sana07.02.2023
Hajmi40.43 Kb.
#1175335
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
matrialshunosli KMT j...a...v...o...b...l...a...r...i


Matrialshunoslik KM
1.Qora va rangli metal qotishmalar.
Qora metallurgiya — metallurgiya sanoatining sohalaridan biri. Domna, poʻlat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va oʻtga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta eritish tarmoqlarini oʻz ichiga oladi. Sovuqlayin yoki qizdirib ishlangan prokat, poʻlat trubalar va metall buyumlar Qora metallurgiya mahsu-lotlarining muhim turlari hisoblanadi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurol-yarogʻlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, yogʻoch, suyak, tosh (qarang Tosh davri) va temirdan (qarang Temir davri) tayyorlangan. Qora metallurgiya xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik va qurilishda asosiy konstruksion material hisoblanadi. Oʻzbekistonda yetakchi mashinasozlik tarmoqlari ishlatadigan konstruksion materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy oʻrinni egallaydi.
Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zdlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi
2.Qora va rangli metal qotishmalarning tasnifi.
Qora metallarning qo‘llanilishi. Materialning mavjudligi va uning xususiyatlari bozordagi shu materialga bo‘lgan talabning asosiy sababi bo‘ldi. Bugungi kunda qora metall quyidagi sohalarda keng qo‘llaniladi:
• avtomobilsozlik sanoati;
•oziq-ovqat sanoati;
• elektrotexnika va issiqlik energetikasi;
sanoat va fuqarolik qurilishi;
• har xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqalar.
Biroq, og‘ir ish sharoitida noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan bir qator qotishmalardan foydalanish mumkin. Bu harorat keskin o‘zgaradigan, agressiv muhitlardagi sharoitlarga bog‘liq.

Download 40.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling