5.O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish
qonunlari va kategoriyalari
1. Miqdor va sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun qanday kategoriyalar qo‘llaniladi?
A. «harakat» va «rivojlanish»
B. «miqdor» va «sifat»
V. «makon» va «zamon»
G. To‘g‘ri javob yo‘q.
2. Falsafada turli jismlarning makonda mexanik siljishi, tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o‘zgarishi nima deyiladi?
A. Harakat
B. Rivojlanish
V. Zamon
G. To‘g‘ri javob yo‘q.
3. Harakatning asosiy xususiyatlari qanday?
A. Abadiy va mutloq
B. Nisbiy va o‘tkinchi
V. Jarayon
G. To‘g‘ri javob yo‘q.
4. Muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib bo‘lmaydigan yoki hal etilishi mushkul bo‘lgan holat, mantiqiy qiyinchilik, muammo nima deb ataladi?
A. Aporiya
B. Masala
V. Ziddiyatli muammo
G. yechimi yo‘q muammo.
5. «Hamma narsa bir» kimning shiori?
A. Parmenid
B. Geraklit
V. Protagor
G. Zenon
6. «Miqdor uchun - ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud», kimning fikri?
A. Aristotel
B. Platon
V. Geraklit
G. Suqrot
7 «...Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan», kimning fikri?
A. Forobiy
B. Aristotel
V. Ibn Sino
G. Suqrot
8. Ibn Sino fikricha, harakat nima?
A. «Vujudi mumkin» ning ichki mohiyatidan kelib chiqadi.
B. «Vujudi mumkin» ning tashqi mohiyatidan kelib chiqadi.
V. Vaqt birligi.
G. To‘g‘ri javob yo‘q.
9. Tabiatning jonli qismi qaysi sferalarda mavjud deb e'tirof etilgan?
A) Atmosfera, gidrosferani va litosferaning yuqori qismi
B) Atmosfera, stratosfera va litosferaning yuqori qismi
V) Gidrosfera, biosfera va litosfera
G) Atmosfera, gidrosfera, biosfera
10. Ibtidoiy odamning mehnat shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Termachilik, ovchilik, baliqchilik
B) Chorvachilik, ovchilik
V) Dehqonchilik, termachilik, baliqchilik
G) Ziroatchilik, chorvachilik, ovchilik
11. Qaysi davrda tabiatga izzat-ikrom ko‘rsatish g‘oyasi ilgari surilib, tabiat bilan murosai madora qilish va uning qonunlariga muvofiq yashab, ayni shunday hayotni eng munosib va maqbul deb e'tirof etishgan?
A) Antik davrda
B) Hozirgi davrda
V) Uyg‘onish davrida
G) Ilk o‘rta asrlarda
12. Tabiiy huquq konsepsiyasi muallifini toping?
A) J.J.Russo
B) D.Yum
V) Dj.Berkli
G) I.Kant
13. Geografik determinizm oqimining asoschisi?
A) Sh.L.Monteske
B) J.J.Russo
V) Dj.Berkli
G) I.Kant
14. Fransuz ma'rifatparvar faylasufi Sh.L. Monteske qaysi asarida geografik determinizmni alohida qayd etadi?
A) «Qonunlar ruhi»
B) «Kritiy»
V) «Davlat hayot shakli sifatida»
G) «Angliya sivilizsiyasi tarixi»
15. Qaysi davrda tabiatga go‘zallik va ilhom manbai deb qarashga asoslangan yangicha munosabat yuzaga keldi?
A) Uyg‘onish davri
B) Antik davr
V) Yangi davr
G) Eng yangi davr
16. “Inson barcha narsalar mezonidir: u mavjud narsalarning mavjudligini, yo‘q narsalarning esa yo‘qligini belgilaydi”. Ushbu fikrning muallifini toping?
A) Protogor
B) Suqrot
V) Platon
G) Aristotel
17. Miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin bo‘lmagan, massasi xam, energiyasi ham yo‘q, moddiy ob'ektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga xam ega bo‘lmagan falsafiy kategoriya bu ...
A) Hodisa
B) Harakat
V) Sabab
G) Ong
18. “Dialektika” so‘zining ma'nosini toping.
A) yun. Dialektika – suhbat ko‘rish san'ati
B) yun. Dialektika – sezgi, xis-tuyg‘u
V) yun. Dialektika – ong
G) yun. Dialektika – ongsizlik
19. Dialektika shakllangan dastlabki davrlarda qanday ifodalangan?
A) olamning asosiga materiyani qo‘ygan.
B) dunyoni jonli olov yoki ikki marta kirish mumkin bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilingan.
V) bahslashish, munozara qilish san'ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qaratilgan munozara nazarda tutilgan.
G) barcha javoblar to‘g‘ri.
20. Dialektikaning eng yaxlit konsepsiyasini qaysi faylasuf ta'riflagan?
A) I. Kant
B) Fixte
V) Aristotel
G) Gegel
21. Gegel dialektikani kanday ta'riflagan?
A) Dunyoni quyidan oliyga karab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida ta'riflagan.
B) Odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirishni tasvirlagan.
V) Materalizmni dialektik mantiq bilan bog‘lashga harakat qilgan.
G) tabiiy va ijtimoiy xodisalarning uzaro alokasi va rivojlanishi deb ta'riflagan.
22. Ob'ektiv dialektika bu - …
A) Dunyoni quyidan oliyga qarab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida tasvirlash.
B) Tabiiy va ijtimoiy xodisalarning o‘zaro aloqasi va rivojlanishi.
V) Dunyoni metafizik tushunish.
G) Barcha javoblar to‘g‘ri.
23. Sub'ektiv dialektika bu - …
A) Tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o‘zaro aloqasi va rivojlanishi.
B) Sub'ektning fikrlash dialektikasi va uning ob'ektiv dunyoni bilishi
V) Dunyoni quyidan oliyga qarab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida tasvirlash.
G) Dunyoni metafizik tushunish.
24. Dialektik metod, avvalo, mazmunni talqin qilish aniqlash uchun qo‘llaniladi? Ushbu so`zlarni muallifini toping?
A) Gegel
B) I. Kant
V) Karl Marks
G) P. Riker
25. Aloqa deganda nima tushuniladi?
A) Dunyoda yuz beruvchi barcha jarayonlarni, ularning mazmunidan kat'iy nazar qamrab oluvchi jarayon
B) Fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning muhim asosi
V) Borliqning universal aloqalarini bilish shakli
G) Makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob'ektning o‘zaro bog‘lanish jarayoni
26. Dialektikani kim fanga kiritgan ?
A. Gegel
B. Kant
V. Shelling
G. Fixte
Do'stlaringiz bilan baham: |