1. Misrda Yangi podsholikning tashkil topishi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq
Download 1.74 Mb.
|
QADIMGI MESOPATIMIYA VA MISR SIVILIZATSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-sulola davrida Misr. Miloddan avvalgi XIV asr o`rta-lariga kelib
Exnaton islohotlari. Amenxotep IV davrida Misrda har xil nizo va fitnalar kuchaygan. Fir`avn diniy islohot o`tkazib, ko`p xudolikni cheklab yakka xudolikni joriy qilishga uringan. U Amon xudosiga sig`inishni bekor qilib, ularning xodimlarini quvg`in qilgan. Amenxotep IV mamlakatda Aton – quyoshga sig`inishni joriy qilgan. Shu munosabat bilan Misrda yangi poytaxt – Axetaton shahrini bunyod etgan. Bu shahar «Exnaton» deb atalgan. Uning ma`nosi quyosh shu`lasi demakdir. Amenxatop IV ham o`zini Exnaton nomi bilan atashni buyurgan. U yangi din – Quyosh ruhoniysi bo`lib olgan. Ammo yangi din eski din ruhoniylari va aholi tomonidan qo`llab-quvvatlanmagan. Misr zodagonlari ham Exnatonning diniy islohotiga qarshi turganlar. Exnaton vafotidan so`ng uning yaqin qarindoshlari va amaldorlari ilgarigi dinning ruhoniylari bilan murosa qilishga majbur bo`lganlar. Zodagon va ruhoniylar Exnatonning kuyovi Tutanxamonni taxtga o`tqizganlar. Mamlakatda eski din tartibi o`rnatilib, uning kohinlari ruhoniylariga katta imtiyozlar berilgan. Ularning baxtiga qarshi Tutanxamon 19 yoshda o`lgan. Ruhoniylar uni g`oyat katta dabdaba bilan yer osti dahmasiga dafn etganlar. Tutanxamonning beva qolgan xotini Xett shahzodasiga turmushga chiqqan. Misrning oliy amaldorlari Misr taxtiga begonaning kelib o`tirishiga yo`1 qo`ymaganlar. Xett shahzodasi fitnachilar tomonidan oidirilgan. 18-sulola davrida Misrda parokandalik boshlanib mamlakat zaiflashib ketgan.
19-sulola davrida Misr. Miloddan avvalgi XIV asr o`rta-lariga kelib Misrda ahvol og`irlashgan. Mamlakatda ho`jalik ishdan chiqqan. Suriya, Palastin va Nubiya mamlakatlari Misrga itoat etmay qo`yganlar. Ana shunday og`ir sharoitda nomarxlarning zodagon urug`idan bo`lgan Xoremxeb to`ntarish yasab Misr taxtiga o`tiradi. U 19-sulolaning asoschisi bo`lib, miloddan avvalgi 1395-yilda hokimiyat tepasiga kelgach, Aton e`tiqodini bekor qiladi, eski Amon e`tiqodini tiklab uning ruhoniylariga katta imtiyozlar beradi. Xoremxeb bir necha ma`muriy islohotlar o`tkazib qo`shinni qayta tuzadi, soliq tizimini tartibga keltiradi, o`g`irlik, askarlarning talonchiligi va amaldorlarning poraxo`rligiga qarshi choralar ko`radi. Og`ir jinoyatchilarga qarshi oiim jazosini joriy etadi. U tashqi siyosat masalasiga katta e`tibor bilan qaraydi. U Suriya, Palastin va Nubiyaga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtiradi. Xoremxeb mamlakat xo`jaligini yaxshilash uchun choralar ko`radi. U miloddan avvalgi 1338-yilda vafot etadi. Uning vorislari Ramzes I (1338– 1337), Seti I (1337-1317)lar davrida Misr ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchayib yuksaladi. Seti I davrida Misr qo`shinlari Suriya, Palastin va Finikiya ustiga bostirib borib, Tir, Magiddo, Kadesh kabi shaharlarni bosib oladilar. Seti I davrida Palastindagi hokimlar qo`zg`oloni bostiriladi. Harbiy yurishlar natijasida Misrning O`rtayer dengizi sharqiy sohilidagi mamlakatlar ustidan bo`lgan ta`siri kuchayadi. Natijada u mamlakatlar bilan Misrning aloqasi izga tushiriladi. Misrda qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlanadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling