1. Misrda Yangi podsholikning tashkil topishi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq


Download 1.74 Mb.
bet2/5
Sana07.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1339264
1   2   3   4   5
Bog'liq
QADIMGI MESOPATIMIYA VA MISR SIVILIZATSIYASI

Misr qo`shini. Misr fir`avnlariga mamlakatni tashqi dushman-lardan himoya qilish va o`zga o`lkalarni bosib olish, mamlakatdagi ichki qo`zg`olonlarni bostirish uchun kuchli qo`shin zarur edi. Shuning uchun Misr fir`avnlari o`z qo`shinlarini qayta tuzishga kirishganlar. Ilgarigi podsholik davrida Misr qo`shinlari faqat piyoda askarlardan iborat edi.
Yangi podsholikdan boshlab esa Misr qo`shinida ot qo`shilgan jang aravalaridan iborat yangi qismlar tuzilgan. Misrliklar jang arava-laridan tuzilgan harbiy qismlardan foydalanishni giksoslardan o`rgan-ganlar.
Shu davrdan boshlab Misrda yilqichilikka katta e`tibor berilib, ot parvarish qilinadigan alohida davlat xo`jaligi tashkil etilgan. Piyoda, otliq va jang aravalaridan tuzilgan harbiy qismlaming asicarlari o`q-yoy, nayza, oybolta, qilich va boshqa aslahalar bilan qurollangan edilar. Misr jangchilari qalqon tutib, dushmanlarning o`tkir qurollaridan himoya-lanadigan zirhli kiyimlar kiyib jangga kirganlar. Og`ir qurolli qismlar kamonchi va nayzachi guruhlar bilan to`ldirilgan.
Misr qo`shinlariiia ot qo`shilgan ikki g`ildirakli yengil jang arava-lari alohida o`rinni egallar edi. Aravada ikki askar bo`lib, jang vaqtida ularning biri otlarni boshqarar, esa kamondan dushmanlarga o`q uzib, nayza sanchib, qilich chopar edi. Jang vaqtida ular dushman ustiga shiddat bilan hujum qilar, chekinayotgan dushmanlarni tezkorlik bilan ta`qib qilib borar edilar. Misr fir`avnlari dengiz jangini olib borish uchun harbiy-dengiz floti qismlarini ham tuzganlar.
Yangi podsholik davrida Misr fir`avnlari qo`shni mamlakatlar ustiga tez-tez talonchilik va bosqinchilik urushlarini uyushtirib turganlar. Fir`avn Tutmos I Suriya va Palastinga bostirib kirib, Frot daryosi sohillarigacha yetib borgan. Tutmos III esa O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarga 15 marta yurish qilgan. Misr qo`shinlari Suriya va Palastinni qayta ishg`ol qilib, Frot daryosi bo`yidagi Karxemish shahrini ham bosib olganlar. Misr qo`shinining kuch-qudratidan cho`chigan Ossuriya, Xett, Bobil va Mitanni podsholari o`zlarini fir`avnning «birodarlarimiz» deb e`lon qilganlar va o`z mustaqilliklarini saqlab qolganlar. Tutmos III qo`shinlari janubdagi Kush, Nubiya va Punt kabi mamlakatlarga ham bir necha bor bostirib kirganlar. Askarlar bu mamlakatlardan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar, fil suyaklari olib qaytganlar. Fir`avn Amenxotep davrida ham Misr qo`shinlari Suriya, Palastin, Mitanni va Nubiyaga harbiy yurishlar uyushtirib, Misrga juda ko`p o`lja va harbiy asirlar bilan qaytganlar. Tutmos III va Amenxotep II davrida Misr Yaqin Sharqdagi qudratli davlat boiib qolavergan.
Fir`avn Amenxotep III davrida behuda urushlar bo`lmagan. U tinchlik siyosatini qo`llab, qo`shni mamlakatlar bilan do`stona savdo va madaniy aloqalarini kuchaytirgan. Amenxotep III podsholigining oxirlarida Misrning bosib olingan mamlakatlar ustidan o`rnatilgan ta`siri susaya boshlagan. Finikiya va Palastin Misrga itoat etmay qo`yganlar. Amenxotep IV davrida esa Misr davlati kuchsizlanib, qaram mamlakatlar uning ta`siridan chiqib keta boshlaganlar.


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling