Hujum va qarshi hujum usullarini amalga oshirish taktikasida takomillashish


Download 16.76 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2023
Hajmi16.76 Kb.
#1652585
  1   2
Bog'liq
Hujum va qarshi hujum usullarini amalga oshirish taktikasida takomillashish


Hujum va qarshi hujum usullarini amalga oshirish taktikasida takomillashish
Ushbu usullarning asosiy vazifasi - yolg‘ondan harakatlar bilan raqib diqqatini susaytirish va u qarshi harakatlarga tayyor turmagan paytda shiddat bilan hujum yoki qarshi hujumni amalga oshirish.
Hujumga tayyorgarlik ko‘rish paytida va ayniqsa hujum vaqtida bokschi e’tiborli bo‘lishi hamda raqibning kutilmagan qarshi harakatlaridan himoyala- nishga tayyor turishi lozim. Hujum qilayotgan o‘zi “tuzoqqa” tushib qomasligi uchun raqibining chinakam tayyorgarligini yolg‘ondakasidan farqlab olishi lozim. Buning uchun hujum va qarshi hujumlarni amalga oshirishda mustahkam diqqat, sovuqqonlik (shoshmaslik, payt poylash) hamda qat’iyatlilik zarur. Shu bilan bir vaqtda, bokschi doimo himoyalanishga tayyor turishi kerak.
Hujum usullari raqibni aldashga, haqiqiy zarbalardan uning e’tiborini chalg‘itishga qaratilgan. Bokschi raqibini ma’lum bir javob harakatga o‘rgatib qo‘yadi, so‘ngra esa zudlik bilan usul qo‘llaydi yoki kerakli daqiqada tezda usul qo‘llash maqsadida turli harakatlar bilan raqibini adashtiradi. Masalan:

  1. Chap qo‘lda yondan boshga bir necha marta zarba beradi, so‘ngra, shu zarbani takrorlashga urinayotganday harakatlanib (siltanish uchun qo‘lini orqaga uzatadi), o‘ng qo‘lda zarba beradi.

  2. O‘ng qo‘lda yondan boshga zarba berishga otlangandek ko‘rsatib (bungacha o‘ng qo‘lda bir necha marta zarba beradi), chap qo‘lda zarba beradi.

  3. Raqibni chap qo‘lda yondan boshga bittalik zarbaga o‘rgatib, keyin chap qo‘lda gavdaga takroriy zarbani qo‘shib bajaradi, ya’ni boshga va gavdaga beriladigan zarbalarni navbatma-navbat bajaradi. Raqib o‘ng tomonini himoyalashga butun diqqatini jamlagan paytda, bokschi chap qo‘lda zarbalar bilan hujum qilayotganga o‘xshab harakatlanadi, aslida esa o‘ng qo‘lda yondan boshga shiddatli hujumni amalga oshiradi.

Bokschi zarba bermoqchi ekanligiga va shu sababli himoyalanayot- ganligiga raqib ishonishi kerak, aslida bu vaqtda bokschi fint (chalg‘itish) qo‘llab, boshqa qo‘lida zarba beradi.
Bokschi qarama-qarshi tamoyil asosida qurilgan boshqa usullar guruhini ham egallashi lozim: bokschi fint qo‘llamoqchi ekanligi va shuning uchun himoyalanayotganligiga raqib ishonadi, bu vaqtda esa hujum qilayotgan shundan foydalanib zarba beradi. Masalan:

  1. Chap qo‘lda yondan boshga zarba berish bilan fint bajaradi va o‘ng qo‘lda boshga zarba berishga “intiladi”. Raqib bu manyovrga ishonadi va chap qo‘lda yondan boshga beriladigan zarbadan himoyalanmaydi. Bokschi chap qo‘lda yondan boshga zarba beradi.

  2. Chap qo‘lda pastdan gavdaga zarba berish fintini qo‘llaydi va o‘ng qo‘lda boshga zarba berishga “intiladi”. Raqib chap qo‘lda gavdaga beriladigan zarbalardan himoyalanmaydi, chunki buni fint, deb o‘ylaydi. Bokschi chap qo‘lda pastdan gavdaga zarba beradi.

  3. Chap qo‘lda gavdaga va boshga zarba berish fintini qo‘llaydi. Raqib, aldamchi manyovrga ishonib, gavdasining o‘ng tomonini himoya qilmaydi. Bokschi zarbalar beradi.

  4. O‘ng qo‘lda to‘g‘ridan boshga zarba berish fintini qo‘llaydi va pastdan gavdaga zarba berishga “intiladi”. Raqib bu manyovrga ishonib, o‘ng qo‘lda berilgan zarbadan himoyalanmaydi. Bokschi o‘ng qo‘lda boshga zarba beradi.

Bokschi yanada murakkab usullarni egallab olishi zarur - fintlar va haqiqiy zarbalarni navbatma-navbat bajarish. Ushbu usullardan foydalanganda raqib qayerda fint, qayerda zarba ekanligini aniqlay olmaydi. Bunday noaniqlik unda ishonchsizlikni yuzaga keltiradi, bir qolipdan chiqaradi va u o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi.
Hujum usullarida takomillashish uchun taxminiy mashqlar:

  1. Bokschi fint qo‘llaydi - chap qo‘lda zarba, zarbani esa o‘ng qo‘lda beradi. Bunda chap qo‘lda zarbani ko‘rsatishni chap qo‘ldagi zarbalar bilan birga bajaradi.

  2. Fint bajaradi - o‘ng qo‘lda yondan zarba, o‘ng qo‘lda zarbani ko‘rsatishni o‘ng qo‘ldagi zarbalar bilan almashlab, chap qo‘lda zarba beradi. Fintlar nafaqat qo‘llar bilan, balki gavda, oyoqlar, shuningdek, bu harakatlarning kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi.

  3. Zarbalar seriyalari yordamida muvaffaqiyatli shiddatli hujumni amalga oshiradi. Raqib himoyalanishga ulgurmaydi. So‘ngra hujum qilayotgan, gavda, oyoqlar harakati bilan hujumni ishora qilib, shu hujumni amalga oshiradi. Raqib tezda himoyalanadi. Bokschi hujumni takroran ishora yordamida bajaradi, raqib endi ehtiyotsizroq himoyalanadi. Uchinchi martada bokschi endi haqiqiy hujumni bajaradi.

Uzoq himoya masofasidan turib hujum qilishdagi mashqlar guruhi ham samaralidir. Bunday hujumlar raqib uchun kutilmaganda bajariladi, chunki bokschi undan o‘ta uzoq masofada turadi, odatda, himoya masofasidan hujum qilinmaydi. Odatda, bokschi hujum oldidan oldinga dastlabki qadamni tashlaydi (zarba masofasiga chiqish uchun). Bunday yaqinlashish payti himoyalanish uchun signal bo‘lib xizmat qiladi.
Taklif etilayotgan mashqlarda bokschi, qoidalarga qarshi, himoya (o‘ta uzoq) masofasidan hujum qilishi lozim. Agar hujum qiluvchi zarbalarni “qarama-qarshi nomlanadigan” oyoqlarda yoki “sakrashda” amalga oshirsa, buning uddasidan chiqish mumkin. Bokschining o‘z raqibini zarbalarning ma’lum bir tezligiga va zarba berish vaqtini (zarbalar tezligini keyinchalik almashlab turish bilan) sezishga o‘rgatishiga asoslangan usullar guruhi o‘rganish uchun juda muhimdir. Raqib sekin zarbalardan himoyalanishga o‘rganadi va tezkor zarbalardan himoyalanishga ulgurmaydi yoki tezkor zarbalardan himoyalanishga o‘rganib qolib, sekin zarbalarga (ularni fint, deb o‘ylab) e’tibor qilmaydi. Masalan:

  1. Bokschi o‘ng qo‘lda pastdan (yondan) boshga sekin zarbalarni beradi. Raqib oson himoyalanadi. Raqibni bunday manyovrga o‘rgatib qo‘yib, bokschi xuddi o‘sha yerga shiddatli zarba beradi.

  2. Chap qo‘lda to‘g‘ridan boshga tezkor zarbalarni chap qo‘lda sekin fintlar bilan almashlab bajaradi. Raqib tezkor zarbalardan himoyalanadi va sekin zarbalarga e’tibor qilmaydi. Shunda bokschi fint qo‘llaydiki, u zarba bilan yakunlanadi.


Download 16.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling