Hujum va qarshi hujum usullarini amalga oshirish taktikasida takomillashish


Download 16.76 Kb.
bet2/2
Sana23.06.2023
Hajmi16.76 Kb.
#1652585
1   2
Bog'liq
Hujum va qarshi hujum usullarini amalga oshirish taktikasida takomillashish

Qarshi hujum usullarida takomillashish uchun taxminiy mashqlar (ushbu mashqlarda bokschi haqiqiy qarshi hujumdan raqib e’tiborini chalg‘itadi):

  1. Raqibning chap qo‘lda to‘g‘ridan boshga berilgan hujumidan bokschi bir necha marta chekinadi, so‘ngra chekinish o‘rniga chap (o‘ng) qo‘lda boshga to‘g‘ridan shiddatli qarshi zarba beradi.

  2. Bokschi o‘zini shunday ko‘rsatadiki, raqibning chap qo‘lda to‘g‘ridan boshga qilingan hujumiga qarshi o‘ng qo‘lda boshga to‘g‘ridan qarshi zarba bilan javob qaytarmoqchi bo‘ladi va bir necha marta shu zarbani bajarishga “intiladi”. Raqib o‘ng qo‘lda berilgan zarbadan himoyalanishga o‘z diqqatini jamlaydi, shu paytda esa bokschi chap qo‘lda yondan boshga (chap qo‘lda pastdan gavdaga) zarba beradi.

  3. Raqib chap qo‘lda to‘g‘ridan boshga hujum qiladi, bokschi gavdaga to‘g‘ridan qarshi zarbani amalga oshiradi. Raqib chekinadi. Uni shunga o‘rgatib, bokschi o‘ng qo‘lda gavdaga bittalik zarba o‘rniga zarba seriyasini beradi: o‘ng qo‘lda gavdaga va chap qo‘lda yondan, o‘ng qo‘lda qisqa to‘g‘ridan zarba va oldinga siljib yondan boshga zarba.

Raqibning faol hujum va qarshi hujum harakatlariga o‘zining yolg‘ondan hujumlari bilan chorlashga asoslangan mashqlar:

  1. Bokschi, raqibini faol hujum harakatlariga da’vat etib, yengil zarbalar bilan hujum qiladi. Raqib ham hujum qiladi, bokschi himoyalanishga tayyor, himoyalanadi va javob qarshi hujumlarini amalga oshiradi.

  2. Bokschi yengil zarbalar bilan hujum qiladi, raqibning o‘zi hujumga o‘tadi, bokschi qarshi hujumga tayyor hamda raqib hujumidan ilgarilab (yoki birinchi zarbadan qochib), qarshi hujum uyushtiradi.

  3. Bokschi raqibini qarshi hujumga chorlab va majburlab yengil zarbalar bilan hujum qiladi. Raqib qarshi hujum qiladi. Bokschi himoyalanadi va javob qarshi hujumni qo‘llaydi.

  4. Xuddi oldingi mashqdagi kabi, lekin bokschi raqib harakatlaridan ilgarilab yoki og‘ish bilan himoyalanib, javob qarshi hujumni bajaradi.

  5. Bokschi yengil zarbalar bilan hujum qiladi. Raqib oldinga siljigan holda zarbalar seriyalari bilan qarshi hujumni amalga oshiradi. Bokschi orqaga harakatlangan holda qarshi hujum zarbalarini beradi.

Yolg‘ondan ochilishlar tamoyili bo‘yicha tuzilgan mashqlar:

  1. Bokschi manyovr qiladi, o‘ng qo‘lini tushirib, o‘zining masofasiga chiqadi, raqib chap qo‘lda yondan boshga hujum qiladi. Bokschi sho‘ng‘ishni bajaradi va o‘ng qo‘lda yondan qarshi hujum uyushtiradi.

  2. Raqibning o‘ng qo‘lda berilgan qarshi zarbasiga “ochilib”, bokschi chap qo‘lda to‘g‘ridan zarba bilan hujum qiladi. Raqib o‘ng qo‘lda boshga zarba bilan javob qaytaradi. Bokschi o‘ngga og‘adi va o‘ng qo‘lda boshqa javob zarbasini beradi.

  3. Bokschi chap qo‘li tushirilgan holda o‘zining zarba berish masofasiga kiradi. Raqib o‘ng qo‘lda zarba beradi. Raqib harakatidan ilgari o‘ng qo‘lda boshga qarshi zarba yo‘llaydi.

Bokschi raqibning o‘ng qo‘lda berilgan qarshi zarbasiga ochilib, chap qo‘lda to‘g‘ridan boshga hujum qiladi. Raqib bu zarbani o‘ng qo‘lda to‘g‘ridan (yondan) boshga zarba bilan qarshi oladi.
Download 16.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling