1 mln so’mni yillik %li stavkadan foydalangan holda keltirilgan joriy qiymatini aniqlang n=3 yil


Download 19.51 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi19.51 Kb.
#1373685
Bog'liq
Амалий машғулотлар ва Кейс ва масалалар


MASALALAR

  1. 11 mln. so’mni yillik 3 %li stavkadan foydalangan holda keltirilgan joriy qiymatini aniqlang. n=3 yil.

  2. 1000 AQSh dollarini 10 %li diskont stavkasidan foydalangan holda keltirilgan qiymatini aniqlang. n - 5 yil.

  3. “Sea plcˮ kompaniyasi press-avtomatni sotib olish orqali joriy ishlab chiqarish xarajatlari tejalishini ta’minlay olishini aniqladi. Bozorda mazkur presslarning “Aˮ va “Bˮ nomli ikkita modeli mavjud. Quyida ular haqida ma’lumot berilgan.


«A», f. st.

«B», f. st.

Narx (bir vaqtning o‘zida to‘lanadi)

20 000

25 000

Har yilgi tejamkorlik:







Yil 1

4 000

8 000

2

6 000

6 000

3

6 000

5 000

4

7 000

6 000

5

6 000

8 000

Mohiyatan, har yilgi tejashlar – bu muqobil tarzda kirib kelayotgan pul oqimlaridir. Agar investitsiya amalga oshirilmaganda chiqib ketayotgan pul oqimlarida aylangan va tejalgan mablag‘larni o‘z ichiga olgan bo‘lardi.
Mazkur presslardan qaysi birini sotib olish kerak (moliyalashtirish xarajatlari doimiy va bir yilda 12 % ni tashkil qilish sharti bilan)?

  1. Siz bankdagi hisob raqamingizga yiliga 10 %li stavka bo’yicha 1000 dollar (PV) qo’ydingiz. Muddat tugamasdan turib bir sent ham olmaslik sharti bilan, yiliga 10%li stavkada va investitsiya muddati besh yil qilib belgilanganda, Siz besh yildan keyin oladigan summa bo’lajak qiymati (FV) qancha bo’ladi?

  2. 5000 dollar pul 6 foiz stavkada 12 yilga investitsiya qilindi. Investitsiyadan olinadigan foyda qancha bo'ladi?

  3. 9953 dollar daromad olish uchun mijoz bankga 20 foiz stavkada 5yilga qancha miqdorda pul qo'yishi kerak?

  4. 11273 dollar olish uchun 7000 dollar necha foiz stavkada 5 yilga investitsiya qilinishi kerak?

  5. Murakkab foiz formulasi orqali yillik 10% stavka bilan 5 yilga omonatga qo’yilgan 1000 AQSh dollarini bo’lajak qiymatini aniqlang

  6. Siz 20 yoshdasiz va 45 yil muddatga yiliga 8%ga 100 dollar qo’yishni o’ylayapsiz. 65 yosh bo’lganingizda hisobingizda qancha pulingiz bo’ladi? Agar yillik foiz stavkasi 9% bo’lgan bankni topishga muvaffaq bo’lsangiz, u holda 65 yosh bo’lganingizda pullaringiz qancha bo’ladi?

  7. Bir yildan keyin 10 mln.so’m kerak. Bank sizga yillik 14 % stavkasini taklif qilmoqda. 10 mln. so’mni keltirilgan qiymatini aniqlang.

Download 19.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling