3. Ma’muriy sudlarga beriladigan:
|
a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha
|
fuqarolardan
|
BHMning 5 baravari
|
yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan
|
BHMning 20 baravari
| |
b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha
|
fuqarolardan
|
BHMning 1 baravari
|
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan
|
BHMning 10 baravari
| |
b1) zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha
|
zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi talab summasining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda
| |
v) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini ro‘yxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan (shikoyatlardan)
|
BHMning 1 baravari
| |
g) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha
|
fuqarolardan
|
BHMning 1 baravari
|
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan
|
BHMning 10 baravari
| |
d) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan
|
arizalar (shikoyatlar) berilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan stavkaning 50 foizi
| |
e) sud hujjatlarining dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga binoan sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berish to‘g‘risidagi arizalardan
|
hujjatning har bir beti uchun — BHMning 2 foizi
| |
Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilish chog‘ida ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.
Fuqarolar davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudlarga murojaat qilganda ushbu bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan davlat bojini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘laydi. Bunda davlat bojining qolgan qismi qonunda belgilangan tartibda ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha undiriladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |