Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlik (yatt)-haqida


Download 22.13 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi22.13 Kb.
#1236135
Bog'liq
YATT


Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT)-haqida
O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi? Uyda o‘tirgan holda tadbirkor bo‘lish mumkinmi? Yakka tartibdagi tadbirkorlardan qanday soliqlar undiriladi? Shu kabi savollarga Soliq qo‘mitasi javob berdi
Yakka tartibdagi faoliyat turini tashkil qilish va tadbirkorlardan olinadigan soliq to‘lovlari haqida Davlat Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Po‘lat Davlatov ma'lumot berdi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi markazlaridan biriga borish orqali yoki elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
«Endilikda tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun ortiqcha hech qanday hujjatlar talab etilmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini yarim soat yoki uzog‘i bilan bir soat muddatda ro‘yxatdan o‘tkazib tadbirkorlik guvohnomasi olish mumkin», – dedi Po‘lat Davlatov.
Tadbirkorlikni istagan shaxs ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markaziga boradigan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji to‘lashi, agar tadbirkor elektron shaklda mustaqil ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi belgilangan.
Yakka tartibdagi tadbirkor(YaTT)lar qanday tartibda soliq to‘laydi?
I. Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi.
II. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi.
III. Bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib, Toshkent shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi tadbirkorlar uchun alohida va chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun alohida qat'iy belgilangan soliq stavkasi belgilangan.
YaTT lar uchun qanday imtiyozlar berilgan?
Mutaxassisning xabar berishicha, YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.
Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya'ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.
YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga egaligi, ya'ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, 2021 yildan boshlab kiritilgan o‘zgarishlarga asosan yakka tartibdagi tadbirkordan soliq agenti sifatida yollangan xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (daromadning 12 foizi miqdorida) undiriladi.
Ma'lumot uchun, hozirda YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. 2011 yil 6 yanvar kunidagi Vazirlar Mahkamasining qarorida yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan.
Avvalroq, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida davlat organlari tomonidan tadbirkorlarni nazorat qilishning aniq 4 xil shakllari belgilab berilishi,bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat funksiyalari ro‘yxati shakllantirilishi ma'lum qilingandi.
Bundan tashqari, joriy yilning oxirigacha yagona Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilishi va kodeksda tadbirkorlikka oid litsenziyalash, ruxsatnoma berish, yer ajratishga doir masalalar ham aniq tartibda belgilanishi haqida ma'lumot berilgandi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda to‘laydi:
I. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realiza t siya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad solig‘ini ikki xil usulda:
1) har oyda qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni to‘lashi;
2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi bo‘yicha ushbu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirish yo‘li bilan daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.
II. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi.
Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni to‘lashni tanlashi mumkin:
Ø kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi;
Ø kalendar yilida realizasiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.
III. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tadi.
Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.
Bunda, foyda solig‘ining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor — bu jismoniy shaxs. YATT bankda hisob raqami ochishi, tovarlar va xom ashyo uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin, biroq baʼzi litsenziyalanmaydigan faoliyat turlari, masalan umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanishga haqli emas. YATT uchun ruxsat etilgan roʻyxatda faoliyat turlari sohalari 87 tani tashkil etadi.
YATT uchun soddalashtirilgan soliqqa tortish amal qiladi – yiliga 100 mln soʻmgacha aylanma mablagʻlarda oʻzgarmas miqdordagi JSHDS yoki deklaratsiya boʻyicha JSHDS toʻlash mumkin. Stavka faoliyat turiga va joylashuviga bogʻliq (Toshkent, viloyat markazlari va olis masofadagi hududlar).
100 mln dan 1 mlrd soʻmgacha aylanma mablagʻlarda YATT yillik aylanma mablagʻdan soliq toʻlaydilar, biroq, xohishiga koʻra, QQS va foyda soligʻini toʻlashlari mumkin.
Kalendar yili davomida tovar aylanmasidan 1 mlrd soʻmdan ortiq miqdordagi daromad olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda umumiy belgilangan soliqlar toʻlaydilar (QQS va foyda soligʻi).
Bundan tashqari, 2021-yil 1-yanvardan boshlab YATT oʻz xodimlari uchun JSHDS toʻlaydilar.
“Koʻpincha mijozlardan soliq yuklamasi oʻta katta ekanligi – YATT sifatida ishlash, MCHJ yoki XK qaraganda, ancha foydaliroq boʻlishi haqida eshitib qolaman”,— Yuliya Ten.
Kichik biznes, masalan, kichik doʻkon yoki qahva sotuvchi koʻchma doʻkoncha (chakana savdoning mobil nuqtasi hisoblanadi) rejalashtirilgan boʻlsa, Yuliya Ten YATT ochishni tavsiya qiladi.
Biroq hisobga olinishi kerak boʻlgan, boshqa koʻplab omillar mavjud. Shu oʻrinda, YATT uchun xodimlar soni, faoliyat turiga qarab, cheklanganligini unutmaslik lozim. Masalan, chakana savdoda tadbirkorning oʻzini ham hisobga olgan holda, ikki kishidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor biznes koʻlamini kengaytirishga qaror qilgan boʻlsa va kelajakda yirik korxonalar bilan hamkorlik qilishni istasa, yuridik shaxs maqomiga koʻproq ishonch borligini tushunishi kerak. Kompaniyalar, ayniqsa, yirik kompaniyalar sherik sifatida yuridik shaxsni koʻrishni xohlashadi, chunki qonun boʻyicha ular taxminan bir xil huquqlarga egadirlar, jismoniy shaxsga qaraganda, ular bilan har qanday masalalarni hal qilish soddaroq, mumkin boʻlgan nizolarni hal qilish osonroq. Bundan tashqari, ayrim kompaniyalar tenderlarda faqat yuridik shaxslar ishtirok etishlariga ruxsat beradilar.
Misol: bir qiz atelye ochib, oʻzining mualliflik liboslarini tikishni xohlaydi. Uning oltita tikuvchisi bor, demak YATT istisno qilinadi, faqat yuridik shaxs maqomida ishlashi mumkin. Bu yerda materiallar uchun toʻlov bilan bogʻliq masalalar yuzaga keladi - buni faqat pul oʻtkazish orqali amalga oshirish mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida doʻkonga borib, naqd pulga matolar sotib olish va kirim qilish mumkin. Chek asos boʻlib xizmat qiladi. Yuridik shaxslar uchun, bank sotib olish uchun beradigan naqd pul aylanmasi soliq organlari tomonidan qattiqroq nazorat qilinadi. Xususan, yuridik shaxsning zaruriy ehtiyojlari uchun bank tomonidan naqd pul berilsa, avans hisoboti berish va unga barcha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish kerak. Masalan, umumiy ovqatlanish korxonalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun bankdan naqd pul oladilar, biroq baʼzan ushbu mahsulotlarni sotib olinganini asoslab bera olmaydilar.
Download 22.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling