1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi davlat bojini belgilash, undirish, uni qaytarish va uni to‘lashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


Download 1.3 Mb.
bet6/42
Sana17.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1531964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-600 06.01.2020

Izoh. Qarz shartnomasiga o‘zgartishlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

i) kafillik shartnomalarini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartishlar kiritganlik yoki bekor kilganlik uchun

jismoniy shaxslar uchun

BHMning 25 foizi

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa

BHMning 50 foizi

k) korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun

BHMning 1 �aravari

l) vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun

BHMning 5 foizi

m) merosga bo‘lgan xuquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun

agar meros mol-mulk ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi bo‘lsa (har bir mol-mulk uchun)

BHMning 50 foizi

mol-mulkning boshqa barcha turlari uchun

BHMning 30 foizi

Izoh. Turar-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida o‘tayotgan meros mol-mulkning summasi merosxo‘rlik tayinlangan kunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuman (shahar) filiallari tomonidan belgilangan baholash ma’lumotlari hisobga olingan holda belgilanadi.

n) er-xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berganlik uchun

BHMning 50 foizi

o) avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi

avtomototransport vositalari uchun

— BHMning 3 baravari

bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun

— BHMning 25 foizi

Izoh. Ayirboshlash shartnomasi rasmiylashtirilayotganda davlat boji faqat bir avtomototransport vositasi uchun undiriladi.
Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda:
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi;
bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi;
yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga ko‘ra va notariusning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan hududlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

p) avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga

— BHMning 50 foizi

boshqa shaxslarga

— BHMning 2 baravari

r) ko‘chmas mol-mulkni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga

BHMning 25 foizi

boshqa shaxslarga

BHMning 50 foizi

s) boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun

BHMning 10 foizi

t) meros mol-mulkni muhofaza qilish choralarini ko‘rganlik uchun

BHMning 30 foizi

u) hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining to‘g‘riligini shahodatlash uchun

har bir bet uchun BHMning 1 foizi

f) ijro xatlarini yozib berganlik uchun

undiriladigan summaning 1 foizi, biroq BHMning 10 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorida

Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi bo‘yicha ijro xatlarini yozib berishda davlat boji lizing shartnomasida belgilangan to‘lanmagan to‘lovlar summasidan lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati o‘tguniga qadar qolgan davr uchun daromadi chegirib tashlangan holda undiriladi.
Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

x) hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va ulardan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash uchun

jismoniy shaxslar uchun

har bir bet uchun BHMning 1 foizi

yuridik shaxslar uchun

har bir bet uchun BHMning 2 foizi

shu ishlarni xorijda bajarganlik uchun

har bir bet uchun BHMning 5 foizi

ts) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini shahodatlash uchun

jism�niy shaxslar uchun

BHMning 5 foizi

yuridik shaxslar uchun

BHMning 20 foizi

ch) notarial idoralarda mavjud bo‘lgan notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestridan ko‘chirmalarni, hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun

BHMning 5 foizi

sh) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial harakatlar bajarilganligi uchun, bundan “a” — “ch” kichik bandlarda nazarda tutilganlar mustasno

BHMning 10 foizi

sh1) boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun, bundan mazkur moddaning “a” — “ch” kichik bandlarda nazarda tutilganlar mustasno

jismoniy shaxslar uchun

BHMning 50 foizi

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa

BHMning 1 baravari

Izoh. Notarial idora binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, bundan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chog‘ida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mustasno.
Nikoh shartnomasini va aliment to‘lash haqidagi bitimni notarial tartibda tasdiqlash, ularga o‘zgartishlar kiritish yoki ularni bekor qilish, shuningdek mol-mulkni o‘zga shaxsga o‘tkazishni taqiqlash va taqiqlashni bekor qilish chog‘ida davlat boji undirilmaydi.

5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga o‘zgartishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirganlik uchun

a) nikohni qayd etganlik uchun

BHMning 20 foizi

b) nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun

voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro roziligi bo‘yicha

er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan BHMning 1,5 baravari

agar er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan

BHMning 1,5 dan 3 baravarigacha (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan)

er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan

BHMning 3 dan 4 baravarigacha (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan)

v) fuqarolar tomonidan familiya, ism, otasining ismi o‘zgartirilganligi uchun

16 yoshdan 18 yoshgacha

BHMning 50 foizi

18 yoshdan katta

BHMning 1 baravari

g) tug‘ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to‘g‘risida, o‘lim haqidagi yozuvlar o‘zgartirilganligi, ularga qo‘shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun

BHMning 10 foizi

d) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun

BHMning 15 foizi


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling