1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi davlat bojini belgilash, undirish, uni qaytarish va uni to‘lashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


Download 1.3 Mb.
bet4/42
Sana17.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1531964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-600 06.01.2020

3. Ma’muriy sudlarga beriladigan:

a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha

fuqarolardan

BHMning 5 baravari

yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

BHMning 20 baravari

b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha

fuqarolardan

BHMning 1 baravari

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

BHMning 10 baravari

v) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini ro‘yxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan (shikoyatlardan)

BHMning 1 baravari

g) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha

fuqarolardan

BHMning 1 baravari

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

BHMning 10 baravari

d) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan

arizalar (shikoyatlar) berilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan stavkaning 50 foizi

e) sud hujjatlarining dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga binoan sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berish to‘g‘risidagi arizalardan

hujjatning har bir beti uchun — BHMning 2 foizi

Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilish chog‘ida ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling