1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. 2-modda. Asosiy tushunchalar
-modda.Telekommunikatsiya tarmoqlari
Download 150.08 Kb. Pdf ko'rish
|
ferghana uz material 739
6-modda.Telekommunikatsiya tarmoqlari
Telekommunikatsiya tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko’ra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo’linadi. Telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatishning yagona printsiplari, ularni taqdim etish va haq to’lashning tartibi asosida O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish uchun mo’ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog’i umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog’ida telekommunikatsiya xizmatlari ko’rsatish qoidalari telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: «O’zbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va ko’rsatish tartibi to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami 968, 13.09.2000 y.), «Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini ko’rsatish» Qoidalari (ro’yxat raqami 2140, 06.09.2010 y.), «Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog’ida telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish» Qoidalari (ro’yxat raqami 1323, 15.03.2004y.)., «O’zbekiston Respublikasi televidenie va radioeshittirish dasturlarini uzatish hamda tarqatish xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami 1409, 15.09.2004y.), «Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet xizmatlarini ko’rsatish» Qoidalari (ro’yxat raqami 1417, 5.10.2004y.), «Aloqa sohasida axborot-ma’lumot xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami 1412, 23.09.2004 y.), «Jamoat foydalanish joylarida internet tarmog’idan axborot olish imkonini berish tartibi to’g’risida»gi Nizom (ro’yxat raqami 1393, 30.07.2004 y.), «Mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatish» Qoidalari (ro’yxat raqami 1900, 06.02.2009 y.) va «O’zbekiston Respublikasida raqamli televidenie xizmatlarini ko’rsatish» Qoidalari (ro’yxat raqami 2794, 07.06.2016 y.). Yuridik va jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish va maxsus ehtiyojlari uchun mo’ljallangan, ularning ixtiyorida bo’lgan va ular tomonidan foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kiradi. Idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari boshqa foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish uchun ham ishlatilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlari jumlasiga foydalanuvchilarning muayyan doirasiga xizmatlar ko’rsatish uchun yuridik shaxslarning tijorat maqsadlarida yaratgan telekommunikatsiya tarmoqlari kiradi. (6-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2005 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 37-38-son, 279-modda) Idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari tomonidan xizmatlar ko’rsatish qoidalari ushbu telekommunikatsiyalarning operatorlari yoki provayderlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Download 150.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling