1. Model tushunchasi Modellashtirish mazmuni bosqichlari va usullari Modellashtirishda tuziladigan texnik hujjatlar


Download 22.36 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi22.36 Kb.
#265179
  1   2   3   4
Bog'liq
Model va modellashtirish. Model turlari


Model va modellashtirish. Model turlari

Reja:

1.Model tushunchasi

2.Modellashtirish mazmuni bosqichlari va usullari

3.Modellashtirishda tuziladigan texnik hujjatlar

1.Тayanch so’z va iboralar:

Model (lot. modulus — o'lchov, me'yor) — biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.

Masalan, Yerning modeli — globus, osmon va undagi yulduzlar modeli — planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.

Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o'rganishi tabiiy holdir.

Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o'rganadi. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya'ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o'simliklar o'sganligi, iqlim qanday o'zgarganligini o'rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o'rganishmaydi — bu bilan tarixchilar shug'ullanadi.

Atrofimizdagi dunyoni o'rganish natijasida noaniq va to'liq bo'lma-gan ma'lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o'rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to'laroq akslantirishi zarur.

Modelning taqribiylik harakteri turli ko'rinishda namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, tajriba o'tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi.

T = T0(l+at) 1 = I0(l+(3t) H = H0(I+yt)

Bu yerda: a, (3, y lar doimiy kattaliklar bo'lib, ular havo temperaturasi(a), yorug'lik miqdori ((3) va namlik (y) ning vaqt bir-ligi ichida (t) o'zgarish koeffitsiyentlari. Bu koeffitsientlarning qiy-matlari turli o'simliklar uchun turlicha boiib, tegishli jadvaliarda beriladi.

Yuqorida keltirilgan tizimdagi tenglamalar bir-biri bilan bog'lanadi va ularni yechish dasturi yaratiladi. Pirovardida tashqi ta'sirlarni o'zgartirgan holda gulning bir sutkada qancha o'sishini o'rganish mumkin.

Quyida biologik jarayonlarni modellashtirishga doir bog'lanishlar-ga misollar keltiramiz.

l-masala. X — hayvon og'irligi, f(x) —hayvon tomonidan bir birlik vaqtda yutiladigan kislorod miqdori, A va D shu sinf mavjudotlari uchun o'zgarmas parametrlar bo'lsin. Asosiy modda almashish jadalligining hayvon og'iriigiga bog'liqligini ifodalaydigan model darajali funksiya ko'rinishidagi

f(x) = A • xa

formula bilan ifodalanadi.

Masalan, mayda hasharot va qushlar uchun D=0,74, A=70 bo'lsa, baliqlar uchun D=0,8 va A=0,3 bo'lishi mumkin.

2-masaIa. Hujayralarning bo'linishida mikroorganizmlar sonining vaqtga nisbatan ko'payishini ifodalaydigan model

f(x)=Oe«

darajali funksiya ko'rinishidagi formula bilan ifodalanadi. Bu yerda: S—doimiy kattalik, £ —vaqt birligi ichida ko'payishni ko'rsatuvchi kattalik, t—vaqt.

Ushbu bog'lanishlardan foydalanib, kompyuterda hisoblash jarayonlarini tashkil qilish va yuqoridagi masalalarni tadqiq qilish mumkin


Download 22.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling