1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


-mavzu. Masnaviy va Soqiynomani sharhlab o‘qitish. Navoiy qasidalari sharhi


Download 473.81 Kb.
bet45/46
Sana23.09.2023
Hajmi473.81 Kb.
#1686555
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

4-mavzu. Masnaviy va Soqiynomani sharhlab o‘qitish. Navoiy qasidalari sharhi



RЕJA:


  1. Masnaviyning yaratilish tarixi, adresati, tarkibiy tuzilishi. Navoiy badiiy ijod haqida.


  2. Soqiynomaning tarkibiy tuzilishi, unda davr va zamondoshlarga munosabat.


  3. Soqiynomada ishq va vafo talqini. Soqiynomaning badiiy xususiyatlari.
  4. Sittai zaruriya” va “Fusuli arbaa” qasidalar turkumining arxitektonikasi va kompozitsion qurilishi.


  5. Hiloliya”qasidasining g‘oyaviy mazmuni, syujeti, timsollar olami.




  6. Qasidani sharhlashda tajdidi matla’ san’atining ahamiyati.

Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktubi bor. U "Masnaviy" nomi bilan "Xazoyin ul-maoniy"ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxassislar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga jo‘nash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi. shoir safar oldidan Ardasher bilan xabarlashmoqchi bo‘igan, lekin uni topmagan. So‘ng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidan kechinmalari va o‘z otasidek yaqin ko‘rgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini ta’rif etish bilan boshlanadi. Vatan va do‘stlarni tashlab ketish og‘ir. Xayr¬lash may ketish undan ham og‘ir. SHoir ulug‘ do‘stiga ketish sabablarini tuShuntirmoqchi. Xat Shu munosabat bilan yozilgan. Inson so‘zi bilan ulug‘dir, "falak jismining joni" - so‘z, ayniqsa “nazm"- deydi shoir. Va o‘zida she’r yozishga juda katta kuch¬qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy o‘z "SHohnoma"sini o‘ttiz yilda yozgan bo‘lsa, u o‘shanday asarni o‘ttiz oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan “Xamsa"si uning uchun 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt notinch, odamlarda vafo yo‘q. Hatto, tasalli beruvchi kishi ham yo‘q. Ketaman, desang etagingdan tutadigan umr yo‘ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do‘sting bo‘lmasa. Bu maktubdan ma’lumki, Navoiy 24-25 yoshlaridayoq "Xamsa" yaratishga har jihatdan tayyor ekanini bilgan. O‘zining ijodiy kuchiga ishonchi katta bo‘lgan.



“Xazoyin ul-maoniy”dan o‘rin olgan bitta masnaviy ham Sayyid Hasan Ardasher (hijriy 819 – 894; milodiy 1416–1489) nomi bilan bog‘liq. Masnaviy hajman 148 baytdan iborat bo‘lib, yosh shoirning safar oldidan ustozi va do‘stiga yozgan she'riy maktubini o‘z ichiga oladi. Ushbu masnaviy-maktub shoirning yoshlik lirikasi mahsuli bo‘lib, kulliyotning birinchi devoniga kiritilgan, ya’ni “G’aroyib us-sig’ar”dan joy olgan. Alisher Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyanga ega bo’lgan bu asar hagida asrimizning 30-yillaridan boshlab hozirgacha qator adabiyotShunoslar o’z fikr-mulohazalarini izhor etdilar. Ardasher nomiga yozilgan ushbu masnaviy shakl jihatidan noma janriga taalluqli bo’lsa-da, aslida shaxsiy maktub doirasidan anchayin chetga chiqib, o’z davriga aybnoma darajasiga ko’tarilgan tarixiy hujjat, adabiy xat edi.
Masnaviyning ilk bayti ushbu xilda:
Sano haqqakim, kashfi hol erur,
Xirad mushkulotig‘a hallol erur (–B. 465).
Masnaviy o’sha davr adabiy an’anasiga ko’ra hamd va na’t hamda sano bilan ibtido topadi, Shundan so’ng Sayyid Hasan Ardasher vasfiga kirishiladi:
Jamol ichra tong boshi Nohiddek,
Kamol ichra tush vaqti xurshiddek.
Vafo anga pesha, saxo anga fan,
Vafovu saxo koni Sayyid Hasan (–B. 466).
Masnaviyda ta’kidlanishicha, Sayyid Hasan Ardasher o’z davrining fozil kishilaridan bo’lib, ilm va adabiyotda hamda tasavvufda eng etuk darajaga erishgan kishilar safida turar edi. Navoiy va Ardasher – o’z davrining ilg’or bu ikki navoyandasi o’rtasidagi yuksak insoniy munosabatlar ular umrining oxirigacha davom etadi. Navoiy ustozi Ardasher haqida “Majolis un-nafois” tazkirasida ham ma’lumotlar keltirib o’tadi, qolaversa, ustoziga bag’ishlab “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” (1491) nomli badia yozgani ancha e’tiborli jihatlasrni namoyon etadi. Ko’rinadiki, Sayyid Hasan Ardasher mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning hayoti va ijodida alohida qirralarni namoyon etishi bilan alohida ajralib turadi. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”da o’qiymiz: “Saltanat taxti Sulton Ibrohim Mirzog‘a qaror tutgandakim, sekkiz yuz oltmish erdi, bu faqir alar suhbatig‘a musharraf bo‘ldum”(–B.77). Ko’rsatilgan sana, ya’ni hijriy 860 yili milodiy yil hisobida 1456 yilga to’g’ri keladi, ammo Abdurazzoq Samarqandiy (1413–1482) shaxsan o’zi guvoh bo’lgan voqealar to’plami bo’lmish “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asarida Sulton Ibrohim Mirzoning taxtni egallashini hijriyda 861 yil deya ta’kidlagan, bu esa milodiy 1457 yildir. Darhaqiqat bu voqealar 1457 yilda sodir bo’lgandir, chunki Abulqosim Bobur ning tavalludi 1422 yil va vafoti esa 1457 yil 31mart Mashhadda ro’y beradi Sulton Ibrohim Mirzo bo’lsa taxtni 1457 yilning 31 may kuni tasarruviga oladi. Demak Alisher Navoiy ta’kidlagan yil bir yilga chalg’imoqda, bu unchalik katta og’ish emas, hatto bahsga ham arzimaydi, eng muhimi Alisher Navoiy ham Sulton Ibrohim Mirzoning taxtni egallaganini e’tirof etmoqda.
Masnaviyning baytlariga e’tibor qaratsak maktubning yozilish sabablari, uning yaratilishiga turtki bolgan voqealar va hodisalarning siri ochilib boradi:
Ne bir hujrakim, kom topqay ko‘ngul,
Dame anda orom topqay ko‘ngul (–B. 472).
Baytning mazmuniga e’tibor qaratilsa shoirning ko’zlagan muddaosi oydinlashib boradi, shoir tarafidan urg’u berilayotgan hujra bu – zamon va zamin, to’g’rirog’i – Movarounnahr va Xuroson. Ana Shu hujrada – zaminda, ko’ngul qancha istamasin dame – bir nafas orom topa olmaydi, kom – tilak, istak vaorzu haqida gapirmasa ham bo’ladi. SHoir bu bilan o’zi yagan zamonning notinchliklariga, ziddiyatlarga, o’zaro nizo va adovatlarga zimdan ishoralar berib, yashirih emas ochiqcha kinoya qilmoqda. SHoir davom etib yozadi:
Ki bo‘lmoq vatan ichra dushvor edi,
Ko‘ngulga jalo daf’i ozor edi (–B. 467).
Yuqoridagi baytning mazmunida yanada ochiq va oshkor davr malomatlariga ishora qilinmoqda, “vatan ichra” yashash “dushvor edi” – mushkul edi demoqda shoir, ko’ngulga esa jalo(vatanni tashlab ketish, vatandan judolik)ni daf qilmoq ozordan o’zga narsa emas edi. Jalo (hijrat qilmoq)ga behuda ishora qilinmayopti, boisi zamon buzg’unchiliklari izdan chiqqan, tinchlik o’rnini notinchlik, halovat o’rnini zulm-zo’rlik mahv etib bo’lgan edi.

Alisher Navoiy masnaviyni davom ettirib, zamon illatlarini nishonga oladi:


Degaysenkim, ul zori ovoravash,
Ki hijron mayidin bo‘lub jur’akash.
Ne qildi ekin charxi nobaxtiyor,
Ki sargashtalik ayladi ixtiyor (–B. 467).
Hatto Alisher Navoiy Xuroson elida, ya’ni o’zining tug’lib o’sgan vatani kishilari o’rtasida vafo urug’ini topib bo’lmasligidan oshkora shikoyat qiladi:
Yana bir bukim, zohir o‘lmish mango,
Ki chiqmish Xuroson elidin vafo (–B. 470).
SHoir yana davom etib, o’z fikrida sobit qoladi va yurtning har bir burchagida vafo o’rniga nifoq, saxovat o’rniga baxillik avj olganini ta’kidlashdan toliqmaydi:

Vafo yerida zohir o‘lmish nifoq,


Saxo o‘rnida buxl tutmisho‘ visoq (–B. 470).
Yoki boshqa bir o’rinda:
Bo‘lub lomakon sathidin xonlari,
Adam mulki bug‘doyidin nonlari (–B. 471). –
Degan shoir odamlarning xoni – dasturxoni bo’m-bo’sh goyo yo’qlik olamidagidek

Bug’doy nonlari esa yo’qlik mulkining o’zginasidir. Ayrim nobakorlar uyalmay-netmay o’likdan kafan tama’ qilmoqda ekan:


Qaro pul uchun aylabon qatl fan,

O‘luktin tama’ aylab, ammo kafan (–B.472).


Ayni Shu hodisalar Samarqand elini ham chetlab o’tolmagan ekan, ular ham Shu xil kasofatlarga giriftorlik kasb etganligini Alisher Navoiy chuqur xo’rsinish ila ilojsiz ta’kidlashga majbur:
Hirot ahlin eltib havodis yeli,
Esib day yelidek Samarqand eli (–B.472).
Alisher Navoiy masnaviyda boshqa jiddiy masalalarga ham urg’u beradi, chunonchi shoir faxrlanib, o’zini Nizomiy Ganjaviy (1141–1209)ga tenglashtiradi:
Men ul mennki, to turk bedodidur,
Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falak ko‘rmadi men kibi nodire,
Nizomiy kibi nazm aro qodire (–B. 469).
Qolaversa, shoir buyuk Abulqosim Firdavsiy (934–1020) faoliyatiga e’tibor qaratadi, uni ulug’ ijodkor sifatida e’tirof eta turib, o’zini undan ustun qo’yishga jazm etadi:
Dedi o‘z tili birla ul koni ganj,

“Ki, si sol burdam ba “SHohnoma” ranj”...


Ki har necha nutq o‘lsa mohil saroy,
Bitigayman o‘ttiz yilin o‘ttiz oy (–B. 469).
Alisher Navoiy masnaviysining saviyasi o’ta baland, bunga zarracha Shubha yo’q, ichki qofiyali bir bayt misolida buni yaqqol ko’rish mumkin:
Ne yeriki, ranjimni qilg‘ay qabul,
Ne zoriki, hajrimdin o‘lg‘ay malul (–B. 473).
Masnaviy quyidagi bayt bilan intihosiga yetadi:

Bu erdi so‘zumkim dedim men g‘arib,


Yana tengri diydor qilg‘ay nasib (–B. 473).
Soqiynoma” sheriy janri adabiyot tarixida alohida o’rin tutadi va o’ziga xos xususiyatlarga ega, u asosan masnaviy shaklida bo’lib, mutaqorib bahrida yoziladi. “Soqiynoma”ning yana bir turi qo’shiq, aShula va ohangdir, bu “Soqiynoma” endi “SHashmaqom”ga daxldor va u olti qo’shiq, ya’ni olti maqomdan iborat, ular: “Buzurg”, “Rost”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh” va “Iroq”dir. Ular sozda va ovozda ijro etilgan, sozda ijro etilganiga “Mushkilot”, ovozda ijro etilsa “Nasr” deyilgan. Ovozda, ya’ni “Nasr”da ijro etiluvchi qo’shiqlar besh qismga taqsimlanadi, ular: “Savt”, “Talqinca”, “Qashqarcha”, “Soqiynoma”, “Ufor”dir. E’tibor berilgan bo’lsa, “Nasr”ning besh qismning to’rtinchi qismi “Soqiynoma” deb atalar ekan. Bilamizki, kuy, qo’shiq va she’r azaldan hamohang, she’r ko’pincha qo’shiqga aylanadi, she’r kuyga solinadi yoki aksincha mavjud kuyga moslab she’r yoziladi. Aslida bu xil aShulalarda, she’rlarda soqiy vasf etilgani bois ular “Soqiynoma” nomini olgan. Chunonchi “Buzurg” maqomiga taalluqli “Soqiynoma savti sarvinoz” Abdurahmon Jomiy (1414–1492) qalamiga mansub, uning boshlahg’ch ikki bayti ushbu xilda:
Biyo, soqiyo, bargi ishrat bisoz,
Makun dar ba ro’i harifon faroz…
Agar budiy az jahl har sina sof,
Baraftodiy az dahr rasmi xilof…
“Soqiynoma”lar “SHashmaqom”ning to’rt maqomidan joy olgan, ular: “Buzurg”, “Rost”, “Navo”, “Dugoh”, demak qolgan ikki maqom: “Segoh” va “Iroq”bundan mustasno. “Buzurg” maqomining ilk Shu’basi “Soqiynomai savti sarvinoz”, ikkinchi Shu’basi “Soqiynomai mug’ulchai buzurg”, uchinchi Shu’basi “Soqiynomai Iroqi Buxoro” va nihoyat oxirgi oltinchi Shu’basi “Soqiynomai Rok”dir, ko’rinadiki, “Buzurg” maqomining to’rtinchi va beshinchi Shu’balarida “Soqiynoma”lar uchramaydi. “Rost” maqomining birinchi Shu’basida “Soqiynomai savti Ushchoq”, ikkinchi Shu’basida “Soqiynomai savti sabo”, “Navo” maqomining birinchi Shu’basida “Soqiynomai savti Navo”, ikkinchi Shu’basidan “Soqiynomai mug’ulchai Navo” o’rin olgan bo’lib, bu soqiynoma Hofiz SHeroziy (1325–1389)ning quyidagi bayt ila boshlanadi:
Biyo, soqi, az may nadoram guzir,
Ba yak jomi boqiy maro dast gir!
“Navo” maqomining uchinchi Shu’basidan “Soqiynomai mustazodi Navo” joy olgan. “Dugoh” maqomining birinchi Shu’basida “Soqiynomai savti kalon”, ikkinchi Shu’basida “Soqiynomai savti chorgoh”, uchinchi Shu’basi “Soqiynomai mug’ulchai dugoh”dan iborat. “Dugoh” maqomining “Soqiynomai savti kalon” qo’shig’i Hofiz SHeroziy qalamiga mansub quyidagi baytlar bilan ibtido topadi:
Biyo, soqiy, aknun ki Shud chun bihisht,
Zi ro’i tu in bazmi anbarsirisht.
Qadah pur kun az may, ki may xvash buvad,
Xususan ki sofivu beg’ash buvad.
“Soqiynoma” qo’shiqlarida aksaran shoirlarning masnaviylaridan istifoda etishgan, qofiyasi aa bb vv , goho g’azalllarga ham murojaat qilishgan, ularda soqiy – boda ulaShuvchi, ya’ni kosagul tarannum etilgan.
“Soqiynoma”lar eslatib o’tganimiz kabi aksar aruzning mutaqorib bahrida yozilishiga qaramay, bundan tashqarti aruzning hazaj bahrida ham yozilgan, chunonchi Sanoyi G’aznaviy (1079–1141)ning “Soqiynoma”si ayni hazaj bahrida bitilgan. “Soqiynoma”lar tarje’band va tarkibband tarzida ham yozilgan, bunga Hakim SHifoyi Isfahoniy va Naziriy ijodi to’kis misol bo’la oladi, uning ruboiy shakli esa Ahliy SHeroziy ijodida ko’rinadi. Shu o’rinda bir luqma, ya’ni yirik navoiyShunos olim Yoqubjon Is`hoqov negadir SH.Abdullayeva, S.Ibrohimova, H.Homidiy tomonidan yaratilgan “AdabiyotShunoslik terminlari lug‘ati”(–Toshkent: “O‘qituvchi”, 1967.)da soqiynomaga berilgan ta’rifga e’tiroz izhor etadi. Olimning fikricha, lug’at mualliflari soqiynoma qismiga misolni Alisher Navoiyning:
Xarobot aro kirdim oShuftahol,
May istarga ilgimda sing‘on safol. –
naqoratli tarje’bandidan keltirilgan misolni inkor etadi va uni soqiynoma emasdligini ta’kidlaydi. Vaholanki Navoiyning ta’kidini topgan tarje’bandi to’liq soqiynoma mavzuida bitilgan va bunga zarracha Shubha yo’q, qolaversa buni SHifoyi va Naziriy ijodida uchravchi soqiynoma mavzuidagi tarje’band va tarkibbandlar ham to’liq isbotlydi.

Soqiynomaning hajmi ham har xil, goho uning hajmi ikki ming baytgacha yetishi mumkin, masalan Zuhuriy “Soqiynoma”si ikki ming baytdan iborat. Soqiynomalar xamriyalar zaminida yaratilgan va ularda may vasfi yetakchi o’rinda turadi, umuman, eng yaxshi soqiynomalar Rudakiy va Manuchehriy ijodiga mansub. Dastlabki soqiynomalar masnaviy tarzida bo’lib, xususan, Iskandar haqida masnaviy (doston)lar, Firdavsiy “SHohnoma”sining Iskandarga oid qismi, Nizomiyning “Iskandarnoma”, Dehlasviy (1253–1325)ning “Oinai Iskandariy”, Hojuyi Kirmoniyning “Xumoy va Humoyun”, Jomiyning “Xiradnomai Iskandariy” va boshqalar Shular jumlasidasndir. Yuqorida ta’kidini topgan masnaviy dostonlarni yoki Shu xilda boshlanuvchi dostonlarni mug’anniynoma ham deb atashgani ma’lum. Mustaqil doston shaklidagi soqiynomalar ham bor, Shunday ijodkorlardan biri Umidiy Tehroniy (vafoti 1522) hisoblanadi. Soqiynomalarning asosiy mavzui olamning bevafoligi, soqiy vasfi va may madhidan iborat bo’lib, jamiyat taraqqiyotiga to’siq yoki qarshi turuvchi jami illatlar ayovsiz tanqid ostiga olingan.


Turkiy adabiyotga soqiynoma janri ham Navoiy ijodi bilan birga kirib keldi. “Favoyid ul-kibar” devonidagi kichik dostonga qiyoslash mumkin bo‘lgan soqiynoma hajman 458 baytdan iborat bo‘lib, Navoiy yashagan davrdagi tarixiy shaxslar, davr muammolari, eng avvalo, Navoiy shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘zida aks ettirganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Kulliyotga kiritilgan yana bir yirik janr qasida bo‘lib, hajman 91 baytdan iborat. Qasida 1469-yilning 14-aprelida ramazon hayiti kuni yozib tugallangan va Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda shohga taqdim etilgan. Qasida Navoiyning yoshlik lirikasi mahsuli bo‘lsa-da, shoir kulliyotning shakliy jihatlarini hisobga olib, uni uchinchi devoni “Badoye’ ul-vasat”ga kiritadi. Qasida shoirning avvalgi rasmiy devonlariga kiritilmaganligidan uni Navoiy keyinchalik qayta ishlagan va hozirgi tugal holatga keltirgan bo‘lsa kerak degan taxmin kelib chiqadi. Qasidaning “Hiloliya” deb atalishiga sabab, shoir Husayn Boyqaroning taxtga o‘tirishini yangi chiqqan oy – hilolga qiyos qiladi.
Qasida. Alisher Navoiyning o’zbek tilida yozgan mashhur qasidasi "hiloliya" deb atalib, u 1469 yilda Sulton husayn Boyqaroning taxtga chiqish marosimi munosabati bilan unga (shohga) taqdim etilgan. qasida yangi oy -hilolning tasviri bilan boshlanib, koinot sayyoralaridan Bahrom (Mars), Atorud (Merkuriy) kabilar, tuqko’z falaklardan so’z yuritiladi. qiziq bir tasvir bor, u ham bo’lsa, shoir xayolan Atorud bilan SHoh Abulg’ozi Sulton husayn haqida mushoiraga kiradi va o’z madhiya bayti bilan "Atorudni xijil" qiladi, parivash do’sti va Sulton husaynning ham baytlar bitganliklarini tasvirlaydi. Shundan so’ng Sulton husayn Boyqaro madhi beriladi:
Qaysi shoh ulkim, azaldin haqqa ul ermish murod,
Xalq qilmoqqa salotin gavharining xilqatin:
SHoh Abulg’ozi saodat axtari Sulton husayn
Kim quyoshni zarra der ko’rgan sipehri hashmatin.
SHoir Sulton Husayn Boyqaroning sifat va fazilatlarini madhiya qasidalari talablariga muvofiq tarzda tasvirlaydi va unga uzoq umr, yangi-yangi zafarlar tilab tugatadi.
"Xazoyin ul-maoni"dagi boshqa janrlar ham Alisher Navoiy shoirlik dahosining mahsuli sifatida ham mazmun va mavzu hamda badiiylik jihatidan ibrat va namunadir.
Qasida arabcha so’z bo’lib, maqsad va niyat ma’nolarini ifodalaydi, arab, fors-tojik va turkiy xalqlar adabiyotida keng tarqalgan nazm nav’laridan biri hisoblanadi. Islomgacha bo’lgan johiliya davri (475–622) arab asdabiyotida hamda islom dinining kirib kelishining ilk davrida qasioda ancha rivoj topgan adabiy janrlar sirasiga taallluyqlilik kasb etadi. Qasidaning o’ziga xos alohida yo’nalishi fors-tojik adabiyotida kuzatiladi, ayniqsa, IX –X asrlar adabiyotida bu holat ancha e’tiborli bo’lib, Rudakiy ijodida uning ajoyib namunalari ko’zga tashlanadi. Islomgacha bo’lgan fors-tojik adabiyotida bir qism manzumalarni chokoma (chokomak, chog’oma) atamasi ila yuritishgani ma’lum. Arab adabiyotining qasidanavislik an’analari fors-tojik adabiyotiga ta’siri Shubhasiz bo’lganidek, turkiy adabiyotga har ikki adabiyot namoyandalari qasidanavislik an’analarining ta’sirlarini zinhor inkor etib bo’lmaydi. Shu o’rinda bir oz chekinish qilsak, maqsadga muvofiq bo’ladi, nega sosoniy(224–651)lar sulolasi hukmronligi davri adabiyotining arab va boshqa xalqlar adabiyotiga ta’sirini nechundir ko’pincha unutib qo’yamiz. Vaholanki sosoniylar davri adabiyoti o’ziga xos jihatlarni namoyon etadi, qolaversa ular kata hududda humronlik qilganini ham unutmaslik lozim.
Endi fors-tojik adabiyotida qasida shakllari va ko’rinishlari xususida, masalan qasidaning baytlar miqdori 15 baytdan 120 baytgacha, hatto 200 baytli qasidalar ham mavjudligi kuzatiladi. Qasidaning qofiyalanishi aa, ba, va, ga va Shu tarzida, uning ilk baytini matla’ مطلعه oxirgi baytini maqta’ مقطعه deyishadi, qasidaganing sharti unda yaxshi husni matla’ مطلعه حسن va husni maqta’ مقطعه حسن bo’lishi talab qilinadi. Basharti qasidaning baytlar miqdori oddiy mezondan, ya’ni 30 – 40 baytdan o’tsa, yangi matla’ qo’llash mumkin, uni tajdidi matla’ (yahgi matla’) deyishadi, shoir bunda mavzuga ham o’zgarishlar kiritishi mumkin. Qasidaning birgina qofiyasining o’zi bilan bog’liq jihatlari ham diqqatlidir, chunonchi, Shunday qasidalar borki ularning barcha misralari o’zaro qofiyadosh bo’ladi. Bu xil qasidalar tamommatla’ deb ataladi, uning namunasi sifatida islomgacha bo’lgan adabiyotdagi “Surudi otashkadai Karko’y”ni misol tariqasida ko’rsatish mumkin. Qasidalar o’z qurilishi jihatidan ikki xil bo’ladi, ya’ni mukammal va muqtazab (kesilgan yoki kesib olingan) qasidalardan iborat. Mukammal qasidalarda tashbib yo nasib, madh, faxriya, talab va duo kabi muqaddimalar to’liq ishtirok etadi, muqtazab qasidalarda esa shoir qasidani mutlaq an’anaviy debochalarsiz boshlaydi, birdaniga asl maqsadga o’tib boriladi. Fors-tojik adabiyotida qasidaning mavzu, mazmun, mundarija va shakl jihatidan turli nav’lari vujudga kelgan, ularni quyidagi guruhlarga taqsdimlash mumkin: 1) Qasidai madhiy, bu xil qasidalar ma’lum shaxs madhiga bag’ishlanadi, aksar shohlar, amirlar, hukmronlar madh etiladi, Shuningdek, shamshir, o’q, kamon va nayza ta’rifiga qaratiladi. Fors-tojik adabiyoti namoyandalaridan Uhsuriy, Farruxiy (980–1037), Manuchehriy Domg’oniy, Anvariy (1090–1166) va boshqalar madhiya qasidaning ustodlaridan hisoblanishadi. 2) Qasidai holi shikoyati – ahvol shikoyatiga bag’ishlangan qasida shakli, ya’ni shikviiya, unda shoirning zamondan shikoyati, hayot ziddiyatlari, jahon g’alamizliklari, hayotning ma’lum lahzasi tasviri, yoshlikning umrining o’tishi, zindon azoblari, qarindosh-urug’, oiladan, farzandlardan yiroqda bo’lish, umuman, ayriliq, firoq azoblari tasvirlangan. Rudakiyning “Qarilikdan shikoyat” va Mas’ud Sa’d Salmon qasidalari Shu xil qasidalarning eng ajoyiblari hisoblanadi. 3) Hajviy qasidalar – qasidai hajviya ma’lum shaxs hajv qilinadi, bu xil qasidalar XI–XII asrlarda ancha rivojlandi. Ayniqsa, saroy shoirlari o’z mamduhlarining dushmanlarini, muxolivlarini, Shuningdek, shaxsiy raqiblarini ta’na-ma’limot va la’nat so’zlari bilan hajv qilishgan. Shunday shoirlardan biri X asrda yashab o’tgan shoirlardan Munjik Termiziy bo’ladi, Shuningdek, So’zaniy Samarqandiy, Muizziy Nishopuriy, Anvariy ijodida hajviy she’rlar uchraydi. 4) Falsaviy-irfoniy qasidalar, bunda falsaviy yoki irfoniy g’oyalar ifodalanadi, bu xil qasidalarning ilk namunalari X asr shoiri Kisoiy Marvaziy ijodida uchraydi. Keyingi XI–XII asrlardan e’tiboran bu xil qasidalar ancha rivoj topdi, chunonchi, shoirlardan Nosir Xusrav, Sa’diy SHeroziy, Xoqoniy, Jomiylar falsaviy mavzularda qasidalar ijod qildi. 5) Qasidai bahoriya, bahor faslining chiroyi, zeboligi, go’zalligi tarannum etiladi, XI asr shoirlaridan Unsuriy, Farruxiy, Manuchehriylar ijodida ushbu mavzu yetakchilik qiladi. 6) Qasidai faxriya, bu xil qasidalar to’liq ravishda yoki uning muqaddimasida shoir o’zining sifatlari, fazilatlari, ilmi, san’ati haqida iftixor tuyg’ularini ta’riflaydi. 7) Diniy-mazhabiy qasidalar, ya’ni Hamd, Munojot, Na’t. 8) Qasidai masnu’ – bu xil qasidalarning har bir bayti ma’lum she’r san’atiga moslab yoziladi, bu shaklparastlikdan iborat qasida turi XII asrda taomilga kirib, Qavoviy Mutarriziy degan shoir ixtirosi hisoblanadi. 9) Qasidai axloqiy – odob-axloq mfvzuidagi qasidalar, bunda shoir o’zining axloqiy va tarbiyaviy, pand-nasihat, Shuningdek, o’gitnamo fikrlarini ifodalaydi. Ana Shu xil qasidalarning ilk ko’rinishlari X asr shoirlarldan Rudakiy va Kisoyi ijodida uchraydi, keyinchalik qasidaning bu shakli Nosir Xusrav, Sanoyi, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Hofiz va Jomiy ijodida rivojlanish ccho’qqisioga yetdi. Xoqoniy qasidasiga payrav qilingan Dehlaviyning “Daryoyi abror”, Abdurahmon Jomiyning “Lujjat-ul-asror”, Alisher Navoiyning “Tuhfat-ul-afkor” asarlari axloqiy-tarbiyaviy qasidalarning yetuk namunalari hisoblanadi.
Ijtimoiy-siyosiy, maishiy hayotning ta’sirida qasidalarning mazmuni va mundarijasida o’zgarishlar ro’y berdi, bu esa shoirlarning axloqiy fikrlarni targ’ib qilishlariga yo’l ochdi. Ammo hozirgi zamon adabiyotimizda qasida yo’q, chunki bunga zarurat sezilmaydi, uning shakl jihatdan taraqqiyotiga sharoit tugagandek go’yo! Aslida esa Erkin Vohidovning “O’zbegim” she’ri qasidaning zamonaviy eng yaxshi namunasi bo’la oladi.



Download 473.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling