Tayanch tushunchalar: navoiyShunoslik, an'anaviylik, ravza, tazkira, risola, qasidai masnu', muvashshah, akademik nashr, mukammal asarlar to`plami, to`la asarlar to`plami, ilmiy-tanqidiy matn
1-topshiriq. Savol va topshiriqlar:
Alisher Navoiy ijodiga uning hayotlik chog`idayoq qiziqish paydo bo`lganining sababi nimada deb o`ylaysiz?
NavoiyShunoslikning tadrijiy taraqqiyotini qanday bosqichlarga bo`lib o`rganish mumkin?
Hazrat Navoiyning qaysi asarlarida o`zi bilan bog`liq ma'lumotlar bayon etilgan?
Navoiy haqida zamondoshlari tomonidan yozilgan yoki zikr etilgan asarlar nomlarini ayting.
G`arb adabiyotShunoslari Navoiyni dastavval tarjimon-shoir sifatida taniganlari sababini qanday izohlash mumkin?
Zamonaviy g`arb navoiyShunoslaridan kimlarni bilasiz?
Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida so`zlab bering.
Navoiy hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar beruvchi qanday asarlarni bilasiz?
Samarqandga ketar chog`ida Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasherga yozgan masnaviysida “Xamsa”ni o`ttiz oyda yoza olishini aytadi. Bu holatni qanday baholagan bo`lardingiz? Navoiy bunday da'vo qilishga haqli edimi?
Sayyid Hasan Ardasherga yozilgan masnaviy matniga tayanib, Alisher Navoiyning Samarqandga ketish sabablarini aytib bering.
Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatida amalga oshirgan ishlari haqida to`xtaling.
Hazrat Navoiyning haj safaridan qolishiga qaysi voqealar sabab bo`ladi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. – T.: Akademnashr, 2011.
Yusupova D. O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti (Alisher Navoiy davri). O‘quv qo‘llanma. – T.: TAMADDUN, 2016.
Is`hoqov Y. Navoiy poetikasi. – T.: Fan, 1983.
Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo’stoni. – T.: 1981.
Xondamir G’iyosiddin. Makorim ul-axloq. – T.: 1967
Bobur. Boburnoma.
Shoh va shoir: Husayn Boyqaro (nashrga tayyorlovchi A.Erkinov). – T.: 1993.
Navoiy zamondoshlari xotirasida. – T.: 1985.
Do'stlaringiz bilan baham: |