1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


Quloqda asra garonmoya so'zniyu fikr et


Download 473.81 Kb.
bet25/46
Sana23.09.2023
Hajmi473.81 Kb.
#1686555
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Quloqda asra garonmoya so'zniyu fikr et
Ki, dursiz o'lsa, ne bo'lg'usidur sadaf holi.


So'zungni dag'i ko'ngul ichra asrag'ilkim,hayf
Kim, uyla durjni guhardin etkasen xoliy.


Bu durju ikki sadafni to'la dur etkanga,
Zihiy uluvvi guhar, balki gavhari oliy.
2) muayyan davr voqea-hodisalari hamda u yoki bu guruh vakillari faoliyati haqidagi qit'alar:
Falon kotib ar xatni mundoq yozar,
Bu mansabdin ani qo'parmoq kerak.


Yuzin nomasidek qora aylabon,
Qalamdek boshin dag'i yormoq kerak.
Kulliyotdagi qit'alarda ularning g'oyasini ifodalovchi sarlavhalar qo'yilgan. Masalan, yuqoridagi qit'a matnni xato ko'chiruvchi kotiblar haqida bo'lib, uning sarlavhasi quyidagicha:

"G'alat bitir kotib bobida qalam surmagu qorasining g'alatin yuziga kelturmak".
Mumtoz she'rShunoslik mezonlariga ko'ra, qit'ada taxallus qo'llanilishi shart bo'lmagan. Lekin Navoiyning ayrim qit'alarida, xususan, hajmi 7 bayt va undan ortiq bo'lgan qit'alarda shoir taxallusi keltirilgan. Masalan, "G'aroyib us-sig'ar"dan 7-raqam ostida o'rin olgan va "Qanoat naqshining ifshosiyu naqehbandiya tariqining adosi" deb sarlavha qo'yilgan qit'a 11 baytdan iborat bo'lib, uning so'nggi baytida quyidagicha taxallus keltirilgan:
Bu ohang ila bo'lg'asen naqshband,
Navoiy, agar yetsa navbat sanga.
Navoiy qit'alarida taxallus ba'zan birinchi baytda keltirilganligini ham kuzatish mumkin:

Ey Navoiy, olam ahlida tama'siz yo'q kishi,
Har kishida bu sifat yo'qtur, anga bo'lg'ay sharaf.


Sen agar tarki tama' qilsang, ulug' ishdur bukim,
Olam ahli barcha bo'lg'ay bir taraf, sen bir taraf.
("Badoyi' ul-vasat", 43-qit'a)
Qit'alar ba'zan aa, bb, dd tarzida ham qofiyalanishi mumkin. "Xazoyin ul-maoniy"ga kiritilgan 210 qit'adan 6 tasi aynan Shu tarzda qofiyalangan. ("G'aroyib us-sig'ar"dagi 41-qit'a; "Ba­doyi' ul-vasat"dagi 3-, 18-, 52-qit'alar, "Favoyid ul-kibar" dagi 42-, 44-qit'alar). AdabiyotShunoslikda ularni qit'adan ko'ra masnaviy deb atash to'g'riroq, degan fikr bildirilgan (Y.Is'hoqov).
"Badoyi' ul-vasat"dagi 18-qit'aning qofiyalanishi quyidagicha:
Biyik himmatlik elga arzi hol et, a
Zamiri nurposh eldin savol et. a
Ki bor abri bahori gavharafshon, b
Choqin ham olam ahlig'a zarafshon, b
"Xazoyin ul-maoniy"da ruboiy janrining ham o'ziga xos o'rni bor. Ruboiy (ar. "to'rtlik") ikki baytdan iborat mustaqil she'r bo'lib, dastlab fors-tojik she'riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bo'lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud. Ruboiyning 2 xil turi bor:

Download 473.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling