1-modul: Avtomobil yo’llari qurilishining nazariy asoslari №1 Mа’ruzа Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar (1)
n
Ei E n i r o , 1 ) ( ' n E E a n l i r o i l Avtomobil yo‘llarini qurishda atrof muhit muhofazasi. Yangi avtomobil yo’llarini qurish yoki mavjudlarini rekontsruktsiya qilish loyihalari RD 119.0027714-24-93 ga muvofiq atrof-muhitga ta’sirini baholash muolajasi (OVOS) o’tkazilganidan so’ng amalga oshirilishi zarur. I va II toifali avtomobil yo’llari (avtomagitsrallar va tezkor yo’llar) qurilishida OVOS to’liq hajmda amalga oshiriladi. Qolgan toifali yo’llar uchun esa atrof-muhitga ta’siri haqida bayonotnoma (ZVOS loyihasi) ishlab chiqilishi shart. Ushbu bayonotnomani tasdiqlash jarayonida O’zbekitson Respublikasi Davlat tabiat qo’mitasi tomonidan loyihada ekologik ishlarni kuzatish shakli va hajmi belgilanadi. Atrof-muhitga ta’sirini baholash va holatini bashorat qilish avtomobil yo’llarining u yoki bu toifasiga qo’yiladigan umumiy va aniq ekologik talablarga asoslanishi kerak. Yo’l atrofdagi tabiiy landshaftga organik uyg’unlashib ketishi zarur. I va II toifali avtomobil yo’llari aholi punktlarini aylanib o’tishi va bunda havoni ifloslanishi nuqtai nazaridan yilning eng yomon davrida shamolning utsivor yo’nalishi hisobga olinishi kerak. Avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamayishiga erishish maqsadida III va IV toifali yo’llar (shuningdek aholi punktlari ichidagi yo’llar) optimal tezlikdagi transport oqimi harakatini eng yaxshi tashkil etish imkoniyatini yaratish nuqtai nazaridan kelib chiqib hisob- kitob qilinishi va o’tkazilishi kerak. Yo’l poyi, ko’prik o’tkazgichlar, mashinalarni yuvish joylari, texnik xizmat ko’rsatish tsantsiyalari va boshqa joylarda to’planadigan ifloslangan oqava suvlar tozalash qurilmalari yoki bug’lanish maydonlariga chiqarib yuborilishi lozim. Yo’llar suv oqimlarining gidrologik rejimini buzmasligi, oqmas suv havzalari va suv bosgan hududlar hosil qilmasligi kerak. Transport oqimining shovqin darajasi sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo’l atrofidagi hududga ko’rsatiladigan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo’l bo’yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo’lgan yashil daraxtlardan himoya mintaqasi yaratilishi kerak. Avtomobil yo’llari qurilishi jarayonida buzilgan erlar qayta tiklanishi lozim. I va II toifali yo’llar yovvoyi hayvonlar, parrandalar va suvda yashovchilarning hayoti va ko’payishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini hisobga olib loyihalanishi kerak. Bog’lanmagan tuproqli (sahrolar) va tez-tez shamol bo’lib turadigan joylarda tuproq yuzasining barqaror holati buzilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. OVOS tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek ZVOS loyihasini tuzishdagi hisob, baholash va bashorat qilish ma’lumotlari “O’zbekitson Respublikasi Davlat tabiat qo’mitasi tizimida amal qiluvchi huquqiy va me’yoriy hujjatlar ko’rsatkichi”da berilgan O’zbekitson Respublikasi Davlat tabiat qo’mitasi tizimida amal qiluvchi me’yoriy va uslubiy hujjatlarga asoslanishi zarur. Qo’shimcha tarzda entsiklopedik va tarixiy xarakterdagi materiallar, turli vazirliklar, muassasalar va tashkilotlarning ekologiya sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalari va tsatitsik ma’lumotlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling