1-modul: Avtomobil yo’llari qurilishining nazariy asoslari №1 Mа’ruzа Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ob’ektli oqim
- Texnologik karta
Yakka oqim - inshootning biron-bir bitta elementini bajaradi, masalan, asosning
qo’shimcha qatlami, asos yoki qoplama yoki hatto qoplamaning bir qatlami yoki yo’l poyini qurishdagi ayrim ishlar. Ixtisoslashtirilgan oqim -yo’l yoki inshootning, masalan, yo’l poyi, yo’l to’shamasi kabilarning bir qismi ko’rinishidagi umumiy qurilish mahsuloti bilan birlashtirilgan yakka oqimlarning yig’indisidir. Ob’ektli oqim - ixtisoslashtirilgan (yo’l poyi, quvurlar, ko’priklar, yo’l to’shamasi qurilishi bo’yicha) oqimlarning yig’indisi bo’lib, avtomobil yo’lining to’liq tugallangan uchatskasi ularning birgalikdagi mahsuloti hisoblanadi. Har bir yakka oqim alohida qamrovlardan iborat bo’lib, ularda ixtisoslashtirilgan bo’linmalar - mashinalar zvenosi - ma’lum ish jarayonlari va operatsiyalarini bajaradi. Qamrov- ixtisoslashtirilgan mashinalar zvenosi berilgan ish jarayoni yoki ish operatsiyasini yoki ularning texnologik jihatdan bo’linmas majmui bajariladigan yo’l masofasini ishg’ol qiladigan ishlar uchatskasidir. Yakka oqimning unumdorligi uning smenadagi tezligi bilan, ya’ni smena qamrovining uzunligi bilan belgilanadi.Smena qamrovining uzunligi, shunga muvofiq butun oqimning ham tezligi zvenodagi mashinalarning unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi. Oqimlarning tarkibi va tezligini tayinlash uchun loyihalarda andozaviy texnologik kartalar va ishlarning kalendar jadvali bo’lgan qurilishni tashkillashtirish bo’limlari beriladi (POS). Texnologik karta- berilgan yo’l inshooti yoki elementini qurish uchun zarur bo’ladigan jarayonlar texnologiyasini bayon qiladigan loyiha hujjatidir. Texnologik jarayonlar sifati va ularni ishonchliligi Avtomobil yo’llarining ishonchliligideganda yo’lning me’yoriy xizmat muddati mobaynida harakatni (berilgan foydalanish ko’rsatkichlari bilan) ta’minlab berishi tushuniladi. Ishonchlilik nazariyasida boshlang’ich buzilmasdan ishlash, ta’mirtalablik, xizmat muddati, rad etish (otkaz) larni farqlash qabul qilingan. Avtomobil yo’lining boshlang’ich buzilmasdan ishlashi deganda qurilish tugallanib, yo’l foydalanishga topshirilgan vaqtda yo’lning haqiqiy ko’rsatkichlari talablarga javob berishi tushuniladi, ya’ni tsatik nazorat usulida belgilangan o’rtacha qiymatdan chetga chiqish yo’l qo’yilgan qiymatdan ortmaydi, notsatik nazorat usulida esa farqi SNiP “ishlarni tashkil qilish, bajarish va qabul qilish” yoki boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilanganidan oshmaydi. Avtomobil yo’lining ta’mirtalabligideganda tegishli ta’mirlash ishlarini amalga oshirish orqali uning ish qobiliyatini tiklash imkoniyati tushuniladi. Avtomobil yo’lining xizmat muddatideganda yo’l topshirilgan vaqtdan boshlab uni qayta qurishgacha bo’lgan davr tushuniladi. Bu davr mobaynida yo’lning ishi avtomobillarning hisobiy oqimi harakatida berilgan parametrlar bilan ta’minlangan bo’ladi.Ishonchlilik nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri rad etishbo’lib, yo’lning ish qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotishidan iborat bo’lgan hodisadir.Rad etish jiddiy nuqsonlar natijasida vujudga keladi. Rad etish to’satdan vaatsa-sekin, to’liq va qisman, ochiq va yopiq holda bo’ladi. Yo’l to’shamasining rad etishi (VSN 46-83) amaldagi me’yorlarda belgilangan muddatdan ilgari mukammal ta’mirlash talab qilinadigan yo’l holati hisoblanadi. Rad etish tushunchasini hisobga olgan holda ishonchlilik - yo’l to’shamasining mukammal ta’mirlashlar o’rtasidagi butun davr mobaynidagi to’xtovsiz ishlash ehtimolidir.Yo’l to’shamasining holati mutsahkamligi, ravonligi, g’adir-budurligi bilan tavsiflanadi. Eng ko’p xarajatlar yo’l to’shamasining mutsahkamligini ta’minlash bilan bog’liq (ravonligi va g’adir- budurligini ta’minlashga ketadigan xarajatlarga nisbatan). Yo’l to’shamasining mutsahkamligi bo’yicha ishonchlilik darajasini miqdoriy aniqlash uchun bog’liqligidan foydalaniladi Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling