Allalarning janriy tabiati mavzusida


Download 1.29 Mb.
Sana25.10.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1722127
Bog'liq
Allalarning janriy tabiati


Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 1- kurs (612-23)103- guruh talabasi Bahroilova Xolidaning “Allalarning janriy tabiati mavzusida”
mavzusida tayyorlagan taqdimoti
Abu Ali ibn Sino o‘zining mashhur «Tib qonunlari» kitobida bola tarbiyasida allaning ahamiyati to‘g‘risida shunday yozadi: «Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun, unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil bo‘ladi».
Alla — beshik qo‘shig‘i, u xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham keng kuylangan. Bolani yo‘rgaklash, beshikka solish, uxlatish, uyg‘ongan bolani yo‘rgakdan yechib olish singari mashg‘ulotlar kuylar, chiroyli ohangdor so‘zlar bilan bezalgan bo‘ladi… Bunday dilni erkalovchi qo‘shiqlar bolaga ham xush yoqqan – ana shu she’riy to‘qimalar turli voqealarga, ayrim marosimlarga bog‘lab aytilgan bu qo‘shiqni alla qo‘shiqlari deyishgan.
Alla-bolalar folklori janri sifatida dunyo xalqlari adaboyotida fikr, mulohazalar yetarlicha. Bu janr o‘zbek bolalar folklori janri sifatida ham bir qancha tadqiqodchilarimiz tomonidan o‘rganilib, o‘ziga xos tavsiflarga ega bo‘lgan. Shuningdek, professor To‘ra Nafasof allalarning tuzilishi xususida so‘z yuritar ekan, allalar xalq qo‘shiqlarinnng bir janri sifatida o‘ziga xos tuzilishga ega ekanligini ta’kidlaydi. Professor To‘ ra Nafasovning fikriga ko‘ra allalarning bandi miqdori turlicha. Eng kichigi ikkiliklardan iborat. To‘rtliklar allalarning asosini tashkil etadi. Beshlik, oltilik, sakkizlik va undan ko‘p misrali allalar ham mavjud. Hatto 20 misralik allalar ham yozib olingan. Ko‘rinadiki, allalarning misralarida cheklanish, deyarli, yo‘q.
Allalarning miqdori allachining holati, kayfiyati, bilag‘onligi, zukkoligi, donoligi, she’riyatga munosabati kabi qator omillarga bog‘liqdir. To‘rtliklar shaklidagi allalar tuzilish jihatidan xalq qo‘shiqlariga o‘xshab ketadi. O‘xshash deyish albatta shartlidir, ya’ni faqat misralarning miqdorida bir xillik bor. Mazmunan tubdan fardlanadi, aytuvchilari ham, yaratuvchilari ham o‘zga-o‘zga shaxslar, aytilish makoni va zamoni ham farqli. To‘rtliklarning 1-2-misralarida onaning falsafiy va hayotiy mulohazalari, tabiat va jamiyat haqidagi kuzatuvlari natijasi, turli-tuman fikrlari aks etgan bo‘ladi.
To‘rtlik allalarning ana shu boshlanish qismi qo‘shiqlar misralaridagi fikrga, ohangga mos. Ammo so‘nggi 3-4-misra bola haqidagi fikrlar: istak, orzu, umid, niyat, tilak, xohish, kelajak rejalari va shunga o‘xshash mazmundagi misralar bilan ifodalanadi.
Bu qismning mundarijasi qatiy, faqat farzand tasviri.
Allaning maxsuslanishi ana shunda namoyon bo‘ladi:
Osmonlarda uchar qush, alla,
Uchar qushning yo‘li bo‘sh, alla,
Uxlab yotsang allangda, alla,
Onang ko‘ngli bo‘lar xush, alla.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT)
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling