Tadbirkorlik entrepreneurship va pedagogika and pedagogy


Download 133.43 Kb.
bet1/2
Sana22.02.2023
Hajmi133.43 Kb.
#1221415
  1   2
Bog'liq
Aminova Madina


DENOV DENAU INSTITUTE OF
TADBIRKORLIK ENTREPRENEURSHIP
VA PEDAGOGIKA AND PEDAGOGY
INSTITUTI
190500, Denov t., Sh.Rashidov ko'chasi 360. Tel. : +998956507757 . E-mail:
info dtpi@edu.uz
№_______________ Denov tumani _____________2023-yil
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti
O’zga tilli guruhlarda rus tili ta'lim yo'nalishi II bosqich talabasi
Aminova Madina Dmitriyevnaga
TAVSIYANOMA
Aminova Madina Dmitriyevna 2021 yilda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zga tilli guruhlarda rus tili ta’lim yo'nalishiga to’lov shartnoma asosida o'qishga qabul qilindi. Hozirda institutining 2-bosqich talabasi sifatida o'qib kelmoqda. O'qishi mobaynida o'zining zukkoligi, tirishqoqligi, tashabbuskorligi, vatanparvarligi, fidoiyligi, jonkuyarligi, innovatsion g'oyalari bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelmoqda. Unga yuklangan har bir ishga mas'uliyat bilan yondashadi va institut jamoat ishlarida faol qatnashadi.
Aminova Madina Dmitriyevna innovatsion g'oyalar asosida ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlanishlari natijasida Respublikamizda hamda xorijiy davlatlarda ilmiy konferensiyalar va jurnallarda ilmiy maqolalari va tezislari chop etilib kelinmoqda.
Mehnatlari samarasi u bir nechta diplom, sertifikat va faxriy yorliqlarga ega bo’lgan, jumladan:
2023-yil 17-fevralda “РУССКАЯ ОРФОГРАФИЯ” onlayn-testdan muvaffaqiyatli o’tib maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2023-yil 10-fevralda filologiya fakuteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi etib tayinlandi.
2023-yil 12-yanvarda yoshlar yetakchisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari etib tayinlandi.
2023-yil 12-yanvarda “Chag’oniyongazetasida “Tinchligimiz Kafolati” nomli maqolasi chop etildi.
2022-yil 9-dekabrda “Denov Ovozi” gazetasida “Konstitutsiya- Erkin Va Farovon Xayotimiz” nomli maqolasi chop etildi.
2022-yil 6-mayda “9-may Xotira va qadirlash ” kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida faol ishtirok etgani uchun maqtov yorlig’i bilan taqdirlangan.
2022-yil 2-aprelda “Литературный Ринг” nomli konkursda faol ishtirok etgani uchun diplom bilan taqdirlangan.
2022-yil 25- mart kuni institutda bo’lib o’tgan “Знатоки Русского Языка” intellektual tanlovda faxrli 2-o’rinni egallaganligi uchun institut rektori tomonidan diplom bilan taqdirlangan.
2019-yil 5-mart kuni namunali xulqi, a’lo baholari hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilotidagi faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Aminova Madina Ditriyevna olib borayotgan ilmiy izlanishlari va ijodiy ishlari mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qo'shadi. Talabani "Viloyat hokimi stipendiyasi "ga munosib nomzod deb hisoblaymiz hamda tavsiya etamiz.



Download 133.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling