India international scientific online conference the theory of recent scientific research in the field of pedagogy


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1440195
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Suyunov G’olib



INDIA INTERNATIONAL SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE 
THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY 
92 
MOLLYUSKALARNING KELIB CHIQISH TARIXI SISTEMATIKASI 
Suyunov G’olib 
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti 
Tabiiy fanlar kafedrasi biologiya fani o’qituvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada mollyuskalarning kelib chiqish tarixi ularning yashash 
sistematikasi turlari, Paleontologik konservatsiya, mollyuskaning turlari, hozirgi kunda kuzatilishi
ajdodlari, Mollyuskalarning Malakologik Jamiyati haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so’zlar: Malakalogiya, qon aylanish sistemasi, nafas olish, nerv sistemasi, hayvonot dunyosi, 
primitive, nevrologiya, akvakultura. 
Abstract: In this article, the history of the origin of molluscs, their habitat types, paleontological 
conservation, types of molluscs, their observation today, their ancestors, and the Malacological Society of 
Molluscs are discussed. 
Keywords: Malacology, circulatory system, respiration, nervous system, animal world, primitive, 
neurology, aquaculture. 
Абстрактный: В данной статье обсуждаются история происхождения 
моллюсков, типы их местообитаний, палеонтологическая охрана, виды моллюсков
наблюдение за ними сегодня, их предки, Малакологическое общество моллюсков. 
Ключевые слова: Малакология, система кровообращения, дыхание, нервная 
система, животный мир, примитив, неврология, аквакультура. 
Kirish qism 
MOLLYUSKALAR (lot. Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, 
bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashqari). Tanasi mantiya deb 
ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi 
boʻladi. Bu boʻshliqda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orqa chiqaruv va 
jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida 
chigʻanoq hosil qiladi. Chigʻanoq tanani himoya qilib turadi. Harakat organi tananing qorin 
tomonidan hosil boʻladigan yassi yoki ponasimon yagona oyoqdan iborat. Ikkilamchi tana 
boʻshligʻi gʻovak biriktiruvchi toʻqima bilan toʻlgan; selom va uning qoldigʻi yurakoldi 
xaltasi (perikardiy) ni va jinsiy bezlar atrofidagi boʻshliqni hosil qiladi. Qon aylanish 
sistemasi tutashmagan; qon tomirlardan, hamda tana boʻshligʻi qoldiqlari— lakunlar va 
sinuslar orqali oqib oʻtadi. Yuragi qorincha va boʻlmacha deb ataladigan 2 yoki 4 ta 
kameradan iborat. Nafas organlari ktenidiy deb ataladigan jabralardan, quruklikda va 
koʻpchilik chuchuk suvda yashaydigan Mollyuskada oʻpkadan iborat. Ayirish organi 
halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga oʻxshash tuzilgan bir juft naysimon 
buyraklardan tashkil topgan. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb 
ataladigan mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Nerv sistemasi koʻpchilik Mollyuskada tananing 
turli qismida joylashgan 3 yoki 5 juft nerv tugunlaridan iborat. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling