1. Oila-davlat va jamiyat ardog‘ida. Bola tarbiyasida oilaning o‘rni haqida mutafakkirlarning ta’limoti


Download 260.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi260.32 Kb.
#1365035
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu maktabgacha ta’lim muassasasi va oila hamkorligi reja I.



MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI VA OILA 
HAMKORLIGI 
Reja: 
I.Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila. 
II.Asosiy qism: 
1.Oila-davlat va jamiyat ardog‘ida. 
2.Bola tarbiyasida oilaning o‘rni haqida mutafakkirlarning ta’limoti. 
3.Maktabgacha ta’lim muassasasining ota-onalar bilan hamkorligidagi 
ishining mazmuni va usullari. 
4.Oilada bola tarbiyasiga qo‘yiladidan shartlar.
III.Xulosa. 
IV.Foydalanilgan adabiyotlar 


Kirish
 
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi 
ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi 
e’tirof etildi. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan 
boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va 
rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish mamlakatda olib borilayotgan ta’limiy 
islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi. 
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini 
hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va 
maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining 
ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev 
e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 
16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy 
jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish 
bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda 
uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi 
“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi 
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli 
Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi - 
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan. Mazkur 
sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim 
sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarining 
bolalar 
huquqiy 
savodxonligini 
shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol 


avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi 
ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2016 
YIL
29-dekabrdagi 
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tiziminiyanada takomillashtirish 
chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni 
amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola 
huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator 
islohotlar amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha 
ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PF-5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh bolalarni 
milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida 
tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni 
yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga 
qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi 
fikrlar ilgari surilgan. 
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq, 
vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni 
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy-ahloqiy talablarga 
javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy maqsad 
qilib qo‘yilgan: kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatida ham insonni 
intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish 
nazarda tutiladi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh 
qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan. 3-bandida milliy o‘zlikni anglashning 
o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun g‘urur urf odatsining 
shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning 
intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan. 


Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish, maktabgacha ta’lim muassasalari 
tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning pedagogik 
asoslarini yaratish o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini 
ko‘rsatmoqda. 
Hozirgi davr, ya’ni “miliy o‘zlik”ni anglashning o‘sib borishi yosh avlodda - 
ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida shakllanib 
borayotgan milliy urf odatlarni yanada o‘stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi 
hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik 
yo‘nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. 
Milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik urf odatsi zaminida 
shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga 
bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanni sevish, 
yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o‘z vatani tarixi, milliy 
qadriyatlari, o‘zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini 
mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lsa, 
mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi. 
Hozirgi davrda ma’naviyat masalasi mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari 
ishonch bilan borishda shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy 
yo‘nalishlardan hisoblanadi. Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasini 
egallab, kelajak tomon ahillik, birodarlik asosida boradi. Ma’naviyatimizni tiklash 
va rivojlantirishda milliy til va milliy madaniyat, milliy ong, milliy o‘z-o‘zini 
anglash, milliy his-urf odat, milliy g‘urur va g‘ururni o‘stirish muhim o‘rinda turadi. 
Milliy g‘urur - muayyan millatga mansublik va ushbu millat tomonidan jahon 
madaniyatiga qo‘shilgan hissadan faxrlanish, shuningdek, o‘zi mansub bo‘lgan 
millatga sadoqatli bo‘lish hissini tuyish va bu yo‘lda amaliy faoliyat ko‘rsatishdan 
iboratdir. 
O‘zbek xalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni o‘z ifodasini 
topgan. Bizning ozod O‘zbekiston dunyoda madaniyatning barcha sohalarida 


minglab jahonshumul ulug‘ zotlar, allomalar, davlat arboblarini yetishtirib bergan. 
Ular umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda o‘zlarining 
ulkan hissalarini qo‘shganlar. Shuning uchun ham o‘zbek milliy-ma’naviy 
merosi jahon madaniyatining ajralmas uzviy qismidir. 
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari 
hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib qoldirgan 
pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan 
uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik 
fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir. Shu sababli O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari, 
qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar 
tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda. 
Shu jumladan, birinchi yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga milliy 
vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan 
hisoblanadi”. 
Darhaqiqat, yosh avlodlarda ona vatanga muhabbat, milliy g‘ururni 
shakllantirishda avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhim o‘rin 
egallaydi. 
Milliy g‘ururni xususan yosh avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat 
hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning 
samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi. 
Shu bois vatan-urf odatsi, vatanparvarlik hislari, milliy g‘urur, mustaqillik 
g‘oyasi hamda mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish 
maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi. Yuqorida qayd 
etilayotgan bizning Kursni tugatish ishimizda milliy urf odatlarni targ‘ib etishning 
maqsadi, yosh avlodlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim 
muassasalari o‘rni, masalasini tadqiqot obyekti qilib o‘rganishdan iborat. 

Download 260.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling