1-modul: Avtomobil yo’llari qurilishining nazariy asoslari №1 Mа’ruzа Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1008337
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar (1)

Yakka oqim - inshootning biron-bir bitta elementini bajaradi, masalan, asosning 
qo’shimcha qatlami, asos yoki qoplama yoki hatto qoplamaning bir qatlami yoki yo’l poyini 
qurishdagi ayrim ishlar. 
Ixtisoslashtirilgan oqim -yo’l yoki inshootning, masalan, yo’l poyi, yo’l to’shamasi 
kabilarning bir qismi ko’rinishidagi umumiy qurilish mahsuloti bilan birlashtirilgan yakka 
oqimlarning yig’indisidir. 
Ob’ektli oqim - ixtisoslashtirilgan (yo’l poyi, quvurlar, ko’priklar, yo’l to’shamasi qurilishi 
bo’yicha) oqimlarning yig’indisi bo’lib, avtomobil yo’lining to’liq tugallangan uchatskasi 
ularning birgalikdagi mahsuloti hisoblanadi. 
Har bir yakka oqim alohida qamrovlardan iborat bo’lib, ularda ixtisoslashtirilgan 
bo’linmalar - mashinalar zvenosi - ma’lum ish jarayonlari va operatsiyalarini bajaradi. 
Qamrov- ixtisoslashtirilgan mashinalar zvenosi berilgan ish jarayoni yoki ish 
operatsiyasini yoki ularning texnologik jihatdan bo’linmas majmui bajariladigan yo’l masofasini 
ishg’ol qiladigan ishlar uchatskasidir. 
Yakka oqimning unumdorligi uning smenadagi tezligi bilan, ya’ni smena qamrovining 
uzunligi bilan belgilanadi.Smena qamrovining uzunligi, shunga muvofiq butun oqimning ham 
tezligi zvenodagi mashinalarning unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi. 
Oqimlarning tarkibi va tezligini tayinlash uchun loyihalarda andozaviy texnologik kartalar 
va ishlarning kalendar jadvali bo’lgan qurilishni tashkillashtirish bo’limlari beriladi (POS). 
Texnologik karta- berilgan yo’l inshooti yoki elementini qurish uchun zarur bo’ladigan 
jarayonlar texnologiyasini bayon qiladigan loyiha hujjatidir. 
Texnologik jarayonlar sifati va ularni ishonchliligi 
Avtomobil yo’llarining ishonchliligideganda yo’lning me’yoriy xizmat muddati 
mobaynida harakatni (berilgan foydalanish ko’rsatkichlari bilan) ta’minlab berishi tushuniladi. 
Ishonchlilik nazariyasida boshlang’ich buzilmasdan ishlash, ta’mirtalablik, xizmat muddati, rad 
etish (otkaz) larni farqlash qabul qilingan. Avtomobil yo’lining boshlang’ich buzilmasdan ishlashi 
deganda qurilish tugallanib, yo’l foydalanishga topshirilgan vaqtda yo’lning haqiqiy 
ko’rsatkichlari talablarga javob berishi tushuniladi, ya’ni tsatik nazorat usulida belgilangan 
o’rtacha qiymatdan chetga chiqish yo’l qo’yilgan qiymatdan ortmaydi, notsatik nazorat usulida 
esa farqi SNiP “ishlarni tashkil qilish, bajarish va qabul qilish” yoki boshqa amaldagi me’yoriy 
hujjatlarda belgilanganidan oshmaydi. 
Avtomobil yo’lining ta’mirtalabligideganda tegishli ta’mirlash ishlarini amalga oshirish 
orqali uning ish qobiliyatini tiklash imkoniyati tushuniladi. 
Avtomobil yo’lining xizmat muddatideganda yo’l topshirilgan vaqtdan boshlab uni qayta 
qurishgacha bo’lgan davr tushuniladi. Bu davr mobaynida yo’lning ishi avtomobillarning hisobiy 
oqimi harakatida berilgan parametrlar bilan ta’minlangan bo’ladi.Ishonchlilik nazariyasining 
asosiy tushunchalaridan biri rad etishbo’lib, yo’lning ish qobiliyatini to’liq yoki qisman 
yo’qotishidan iborat bo’lgan hodisadir.Rad etish jiddiy nuqsonlar natijasida vujudga keladi. Rad 
etish to’satdan vaatsa-sekin, to’liq va qisman, ochiq va yopiq holda bo’ladi. Yo’l to’shamasining 
rad etishi (VSN 46-83) amaldagi me’yorlarda belgilangan muddatdan ilgari mukammal 
ta’mirlash talab qilinadigan yo’l holati hisoblanadi. 


Rad etish tushunchasini hisobga olgan holda ishonchlilik - yo’l to’shamasining mukammal 
ta’mirlashlar o’rtasidagi butun davr mobaynidagi to’xtovsiz ishlash ehtimolidir.Yo’l 
to’shamasining holati mutsahkamligi, ravonligi, g’adir-budurligi bilan tavsiflanadi. Eng ko’p 
xarajatlar yo’l to’shamasining mutsahkamligini ta’minlash bilan bog’liq (ravonligi va g’adir-
budurligini ta’minlashga ketadigan xarajatlarga nisbatan). Yo’l to’shamasining mutsahkamligi 
bo’yicha ishonchlilik darajasini miqdoriy aniqlash uchun bog’liqligidan foydalaniladi 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling