1-modul: Avtomobil yo’llari qurilishining nazariy asoslari №1 Mа’ruzа Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhandislar
Texnologiya - qurilish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, unga energetik, suv va issiqlik
ta’minoti, transport (texnologik transportdan tashqari), yordamchi va boshqa ishlar ham kiradi. Ishlarni bajarishning barcha texnologik usullari ichidan muhandis mahalliy va keltirilgan materiallar, texnika vositalari mavjudligiga qarab hamda ishchilarning tajriba va malakasidan kelib chiqqan holda eng maqbulini tanlashi lozim. Bu texnologik qaror reja bajarilishini ta’minlashi, eng tejamli bo’lishi, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan tarzda bajarilgan ishlarning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashi kerak. Yo’l qurilishida avtomatlashtirish va robotlashtirish tobora keng tatbiq etilmoqda. Qator ishlab chiqarish korxonalari (ABZ, SBZ va sh.k.) avtomatlashtirilgan, liniyali texnika esa ko’p hollarda avtomatik boshqarish tizimlari (SAR) bilan jihozlangan. Muhandislar - avtomobil yo’llarining quruvchilari faol tarzda yo’l qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishadi, yo’l qurilishining bahosini pasaytirish, sur’atini, samaradorligi va sifatini oshirish singari ishlar kompleks texnik- iqtisodiy muammolardan hisoblanadi. Mazkur muammolarni yanada takomillashtirilgan, SAR bilan jihozlangan ishchi organlari bo’lgan yo’l- qurilish mashinalarini keng tatbiq etish orqali hal qilish mumkin. Bunday mashinalar eng kam bahoda ishlarning yuqori sur’ati va sifatini ta’minlab berishi mumkin. Yanada takomillashtirilgan texnika qo’llanilganda yo’l qurilishining iqtisodiy samaradorligi sezilarli darajada ortishi kerak. Yo’l-qurilish mashinalarini takomillashtirish uchun ularning birlik quvvatini oshirilishi, qisman va to’liq avtomatlashtirilishi asos bo’la oladi. Fiziologik imkoniyatlari cheklanganligi yoki boshqaruvning xavfsiz emasligi uchun inson talab qilinadigan aniqlik va topshirilgan tartibda mashinani boshqara olmasligi sababli yo’l-qurilish mashinalari ishini avtomatlashtirish zarur va samaralidir. Yo’l qurilishida texnologiyani o’zgartirish (takomillashtirilgan mashinalardan foydalanish, sifatni samarali nazorat qilish va hokazo) hisobiga sarf-xarajatlarni kamaytirish va shu orqali ishlarni bajarish usulini yaxshilash mumkin (bahosi bo’yicha eng maqbul variantni tanlashni asoslash). Shuning uchun yo’l qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning eng dolzarb masalalaridan biri-bu, ish sifatini ishlab chiqarishda nazorat qilish samaradorligi va tezkorligini oshirish hisoblanadi. Bu ma’noda uni qisman yoki to’liq avtomatlashtirish itsiqbolli deb hisoblanadi. Misol tariqasida kuzatuvchi tizimlardan foydalanishini ko’rsatish mumkin, bunda barcha tayyorgarlik ishlari va asosiy ishlar to’g’ri bajarilganda yo’l to’shamasining talab etiladigan tekisligi topshirilgan ehtimollik bilan ta’minlanadi. Mahalliy yo’l-qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni oqilona tashkillashtirish, qurilish mavsumini uzaytirish va ishlarni yil davomida bajarish texnologiyasiga atsa-sekinlik bilan o’tish, qurilishning bosqichma-bosqichligi, yangi samarali material va kontsruktsiyalarni qo’llash hisobiga qurilish qiymatini kamaytirishga erishish mumkin. Ishlar texnologiyasi u yoki bu texnologik jarayonni qay tarzda va nima bilan bajarish kerak, degan savolga javob beradi. Ishlarni tashkillashtirish esa vaqt va makonda mavjud bo’lgan resurslarni bir-biriga bog’lashdan iborat, ya’ni ushbu texnologik jarayonni qachon, qaerda va kim bajarishi kerak, degan savolga javob beradi. Oqim usulida liniyaviy ishlardan oldin jamlangan ishlar bajariladi. Agar ishlarni liniyaviy va jamlanganturlarga bo’lishga ishlab chiqarishda ko’p uchraydigan xususiyatlarsiz (geologik, tuproqli, suvli) yondashilsa, bu jiddiy uzilishlar, murakkabliklar, ortiqcha mablag’lar sarflanishi va ish jadvalidan orqada qolishga olib kelishi mumkin. Xususan, tog’ sharoitida avtomobil yo’lini qurishda jamlangan ishlar sifatida ularni sifatli va xavfsiz bajarish uchun alohida ob-havo sharoiti yoki boshqa shart-sharoitlar talab qilinadigan ishlarni (ko’chkili yonbag’irlar, sel xavfi mavjud joylar, doimiy suv oqimlari va sh.k.) ko’rsatish mumkin, chunki bunda murakkab ishlarni (tirgak devorlarni o’rnatish, chuqur drenajlar, sun’iy suv oqimlari va sh.k.) bajarishda yo’l poyining chidamliligi yo’qolish xavfi vujudga keladi. Ko’rsatib o’tilgan xususiyatlarga muvofiq eng samarali yo’l-qurilish mashinalari, ish usullari va muddatlari, ayrim kontsruktiv elementlar va butun yo’l uchun texnologik yondoshuvlar turlicha bo’ladi. Ishlarning texnologiyasi va tashkillashtirilishining o’zaro bog’liqligi noan’anaviy, ijodiy yondoshuvni talab etadi: turli ishlar bo’yicha keyingi yilga bitkaziladiganlarini aniqlash; ishlar texnologiyasini tanlashda mavjud texnika, mexanizatorlar va butun quruvchilar jamoasining tajribasini hisobga olish; ishlarni tashkillashtirish usullarini ratsionalizatorlashtirish ehtimoli, mahalliy materiallardan foydalanish va hokazolarni nazarda tutgan holda ko’p sonli texnologiya variantlarini ko’rib chiqish. Yo’l qurilishining o’ziga xos murakkabligi shundan iboratki, oddiy atmosfera sharoitida vaqti-vaqti bilan o’zgaradigan harorat hamda namlikda yo’l inshootlarining talab qilinadigan xossalari, birinchi navbatda, mutsahkamligi ta’minlanishi shart. Ma’lum qurilish sharoitida ish texnologiyasining eng maqbul varianti to’g’risida qaror qabul qilish kerak. Inshootning sifati va qiymati bunday variantni tanlash mezoni hisoblanadi. Avtomobilyo’liningsifati transport-foydalanish, texnologik, ergonomik, etsetik, ekologik va boshqa xususiyatlarni, shuningdek xizmat muddati va boshqa asosiy parametrlarni o’z ichiga oladi. Avtomobil yo’lining samaradorligi, ya’ni foydalanishdan olinadigan foydali samaraning yo’l qurilishi va foydalanishiga ketgan umumiy xarajatlarga nisbati uning sifat darajasi mezoni hisoblanadi. Yo’lning uzunligi bo’yicha va vaqt mobaynida o’zgarib turadigan tuproqlar, materiallarning xususiyatlari va holatlari, ayrim kontsruktiv qatlamlarning parametrlari, harorati hamda namligi bilan ifodalanadigan yo’llarni qurish va foydalanish sharoitida ishlarni amalga oshirishning eng maqbul usuli doimo bo’ladi, bu usul yo’lning talab qilinadigan foydalanish xossalarini ta’minlab, uni qurish va foydalanishda keltirilgan eng kam xarajatlarga mos keladi. Boshqacha aytganda, texnologiya variantlarini ko’rib chiqishda berilgan sharoit uchun eng kam xarajatlar bilan avtomobil yo’lining talab etiladigan ko’rsatkichlarini ta’minlab beradigan ishlarni bajarish usulini doimo asoslab berish mumkin. Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish - samaradorlikni oshirish, ya’ni ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish va ishlar sifatiga qo’yilgan talablarga rioya qilgan holda, qo’yilgan vazifalarni rejada belgilangan muddatlarda bajarishga erishish maqsadida ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Chora-tadbirlar majmuiga ko’p hollarda oqimli (potok) bo’ladigan qurilishni aniqlash va amalga oshirish usuli, odatda, pudrat usulida ishlaydigan brigadalar tarkibini aniqlash, mashinalar soni va ularning qurilish jarayonidagi ishtirokini, ya’ni ularning makon va vaqtda mosligini hisoblab chiqish kiradi. Ishlab chiqarish masalalarini hal qilish qurilishni tashkillashtirishni tartibga soladigan asosiy hujjatlar, shuningdek, moliyaviy ta’minot, kadrlar masalasi, quruvchilar jamoasining maishiy masalalari (turar joy, ovqatlanish, ishchilarni ish joyiga yetkazish), ob’ektlardagi doimiy va vaqtinchalik ishlarga ishchilarni joylashtirish, ularning dam olishi va boshqa ijtimoiy masalalarning hal qilinishidan iborat. Avtomobil yo’li qurilishi bo’yicha ishlarni tashkillashtirish murakkab hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo’llashni talab etadi. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning sarflanishini talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko’p materiallarni nafaqat avtomobil transporti, balki boshqa turdagi transportda ham yuzlab va minglab kilometr masofalarga tashib keltirish zarur bo’ladi. Materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni zavodlar hamda liniyalarga o’z vaqtida yetkazib berish, barcha ishlab chiqarish va yordamchi, ayniqsa, transport va liniya bo’linmalaridagi aniq ishlar loyihalashtrilgandek qurilishni tashkillashtirish va ishlarni tejamli bajarishni ta’minlaydi. AQShda har qanday ishlab chiqarish faoliyatining asosiga qisqagina “aniq vaqtida” talabi qo’yiladi, chunki bu har qanday ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ishlarni tashkillashtirishning asosiy talabidir. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid barcha ish turlari ularni tashkillashtirish xususiyatlari, qo’llaniladigan vositalar va maqsadiga ko’ra tayyorlash, transport va qurilish-montaj ishlariga bo’linadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling