1-modul: Avtomobil yo’llari qurilishining nazariy asoslari №1 Mа’ruzа Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish-montaj ishlari
- Kompleks mexanizatsiyalashtirish
- Avtomatlashtirish
Tayyorlash ishlari - qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari tomonidan
tayyorlab beriladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni tayyorlash hamda saqlash ishlarini o’z ichiga oladi. Transport ishlari - barcha materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni qurilayotgan yo’lga hamda yo’l bo’ylab yotqiziladigan joylarga tashish ishlarini o’z ichiga oladi. Qurilish-montaj ishlari - tayyorgarlik ishlari, yo’l poyi, sun’iy inshootlar, yo’l to’shamasini qurish, yo’llarni obodonlashtirish uchun yo’l, bino va inshootlarni jihozlash ishlarini o’z ichiga oladi. Mexanizatsiya - ish unumdorligini oshirish va qurilish jarayonlarini intensifikatsiyalashning hal qiluvchi omilidir. Hozirgi kunda katta quvvatga ega, demakki, yanada unumdor qurilish va yo’l mashinalarini, universal, mobil, ishchi uskunasi almashtiriladigan, katta yukli avtomobillar, avtobetonqorishtirgichlar, gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish zarur. Ishlarni to’g’ri tashkillashtirishni faqat kompleks mexanizatsiyalashtirilgan holda ko’rish zarur, bunda hamma asosiy va yordamchi jarayonlar hamda operatsiyalar mashinalar bilan, aniqrog’i, unumdorligi va asosiy parametrlari bo’yicha bir-biriga bog’liq bo’lgan mashinalar komplekti bilan bajariladi. Kompleks mexanizatsiyalashtirish - barcha sermehnat va og’ir texnologik jarayonlarni mashinalar komplekti yordamida bajarilishini ko’zda tutadi. Mashinalar komplektidan foydalanish belgilangan ish sur’atini, eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni, ishlar va mahsulotlar sifatining amaldagi tsandartlarga javob berishini ta’minlaydi. Avtomatlashtirish- qurilishni mexanizatsiyalashtirishning yanada yuqori bosqichidir. Avtomatlashtirilgan (qisman avtomatlashtirish) va avtomatik jarayonlar (kompleks avtomatlashtirish) mavjud. Qisman avtomatlashtirishda texnologik jarayonning faqat ayrim operatsiyalari avtomatlashtirilib, yakuniy mahsulotni olish uchun insonning ishtiroki talab qilinadi.Avtomatik jarayonlarda texnologik jarayonlar avtomatik tarzda bajariladi, inson esa faqat avtomat qurilmalarining sozligini kuzatib boradi.To’liq avtomatlashtirishda texnologik jarayonni EHM boshqaradi. Yo’l qurilishini indutsrializatsiyalashtirish bu, kompleks mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni, yig’ma, shu jumladan, zavodda tayyorlangan, qurilish mavsumini uzaytirishga va hatto ishlarni yil mobaynida bajarishga imkon beruvchi kontsruktsiyalardan foydalaniladigan ilg’or usullarni qo’llaydigan qurilishdir. Yo’l qurilishini indutsrializatsiyalashtirish og’ir jarayonlarning kattagina qismini liniyaviydan tsatsionar sharoitga o’tkazishni ko’zda tutadi (jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, konveyerlashtirish, mahsulotning zavodda tayyorlanganligi, ishlab chiqarishning aniqligi). Masalan, avtomobil yo’llarining beton qoplamalari uchun temirbeton plitalarni, ko’priklar, binolar kontsruktsiyalarining elementlarini ishlab chiqarish. Indutsrializatsiyalashtirish natijasida ish unumdorligi ortadi, qurilish muddati va qiymati qisqaradi, kapital mablahlar samaradorligi oshadi. Avtomobil yo’llari katta masofadagi deyarli tor tasmada taxminan bir turdagi ishlarning taqsimlanishi bilan ajralib turadi.Bunda barcha qurilish bo’linmalari ketma-ket harakatlanadi, shuning uchun ishlarning bu usuli oqimli deb ataladi. 1.1-rasm.Qurilish oqimining barcha bo’linmalar bilan bog’liqlikdagi sxemasi berilgan. Yer ishlari Transport xo’jaligi Qurilishni boshqarish Katta ko’prikla r va bosh Yo’lni jihozlash Trassani tiklash ishlarni ajratish Jamlang an ishlar Kichik ko’priklar vaquvurlar Yo’l to’shama si Yo’l mashinalari bazasi Konlar va relsli yo’llar Temirbeton kontsruksiyalar zavodi Yo’lning yarim tayyor mahsulotlari zavodlari Barcha harakatlanadigan bo’linmalar kerakli ish jarayonlari va operatsiyalarni ketma-ket bajara turib, yo’l bo’ylab suriladi va ma’lum bir vaqt - smena, ikki-uch smena va hokazo oralig’ida yo’lning to’liq tugallangan uchatskalarini topshiradi. Ishlab chiqarishni ilmiy tashkillashtirish yutuqlari mashinalar saroyini oqilona taqsimlagan holda oqimlarni yaxshilash masalasini ko’tarishga imkon beradi. Oqim g’oyasi sanoatdan olingan bo’lib, yo’l qurilishiga o’tkazilgan.Farqi shundaki, sanoat konveyerida mahsulot ish joylari bo’ylab atsa-sekin bir xil tezlikda harakatlanadi, yo’l qurilishida esa yo’l emas, balki mexanizatsiyalashtirilgan bo’linmalar ma’lum tezlikda yo’lda harakatlanadi. Ishlarni bajarayotgan, bir-biri bilan bog’liq bo’linmalar oqim deb ataladi. Tarkibi va maqsadiga ko’ra oqimlar yakka, ixtisoslashtirilgan va ob’ektli oqimlarga bo’linadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling