1-modul. Boshlang`ich ta’limda tabiiy fanlar pedagogik fan 1-Mavzu


Download 72.16 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi72.16 Kb.
#1833758
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma`ruza (1)

Tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqot metodlari. Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi pedagogikada qo‘llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan jarayonlami tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishlami aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to‘g‘riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiiy fanlarni o‘qitish usul va uslublarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. O‘qituvchi tabiiy fanlar kursini o‘qitishda ta’limiy ishlarni bajarish bilan birga hayotiy-amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, o‘quv va ko‘nikmalami shakllantirish hamda ularning dunyoqarashi aqliy qobiliyatlari, shaxsiy fazilatlarini ham rivojlantirishga erishishga astoydil harakat qiladi. O‘qitish jarayoni predmet mazmuni, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini bilim, o‘quv va ko‘nikmalarini egallab olishini o‘z ichiga oladi.
Metodika o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialni o‘qitishning muvofiq (ratsional) ravishdagi metod va vositalari o‘quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashi hamda kelajak hayotda qo‘llay olishi o‘quvchilar uchun retseptlar va nasihatlar majmuasi bo‘libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan. Metodika o‘quv fanining mazmuni, ta'lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini ko‘rib chiqadi. Metodikaning bu bo‘limlari bir butun bo‘lganligi uchun bir-birini to‘ldiradi. O‘quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo‘llanmalar) metodika asosida belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o‘rganish, nimani va qanday o‘qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi.
Tabiiy fanlarni o‘qitilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi uchun maxsus o‘quv moddiy bazaga, ya'ni o‘quv qurollari bilan jihozlangan xona, tirik tabiat burchagi va o‘quv-tajriba maydonchasiga ega bo‘lishi kerak. Materialni o‘ziga xos bo‘lishi faqat tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi.
Tabiiy fanlar maktabda hamma tabiat haqidagi bilimlarni o‘rgatishga old masalalarni: o‘qitishning g‘oyaviy yo‘nalganligini, o‘qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o‘quv ishlarining shakllari o‘rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yaxlitligini hamda rivojlanishini ko‘rib chiqadi.
O‘qitish tizimi o‘quvchilar bilimining puxta bo‘lishi va ongiga yetib borishini ta'minlaydi. Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi barcha predmetlar uchun umumiy tamoyillarga ega bo‘lgan didaktik va tarbiya jihatidan pedagogika bilan chambarchas bog‘langan. Maktabda ta'lim - tarbiya jarayoni amalga oshiriladi va o‘rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o‘qitish metodlari barcha shakllardagi butun ta'lim jarayonini, o‘qituvchi shaxsining o‘zi, uning fanga fidoyiligini ham tarbiyalaydi.
Metodikani didaktik yo‘l bilan pedagogikaga bevosita bog‘lay turib, bular o‘rtasidagi tafovutlarni ham hisobga olish kerak. Didaktika pedagogikaning barcha maktab predmetlari uchun umumiy bo‘lgan ta'lim nazariyasi va o‘qitish tamoyillarini ishlab chiqadigan bir tarmoqdir. Mustaqil ilmiy predmet sifatida qaror topgan geografiyani o‘qitish metodikasi tabiat fanlarini o‘qitishning o‘ziga xosligi bilan taqozo qilingan ta'lim va tarbiyaning mazmuni, shakllari va metodlari to‘g‘risidagi nazariy hamda amaliy muammolarini ishlab chiqadi.
Darhaqiqat, pedagogik fan sifatida tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi didaktika bilan uzviy bog‘langan. Faqat ta'lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi hamda vazifalariga asoslangandagina maktab geografiya fanini to‘g‘ri tuzish, boshlang‘ich va undan keyingi sinflar o‘quv predmetlari tizimida uning o‘rni va rolini aniqlash mumkin bo‘ladi.
O‘quv materialini tanlash va uni sinflar bo‘yicha taqsimlashga bo‘lgan talablar didaktik tamoyillar bilan izohlanadi, ular fanga xos metodik masalalarni hal qilishda, o‘qitish metodlarini tanlashda, shuningdek, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini har xil ko‘rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o‘quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to‘g‘ri tanlash mumkin. Metodika boshqa pedagogika fanlari qatori boshlang‘ich maktabning bir qator muammolarini yechib, o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar “Nima uchun quyi sinf o‘quvchilari atrof - tabiatni o‘rganadilar?” degan savolga javob beradi. Binobarin, u boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar kursini zamon talabiga mos holda o‘qitish maqsadida bolalarga ta’lim - tarbiya berish yo‘llarini ishlab chiqadi va tadqiq qiladi. Tabiiy fanlarni o‘qitish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tevarak-atrof haqida elementlar tushunchalar shakllantiradi, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi “Nimani o‘qitish kerak?” de­gan savolga javob berib, maktab tabiiy fanlar o‘quv materialining mazmuni, uning g‘oyasi, prinsiplarini tanlash va predmetni yaratilishini belgilab beradi.

Download 72.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling