1-modul. Boshlang`ich ta’limda tabiiy fanlar pedagogik fan 1-Mavzu
Download 72.16 Kb.
|
1-ma`ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar
1-MODUL. BOSHLANG`ICH TA’LIMDA TABIIY FANLAR - PEDAGOGIK FAN 1-Mavzu. BOSHLANG‘ICH TAʼLIM TABIIY FANLARINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI R E J A : 1. Boshlang‘ich taʼlim tabiiy fanlarining predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Boshlang‘ich taʼlimda tabiiy fanlarning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 3. Tabiiy fanlar o‘rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar. 4. Tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqot metodlari. Tayanch iboralar: “Tabiiy fanlar”, “Boshlang`ich taʼlim”, “Pedagogika”, fan”, “o‘qitish, metodika, tadqiqot metodlari, tarbiya, atrof-muhit, pedagogika. Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlarning predmeti, maqsad va vazifalari. Tabiiy fanlar o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra maktab o‘quvchilariga tabiiy bilimlarni berish bilan birga ularning har tomonlama tarbiyaviy jarayonlarga ham o‘z hissasini qo‘shadigan fan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan u pedagogika fanlari tarkibiga kirib, asosiy predmeti boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan tabiiy fanlar kursi hisoblanadi. Zero, bu fan ta‘lim-tarbiyaning o‘ziga xos mazmuni va metodlarini -belgilab beradi. Milliy o‘quv dasturiga asoslangan boshlang‘ich ta’lim tizimida “O‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilimlarni o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy - axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bolishni va kasb tanlashni shakllantiradi” deb qayd etilgan, tabiiy fanlar o‘qitilishida ham bu vazifalarni amalga oshirish asosiy maqsad hisoblanadi. Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar-tabiiy fanlarni o‘qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z fanini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. Maqsadi -boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi kun talablari asosida zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qo‘llab, yosh avlodga tabiiy fanlarni o‘qitishdan iborat. Vazifasi- o‘quv fani sifatida tabiiy fanlar mazmunini aniqlash, o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o‘quv jihozlarini tatbiq etishdan iborat. Tabiiy fanlar faqat o‘qitish jarayonini ta‘riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o‘qituvchi shu fan bo‘yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o‘qitishi mumkin. O‘quvchilarga tabiatni o‘rgatib borish bilan o‘qituvchi ularni ta‘limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi, irodasi, xulq-atvorini shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko‘ra tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. Tabiiy fanlarni o‘qitish o‘qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o‘qitish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. O‘qitish amaliyotini har tomonlama o‘rganish va natijalarni keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o‘qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o‘rganilayotgan narsalarni (o‘simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishini ta‘minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o‘qitishni qo‘llanish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Download 72.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling