1-variant “Biznesni tadqiq etish usullari” fan va o‘quv kursi sifatida
Download 75.5 Kb.
|
Biznes.tad.et.us
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O’zbekistonda biznesni rivojlantirish to’g’risidagi to‘g‘risidagi xuquqiy-me’yoriy asoslar.
1-variant 1. “Biznesni tadqiq etish usullari” - fan va o‘quv kursi sifatida. «Biznes» so’zi inglizcha bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir. «Biznesmen» (tadbirkor) atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u «mulk egasi» degan ma’noni bildiradi. Biznesni tadqiq etish usullari - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, bozor konyukturasini o’rganish va bashorat qilish hamda biznes strategiyalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Biznesni tadqiq etish usullari fani firma va korxonalarni bozorda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga biznes faoliyatini tahlil qilishning murakkab bo’lgan usullari orqali turli raqobat jarayonlarini, kon’yunkturaviy o’zgarishlarni yoritib berish, shu bilan bir qatorda biznes muhitini tashkil etish, iste’molchi xulq-atvorini modellashtirish, tovarning sifati, uning raqobatdoshligini ta’minlash, firmaning bozordagi strategiyalarini to’g’ri tanlash bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. 2. O’zbekistonda biznesni rivojlantirish to’g’risidagi to‘g‘risidagi xuquqiy-me’yoriy asoslar. Joriy yilning 31 oktabrida e’lon qilingan «Biznesni yuritish 2018: ish o’rinlari yaratish uchun islohotlar» ma’ruzasiga ko’ra, O’zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o’rinni egallab, o’tgan yildagi mavqeini bir yo’la 13 pog’onaga yaxshiladi. Mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo’yicha islohotchi davlatlarning birinchi o’ntaligiga kirishga muvaffaq bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktabrdagi «Tadbirkorlik subektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili bo’yicha yagona markazlar orqali ko’rsatiladigan davlat xizmatlari ro’yxatiga qo’shimcha kiritish to’g’risida»gi 864-sonli qaroriga muvofiq, elektron raqamli imzo kalitini (ERI) ro’yxatga olish va sertifikat berish endilikda faqat «yagona oyna» markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilganligi respublikamizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga yanada qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling