1-variant “Biznesni tadqiq etish usullari” fan va o‘quv kursi sifatida
-variant 1. Biznes tadqiqotlarining maqsad va vazifalari
Download 75.5 Kb.
|
Biznes.tad.et.us
3-variant
1. Biznes tadqiqotlarining maqsad va vazifalari Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga karatilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni xal etmogi lozim: xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish; tovarlarga bo’lgan ichki va tashki talablarni o’rganish; korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; talab va taklif to’g’risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish; tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish; tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar tuplash va tahlil qilish; tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish; to’ldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish; tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. 2. Strategik marketingning usullari: Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini uyushtirishda ham sezilarli tarzda o’z aksini topmoqda. Hususan, firmalarning raqobatdorlik quvvati, bozordagi o’rni, lozim strategik maqsadlari, diversifikatsiya sari yo’l tutish taktikasi ko’pgina hollarda tadqiqotlarning yo’nalishi va ko’lamini belgilaydi. F.Kotler firmalarning marketing strategiyalarini 4 ta asosiy turi mavjudligi va tadbirlar bir-biridan farqlanishini ta’kidlaydi. Jumladan firmalarning marketing strategiyalarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin. peshqadamlikka intiluvchi (bozorda o’rtacha 30% ulushga ega); hamqadam intiluvchi (bozorda 20% ulushga ega); bozordagi «nisha»ni –«bo’shliq»ni egallovchi (bozorda 10% atrofida ulushga ega). Ushbu strategiyani tanlagan va amalga oshirayotgan firmalarning bozordagi ulushi, kelgusi intilishlari tegishli muammolar bo’yicha marketing tadqiqotlarining yo’nalishlariga, jaddaligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling