Moddiy nuqtaning egri chiziqli harakati. Tangensial va normal tezlanishlar
Trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo‘lgan harakat egri chiziqli harakat deyiladi. Bunga misol qilib, yer yuzidagi barcha transport vositalarini, mashina va mexanizm qismlarini, oqar suvni, atmosferadagi havo zarralarini, kosmik fazodagi barcha planetalar va sun’iy yo‘ldoshlarning harakatini olish mumkin. Egri chiziqli harakat to‘g‘ri chiziqli harakatga nisbatan murakkabroqdir.
1.4 – rasm.
Egri chiziqli harakatda vaqt o‘tishi bilan tezlik vektorining faqat yo‘nalishigina emas, balki miqdori ham o‘zgarishi mumkin. Kuzatish boshlanganda egri chiziqli harakat qilayotgan moddiy nuqta trayektoriyaning A nuqtasidan o‘tayotgan bo‘lsin (1.4-rasm). Biror kichik t vaqt ichida kichik S yoyni bosib V nuqtaga keladi. A va V nuqtalardagi tezliklarni mos ravishda va deb belgilaylik. Tezlik o‘zgarishini aniqlash uchun tezlik vektorini o‘z-o‘ziga parallel holda A nuqtaga ko‘chiraylik, u holda vektor uchini ko‘chirilgan vektor uchi bilan tutashtiruvchi vektor ( ) izlanayotgan tezlik o‘zgarishini ifodalaydi. tezlik o‘zgarishini ikki tezlik vektorlarining yig‘indisi shaklida ham qarash mumkin. Buning uchun AE kesma ustida A dan vektor kesmasiga teng kesma ajratib yo‘nalishida D nuqtani tanlaylik. S va Dnuqtalarni birlashtiruvchi vektorni bilan, D va E nuqtalarni birlashtiruvchi vektorni esa bilan belgilaylik. U holda ni ana shu ikki vektorning yig‘indisidan iborat deb hisoblash mumkin.
(1.14)
Egri chiziqli harakatda moddiy nuqta tezlanishi
(1.15)
yozish mumkin. (1.15) ifodadagi yig‘indining birinchi limitini markazga intilma tezlanish yoki normal tezlanish deb ataladi.
(1.16)
Do'stlaringiz bilan baham: |