1-Modul. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari 1


tashkiloti tomonidan barqaror epidemiologik vaziyati saqlanib qolgan


Download 153.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.12.2022
Hajmi153.32 Kb.
#1073127
1   2   3   4
Bog'liq
maruza-1

tashkiloti tomonidan barqaror epidemiologik vaziyati saqlanib qolgan 
mamlakat, deb e'tirof etildi. 
O'zbekiston Respublikasi 2008-yilda qarorgohi Parijda joylashgan «Xalqaro 
epizootiya byurosining sertifikati» bilan taqdirlandi. Ushbu hujjatga muvofiq, 
O'zbekistonga sayyoramizning ko'plab mamlakatlarida keng tarqalgan va katta 
iqtisodiy zarar yetkazayotgan qoramol o'lati kabi infeksiyadan xoli mamlakat 
maqomi berildi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1996-yilning 4-martida 
qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil 
etish to'g'risida»gi farmoni favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etishga huquqiy 
asos bo'ldi. Bu vazirlik Mudofaa vazirligi tarkibida bo'lgan «Fuqaro muhofazasi 
va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi» negizida tashkil etildi. 
2011-yilning 24-avgustidagi 242-sonli «O'zbekiston Respublikasi Favqulodda 
vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada 
takomillashtirish to'g'risida» qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko'ra O'rta 
maxsus, kasb-hunar
 
 ta' limi muassasalarida «Hayot faoliyati xavfsizligi» 
fanini o'qitish asosiy vazifa qilib belgilandi. 
Unda «Umumta'lim maktablari, akademik litseylari kasb
-hunar kollejlari 
hamda oliy o'quv yurtlarida, ishlab chiqarisbva turar joylarda aholini favqulodda 
vaziyatlarda harakat qilishga o'rgatish umumiy va majburiydir» deyilgan. 


Ma'lumki, respublika iqtisodiyotida gidrotexnik, inshootlarning o'rni 
beqiyos. Biroq, gidrotexnik inshootlardan unumli foydalanish, buzilishlarini oldini 
olish, tozalash, ta'mirlash va shu kabi ishlarni amalga oshirish, aholi va obyektlar 
xavfsizligini ta'minlash davlat ahamiyatiga molik bo'lgan asosiy masalalardan biri 
hisoblanadi. 
O'zbekiston Respublikasining «Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi to'g'risida» 
gi qonuni bu boradagi huquqiy asoslardan bo'lib, uning 4-moddasida O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 5-moddasida mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta'minlash borasidagi vakolatlari 
belgilab berildi. Bu kabi inshootlarning xavfsizligini ta'minlash ustidan nazorat 
olib borish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va 
alohida muhim suv xo'jaligi obyektlari texnik holatini hamda bexatar ishlashini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasiga berildi. Ushbu maxsus vakolatli organning 
gidrotexnik inshootlari xavfsizligi bo'yicha ko'rsatmalari tarkibida gidrotexnik 
inshootlar bo'lgan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun majburiy ekanligi 
qonunda o'z aksini topgan. 
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni ifloslanish hamda 
boshqa zararli harakatlardan qo'riqlash bora-sida Tabiatni qo'riqlash davlat 
qo'mitasi faoliyat ko'rsatmoqda. 
O'tgan davr mobaynida, ya'ni 1996—2000-yillarda turli tusdagi favqulodda 
vaziyatlarni oldini olish borasida huquqiy asoslarni yaratish jaryoni umumiy-
tashkiliy xarakterga ega bo'lgan bo'lsa, 2000-yildan so'ng qabul qilingan bu 
yo'nalishda-gi qonunlar alohida sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi. 
Masalan, 2006-yil 26-sentabrdagi «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat 
xavfsizligi to'g'risida»gi qonunini ko'rish mumkin. 
Qonunda sanoat xavfsizligi talablari, ya'ni xavfli ishlab chiqarish obyektini 
loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilib olishga oid
- bunday obyektdan foydalanishga oid; 
- ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo'yiladigan; 
- xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo'l 
qo'ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo'yicha harakatlarga tayyorgarlik 
ko'rishga oid talablar va bu talablar ustidan davlat nazoratini o'rnatish belgilab 
berilgan. 
Qonunda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini 
ta'minlash, avariya holatlarini o'rganish komissiyasi O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilishi belgilangan. 
Umuman olganda mustaqillik yillarida mamlakat xavf-sizligini ta'minlash, 
ya-'ni uning tarkibiy qismi bo'lgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini 
olish, ular xavfi va oqibatlarini kamaytirish, insonlar nobud bo'lishiga yo'l 
qo'ymaslik maqsadida mamlakatda o'ziga xos huquqiy-me'yoriy asos 
shakllantirildi. Bu qonunlar va qonunosti hujjatlari gumanistik xarakterga ega 
bo'lib, ularda milliy mentalitet, dunyo qarash, xalqaro huquq tamoyillari chuqur 
singdirilgan. Chunki, bu soha jahon hamjamiyati tomonidan yangi qonunlar 
yaratishni, uni hayotga tatbiq etish borasida o'ziga yangi tizim yaratishni talab etdi. 
Bu borada O'zbekiston o'ziga xos yangi tizim yarata oldi va uning ishlash 


mexanizmini hayotga joriy etdi. Aynan shu tizim mamlakatda ko'plab favqulodda 
vaziyatlarning oldini olmoqda, shuningdek, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarda 
chet el mamlakatlariga o'zaro yordam ham ko'rsatib kelmoqda. 
«Hayot faoliyati xavfsizligi» o'quv fanining akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarida o'qitilishi dunyoda yuz berayotgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarni 
o'quvchi bilishi, ular xavfini oldindan aniqlash, yuz berganda muhofazalanish 
usullarini o'rganishi, to'g'ri harakat qilishni tashkil etishi hamda atrofdagi 
yordamga muhtoj kishilarga yordam berishi, ularni xavfli hududlardan olib chiqib 
ketishi, birinchi tibbiy yordam berishi, shuningdek, bunday xavflardan moddiy 
boyliklarni muhofaza eta olishiga qaratilgan. 
Bugun yuz berayotgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarda inson omilining 
ham o'rni katta ekanligini anglagan holda, tabiatga beparvolik bilan bo'layotgan 
munosabat, o'z kasbining bilimdoni emasligi, mas'uliyat hissini shakllanmaganligi, 
loqaydlik kabi illatlarning o'rni katta ekanligini tushunib olishlari kerak bo'ladi. 
Xulosa qilib aytganda, ushbu fanni o'rgatishda asosiy e'tibor shaxsiy va 
jamoat xavfsMigi asoslarini o'rgatish, xavfli vaziyatlarni ko'ra bilish, uni baholash 
hamda favqulodda vaziyatlarda uyda, ko'chada, jamoat transportida bajarilishi 
kerak bo'lgan xatti-harakatlarni o'rgatishga, fanni o'qitish mobaynida har bir 
o'quvchi ongida o'z-o'zini va jamoat a'zolarini muhofazalash stereotiplarini tarkib 
toptirish asosiy maqsad qilib qo'yildi. Shunga binoan: 
- ta'lim oluvchilarda favqulodda vaziyatlarda o'z hayotini, sog'lig'ini himoya 
qilishni o'rgatishga oid bilimlar berish; 
- favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda ularning talofotlarini bartaraf etishni 
o'rgatish; 
- favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlanganda o'z-o'ziga va o'zaro yordam 
berish yo'llarini o'rgatish; 
- xavfli vaziyatlarni oldindan ko'ra bilish, baholash va ulardan 
muhofazalanish yo'llarini topishni o'rgatish masalalari fan mohiyatini tashkil etadi. 

Download 153.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling