1-modul. Kinematika
Download 32 Kb.
|
1-modul bo'yicha topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1-modul. KINEMATIKA
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar 1. Metro eskalatori toʻxtab turganda yoʻlovchi t1=120 s da, xarakatdagi eskalator zinalariga nisbatan oʻshanday tezlik bilan xarakatlanganda esa t2=30 s da koʻtariladi. Yoʻlovchining xarakatdagi eskalatorda tinch turgan xoldagi koʻtarilish vaqtini aniqlang. 2. Agar samolyotning havoga nisbatan tezligi v1=100 m/s, harakat yoʻnalishiga α=30˚ gradus burchak ostida roʻparadan esayotgan shamol tezligi v2=30 m/s boʻlsa, oralaridagi masofa 500 km boʻlgan punktlarning biridan ikkinchisiga samolyotning uchib borish vaqtini toping. 3. Boshlangʻich 19.6 m/s tezlik bilan vertikal ravishda pastga tashlangan jism oxirgi sekund davomida butun yoʻlning ¼ qismini bosib oʻtdi. Jismning tushish vaqti va oxirgi tezligini toping. Jism qanday balandlikdan tashlangan? 4. Agar yuqoriga tik otilgan jism 60 metrdagi belgi yonidan 4 s vaqt ichida 2 marta oʻtgan boʻlsa, uning boshlangʻich tezligini toping. Havoning qarshiligini hisobga olmang. 5. Moddiy nuqtaning harakati x=at+bt2 +ct3 tenglama bilan berilgan, bu yerda a=5m/s b=0.2m/s2, c=0.1 m/s3. Nuqtaning vaqtning t1=2 s va t2=4 s momentlaridagi tezliklarini hamda t1 dan t2 gacha vaqt oralig’idagi o’rtacha tezligini toping. 6. Harakat tenglamasi x=2t2+3t+4; y=3t2 +4t-2; z=0 bo’lgan jism harakat boshidan boshlab t=10 s vaqt ichida qancha yo’lni bosib o’tadi? 7. 200 ayl/s tezlik bilan aylanayotgan gorizontal valga bir birdan 20 sm masofada 2 ta yupqa disk o’rnatilgan. O’qning tezligini aniqlash maqsadida o’q shunday otilganki, u ikkala diskni aylanish o’qidan bir xil masofada teshib o’tgan. Teshiklarning burchak siljishi 18˚ bo’lsa, o’qning tezligini aniqlang. 8. 24 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan traktor burilganda uning massa markazi radiusi R=9 m bo’lgan yoy chizadi. Agar traktor gusinesalari orasidagi masofa d=1.5 m bo’lsa , ularning tezliklari orasidagi farqni toping. 9. Jism ufqqa nisbatan biror α burchak ostida otilgan. Agar jismning gorizontal yo’nalishdagi uchish masofasi trayektoriyasining maksimal balandligi H dan 4 marotaba katta bo’lsa, α burchak topilsin. 10. O’q ufqqa nisbatan α=60º burchak ostida v0 =200m/s boshlang’ich tezlik bilan otildi. Eng baland ko’tarilish balandligi H, uchish uzoqligi S va trayektoriyaning eng yuqori nuqtasidagi egrilik radiusi R aniqlansin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling