1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu: Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari
Download 493.3 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
MODEMLARNING STANDARTLARI 2.1-jadval Modem standarti Xususiyatlari V.90
Ma’lumotni uzatish tezligi 56000 b/s. V.34
Ma’lumotni uzatish tezligi – 28800 b/s; Fakslarni uzatish tezligi – 14400 b/s. V.34 plus Ma’lumotni uzatish tezligi – 33600 b/s. V.42/MNP 2-4 AloQa kanalidan shovQin natijasida yo’Qolgan ma’lumotlarni nazorat Qiladi va aniQlaydi. V.42 bis/MNPS Ma’lumotlarni avval Qisib, so’ngra uzatadi. Bu uning uzatish tezligini oshiradi. V.class1/class2 Faks ma’lumotlarini katta tezlikda uzatadi. V/Group III Faks Qurilmalarining istalgan turi bilan ishlay oladi.
qiluvchi qurilmalardir. Tor va keng o’lchamli printerlar ishlab chiqilmoqda. Tor o’lchamli printerlar ma’lumotlarni faQat A4 formatli (210 x 297 mm.) Qog’ozga bosib chiqarsa, keng o’lchamli printerlar ma’lumotlarni A3 formatli (297 400 mm.) hamda A4 formatli qog’ozlarga bosib chiqarishga mo’ljallangan. Hozirgi paytda zamonaviy printerlar asosan Agfa, Apple, Canon, Compaq, Digital, Epson, Fijitsu, HP(Hewlett - Packard), IBM, Kodak, Microtek, Olivetti, Panasonic, Samsung, Seiko, TI, Toshiba va kabi jahonning yetakchi firmalari tomonidan ishlab chiqilmoQda. Ayniqsa, Epson, Canon, Xerox va HP firmasining mahsulotlari keng tarqalgan. Tasvirlarni Qog’ozga bosib chiQarish usuliga ko’ra printerlar matrisali, bo’yoqli (purkovchi), lazerli, impuls-pufakchali, nur-diodli, termoprinterlar va fotoprinterlar kabi turlarga bo’linadi. Bulardan eng ko’p tarqalganlari matrisali, bo’yoqli, lazerli hamda fotoprinterlardir. Matritsali printerlar (Matrix printers). Bunday printerlarda tasvirlar matritsa ko’rinishida joylashgan metall sterjenlarning bo’yovchi tasma orQali qog’ozga urilishidan hosil bo’ladi. Sterjenlarining soni 9, 12, 24, va 48 (ya’ni 9 pin, 12 pin, 24 pin, 48 pin) bo’lgan printerlar ishlab chiqilmoqda. Bosmaga chiqarish tezligi 60-10 soniya/varaq;
mikrozarrachalarini naychalar orqali qog’ozga purkash (sepish) yo’li bilan hosil qilinadi. Zamonaviy printerlarda mikrozarrachalarning zichligi 1 dyuym (25,4 mm.) masofada 600 nuqtagacha (600 dpi) boradi. Bosmaga chiqarish tezligi 100 – 15 soniya/varaq; Lazerli printerlar (Laser printers). Bunday printerlarda tasvirlar lazer yordamida elektromagnitlangan barabanning maxsus bo’yoq zarrachalarini o’ziga tortib olib, so’ngra bu zarrachalarni qog’ozga bosish orQali hosil qilinadi (ya’ni kserokopiya usulida hosil qilinadi). Bo’yoq zarrachalarining zichligi 1 dyuym masofada 300 dan 600 gacha boradi (300 – 600 dpi). Bosmaga chiqarish tezligi 15 – 5 soniya/varaq; Impuls-pufakchali printerlar. Bunday printerlarning ishlash usuli buyoqli printerlarga o’xshaydi. FaQat bularda naychalar orqali buyoq zarrachalari emas, balki buyoqli mikropufakchalar purkaladi. Bu pufakchalar qog’ozga urilgach yoriladi va ularning ichidagi buyoqlar qog’ozga chaplanadi; Nur-diodli (LED) printerlar. Bunday printarlarning ishlash usuli lazerli printerlarga o’xshaydi. FaQat bularda lazer nuri o’rniga diodli mikrolampalarning nurlari ishlatiladi; Termoprinterlar. Bunday printerlarning ishlash usuli matrisali printerlarga o’xshaydi. Faqat, bularda tasvirlar matrisa shaklida joylashtirilgan hamda qizdirilgan sterjenlarning qog’ozga urilib uning sathida qoldiradigan izlari orqali hosil qilinadi. Fotoprinterlar. Kompyuterdagi yoki xotiralash qurilmalaridagi fototasvirlarni maxsus fotoqog’ozlarga bosib chiqaruvchi buyoqli printerlardir. Bulardan tashqari, katta hajmdagi matnli ma’lumotlarni (masalan, telefon kanali orqali uzatilgan ma’lumotlarni) zudlik bilan bosmaga chiqarish maqsadida maxsus matrisali va lazerli (masalan, HP LfserJet 4Si, HP LaserJet 4V) printerlar ham, fotosuratlarni bosib chiqarishga mo’ljallangan maxsus fotoprinterlar ham ishlab chiqarilmoqda. Keyingi yillarda, turli g’ayri tabiiy printerlar ham yaratilmoqda. Axborot vositalarida hatto, kompyuterdagi tasvirlarni turli rangdagi kremlar orqali tortlarning yuzasiga chizuvchi maxsus printerlar ham ishlab chiqarilgani to’g’risida ma’lumotlar ham tarqaldi.
Skanerlar (Scanners) - qog’ozdagi matnli va grafik ma’lumotlarni, tasvirlarni, xar xil rasmlarni o’qib kompyuterga kirituvchi qurilmalardir. Ularning rangli va oq-qora (monoxrom) tasvirlarni kirituvchi 260 dan ortiq turi ishlab chiqilgan. Tuzilishiga va skanerlash usuliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: qo’l skanerlari, varaqli skanerlar,
Qo’l skanerlari (Hand-scanners) - portativ skanerlardan bo’lib, skanerlash jarayoni rolik shaklidagi qurilmani ma’lumotlar yozilgan qog’oz ustida qo’l bilan harakatlantirish orqali kechadi; Varaqli (stol) skanerlar (Leaf-scanners) – stol ustiga qo’yib ishlatiladigan skanerlar bo’lib, skanerlarning eng ko’p tarqalganidir. Standart o’lchamli varaqdagi ma’lumotlarni kirita oladi. Skanerlash sifati juda yaxshi. Asosiy kamchiligi - har bir varaqni alohida skanerlashidir. Varaqlarni navbat bilan qurilmaga avtomatik ravishda uzatib beruvchi vositasi yo’q; Planshet skanerlar (Flatbed - scanners) - kseronusxa oluvchi qurilmaga o’xshash bo’lib, hujjatlarni, chizma va suratlarni kompyuterga kirituvchi eng qulay va sifatli skanerlardir. Skanerlash muddati bir necha soniyani tashkil qiladi. Bunday skanerlarning stol skanerlari deb ataluvchi turi hozirda keng tarqalgandir; Barabanli skanerlar (Drum scanners) - shaffof materiallardagi ma’lumotlarni (slaydlarni, negativlarni va h.k.) kiritishga mo’ljallangan. Bunday skanerlarning o’quvchi qurilmasi harakatsiz holda bo’lib, katta tezlikda aylanayotgan maxsus silindrik barabanlar tasvirli materiallarni o’ziga o’rab oladi va shu ma’lumotlarni satrlar bo’yicha o’qib, kompyuterga kiritadi; Formalar skanerlari (Form - scanners) - to’ldirilgan blankalardagi, anketalardagi, saylov byulletenlaridagi ma’lumotlarni kiritishga mo’ljallangan maxsus skanerlardir. Varaqli skanerlarning bir turi bo’lib, faqat bunda Qog’ozlarni avtomatik ravishda skanerga uzatuvchi vositaga ega. Shuning uchun ham ish unumi juda yuqori; Shtrix-skanerlar (Trait-scanners) - qo’l skanerlarining bir turi bo’lib, mahsulotlarning qutilaridagi yoki etiketkalaridagi shtrix-kodlarni o’qib, kompyuterga kiritishga va ularni maxsus dastur yordamida dekodlashga (ya’ni matnli ma’lumotlarga aylantirishga) xizmat qiladi. Shu bilan birga bunday skanerlar kredit kartochkalari va smartkartalardagi kodlarni ham o’qish imkonini ham beradi. Zamonaviy skanerlar, asosan Canon, HP va Microtek kabi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Keyingi yillarda. turli qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan bir-nechta qurilmalarning funksiyalarini birdaniga bajaradigan universal qurilmalarni ishlab chiqarishga katta e’tibor berilmoqda. Smartfonlar, kommunikatorlar, raqamli video-fotokameralar va flesh-pleyerlar kabi qurilmalar shular jumlasidandir. Shunday universal qurilmalar qatoriga ko’pfunksiyali qurilmalarni ham kiritish mumkin. Ko’pfunksiyali qurilmalar – printer va skanerning funksiyalarini o’zida mujassamlagan qurilmalar bo’lib, bulardan tashqari ular ma’lumotlarni turli xotiralash qurilmalardan (flesh- karta, flesh-brelok va h.k.) kiritishga xizmat qiluvchi maxsus portlar bilan ham jihozlangandirlar. Bunday qurilmalar kompyutersiz ham xotiralash qurilmalaridagi ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri bosmaga chiqarish hamda skaner orqali kiritilayotgan ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri shunday xotiralash qurilmalariga yozish imkoniyatini ham beradi.
Mobil (olinuvchi) qattiq disk diskovodlari
Bunday diskovodlar Zip yoki Mobile Rack diskovodlar deb atalib, kompyuterning ichida emas, balki maxsus korpus ichiga joylashgan alohida qurilmadir yoki boshqacha qilib aytganda, qo’lga olib ko’tarib yuriluvchi qattiq disklardir. Sig’imlari 20 Gigobaytgacha boradi. Ular kompyuterdagi ma’lumotlardan nusxa olishga, so’ngra bu ma’lumotlarni boshqa kompyuterning xotirasiga yozishga xizmat qiladi. Buning uchun ularning kabeli kompyuterning USB yoki parallel portlaridan biriga ulanadi.
Bunday diskovodlar - ma’lumotlarni 3,5 va 5,25 dyuymlik magnitooptik disklardan o’qib, kompyuterga kiritishga hamda kompyuterdagi ma’lumotlarni xuddi shunday disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilmadir. Magnit disklardagi ma’lumotlarni o’qish va ularga yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda quyidagi disklar bilan ishlovchi diskovodlar keng tarqalgan: - 3,5" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 128Mb dan 1,3 Gb gacha);
yozishga hamda shunday kassetalardagi ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kiritishga xizmat qiluvchi qurilmadir. Strimerlar oddiy magnitofon hamda videomagnitofonlarnikiga o’xshash kassetalar bilan ishlashga mo’ljallangan strimerlarga bo’linadi. Hozirgi paytda quyidagi turdagi kassetalar bilan ishlovchi strimerlar ishlatilmoQda: - DM Extra (sig’imlari 3Gb dan 10Gb gacha); - QIC Extra (sig’imlari 400Mb dan 2,2Gb gacha);
Plotterlar (plotters) - kompyuterdagi turli grafik ma’lumotlarni (chizmalarni, sxemalarni, rasmlarni, diagramma va jadvallarni) kata o’lchamli qog’ozlarga bosib chiqaruvchi qurilmadir. Plotterlar quyidagi turlarga bo’linadi: Tasvirlarni qog’ozga tushirish usullari bo’yicha: Vektorli plotterlar - tasvirlarni maxsus chizuvchi vositasini gorizontal va vertikal yo’nalishlar bo’yicha harakatlantirib, to’g’ri va egri chiziqlar yordamida qog’ozga tushiradi; Rastrli plotterlar - tasvirlarni maxsus chizuvchi vositasini faqat bir yo’nalish bo’yicha (asosan, gorizontal) harakatlantirib, satrma-satr nuqtalar yordamida qog’ozga tushiradi. Ishlash uslubi bo’yicha:
yordamida qog’ozga tushiriladi. Perolari sifatida plastik sterjinlar (flomasterlar), bir marta yoki ko’p marta ishlatiluvchi shariklar (sharikli ruchkalar), qalamli grifellar, maxsus bo’rchalar ishlatilishi mumkin. Qog’oz turiga ko’ra rulonli va planshetli plotterlar ga bo’linadi. Bunday plotterlar CalComp (eng birinchi plotterni yaratgan), HP, Summagrafics, Mitoh kabi firma va kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilmoqda. Purkagichli plotterlar (Ink-Jet plotters) - tasvirlarni mayda naychalar yordamida bo’yoqni Qog’ozga purkash usuli bilan (bo’yoqli printerlardek) hosil qiladi. Bunday usullar bilan chizilgan tasvirlar o’zining sifatliligi bilan ajralib turadi. Monoxrom va rangli turlari mavjud. Zamonaviy purkagichli plotterlarga HP 220, Summagrafics Summa Jet 2M, CalComp TechJet Designer 720 (hammasi monoxrom), CalComp TechJet Color, HP 650C, Encad Nova Jet3 (hammasi rangli) plotterlari misol bo’la oladi. Elektrostatik plotterlar (Elektrostatic plotters) - chizuvchi moslama yordamida maxsus elektrostatik qog’ozga bo’yoqlarni surkash asosida hosil qiluvchi rangli plotterlar. Termografik plotterlar (Dizect Imaging plotters) - tasvirlarni issiqlik ta’sirida qorayuvchi maxsus qog’ozga chiqaruvchi plotterlardir. Bunda maxsus miniatyurli qizdirg’ichlar ishlatiladi. Monoxromli plotterlarning eng oddiyi va sifatlisi bo’lib (o’tkazish qobiliyati 800 dpi, chizish tezligi 50 mm./sek) juda keng tarqalgandir. Bunday plotterlarga CalComp DrawingMaster 600, CalComp DrawingMaster 800, OCE G9050-S plotterlari misol bo’la oladi. Lazerli plotterlar (Laser plotters) - tasvirlarni yarim o’tkazgich qatlami bilan qoplangan baraban yordamida hosil qiluvchi plotterlardir. Ya’ni lazer nuri bilan zaryadlangan qatlam quruq tonerni (bo’yoq kukunini) o’ziga tortadi va so’ngra uni baraban ostidan o’tayotgan qog’ozga ko’chiradi. Keyin esa, bu qog’oz maxsus Qizdirgich ta’sirida qizitilib, tonerlar yaxlitlanadi va qotiriladi. Bunday plotterlarning afzalligi- o’tkazish qobiliyatining yuqoriligi (800dpi), tezkorligi (50 mm./sek.), shovqinsiz ishlashi va to’liq avtomatlashtirilganligidadir. Ularga CalComp Solus 4-A0, OCE 9555, JDI 4000E kabi plotterlar misol bo’la oladi. YuQorida keltirilgan plotterlarning barchasi rulonli (o’ram shaklidagi) va planshetli (stol ustiga qo’yiluvchi tekis) hamda turli formatli (A0 dan to A7 gacha formatli) qog’ozlar bilan ishlay oladi, maxsus xotiraga ega (64 Mb gacha).
avtomatlashtiruvchi tizimlarda qo’llaniladi.
Digitayzerlar (digitizer) - tasvir va chizmalarni o’qib, so’ngra ularni mashina kodlariga aylantirib kompyuterga kirituvchi qurilmalardir. Ikkinchi nomi grafik planshetlar. Ular ikki qismdan, ya’ni asosi bo’lgan planshetdan va shu asos sathi bo’ylab siljuvchi pero yoki kursordan iboratdir. Pero yoki kursor tugmachasi bosilgan holda planshet bo’ylab siljitilganda, uning holati koordinatalari ketma-ket qayd qilinib kompyuterga uzatilib boriladi. Digitayzerlardan planshetga o’rnatilgan Qog’ozga foydalanuvchi chizayotgan rasmni ham parallel ravishda kompyuterga kiritish mumkin. Bu kiritilayotgan ma’lumotlar ingichka o’tkazgichlardan tashkil topgan to’r yordamida qayd qilinadi va signallarga aylantirilib kompyuterga kiritiladi. Digitayzerlar ikki turga elektrostatik va elektromagnit digitayzerlarga bo’linadi. Elektrostatik digitayzerlar - kursor ostidagi o’tkazgichlar to’ri elektrostatik potensialining o’zgarishiga asoslangan. Elektromagnit digitayzerlar - harakatlanayotgan kursorning o’tkazgichlar to’rida elektromagnit signallarni hosil qilishiga asoslangan. Zamonaviy digitayzerlarga CalComp DrawingFax 333644, CalComp DrawingBoapd 3400, GTCO Roil-up 2024R, Summa Grid, Kurta XLC, GTCO Super 1.22 (qattiq asosli, 1220x1524 mm. formatli), CalComp Drawing Board III 34180, Hitachi Puma Pro, GTCO Ultima, XLP (A3 formatli) qurilmalari misol bo’la oladi.
Bunday qurilmalarni xarid qilishingiz ham xarid qilmasligingiz ham mumkin. Lekin, bunday qurilmalarni xarid qilsangiz zarar qilmaysiz. Chunki, ular Sizning kompyuteringizga qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib bera oladi. Quyidagi elektron Qurilmalar, zamonaviy kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalarini tashkil qiladi: ✓ Kompyuterlar to’ri kartasi (Network - card);
✓ Antielektrostatiklar; ✓ Web-kameralar; ✓ Multiproyektorlar; ✓ Audiokolonkalar; ✓ Mikrofor va naushniklar; ✓ Raqamli videokameralar; ✓ Raqamli fotokameralar; ✓ Flesh-karta va flesh-breloklar; Kompyuterlar to’ri kartasi. Tizimli plataga o’rnatiluvchi maxsus karta bo’lib, joriy kompyuterga boshqa kompyuterlarni yoki lokal kompyuter to’rlarini ulashga xizmat qiladi. Ko’pgina bunday kartalar bir-nechta vazifalarni ham bajarishi mumkin. Masalan, Intel kompaniyasining Safic Faxtion 400 modemi kompyuterga ichki modem o’rnatishga xizmat qilishidan tashqari, shu kompyuterga ko’plab skanerlarni ulashga ham imkon beradi. Modem kartasi. Tizimli plataga o’rnatiluvchi maxsus karta bo’lib, joriy kompyuterga tashqi modemni ulashga xizmat qiladi. Web - TV va VGA-NTSC kartalari. Tizimli plataga o’rnatiluvchi maxsus kartalar bo’lib, raqamli televizordan monitor sifatida foydalanishga (Web-TV) va aksincha monitorda televideniye ko’rsatuvlarini tomosha qilishga (VGA-NTSC) xizmat qiluvchi qurilmalardir. Uzluksiz ta’minlash bloki (UPS - Uninterrupted Power Supply) - akkumulyator vazifasini bajaruvchi qurilma bo’lib, bir tomondan elektr tarmog’iga va ikkinchi tomondan ta’minlash blokiga ulanadi. Undan elektr toki o’ta boshlaganda uning maxsus elementlari zaryadlanib boradi. Vazifasi - elektr toki uzilib qolgan taqdirda kompyuterni 15 daqiqadan 60 daqiqagacha (turlariga ko’ra) elektr energiyasi bilan ta’minlab turishdir. Buning uchun, tarmoqdagi elektr toki uzilib qolgan zahoti qurilma avtomatik ravishda ishga tushadi (ya’ni, kompyuterni o’zida yig’ilgan elektr quvvati bilan ta’minlay boshlaydi) va uning maxsus indikatori yonib hamda signal berib bu haqda foydalanuvchini ogohlantiradi. Bu qurilma ko’pincha BIP (Bespereboynыy istochnik pitaniya) deb ham ataladi. Antielektrostatiklar. Har qanday kompyuterning elektron mikrosxemalariga statik elektr zaryadlari halokatli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bunday qurilmalarga qo’l bilan teginish ta’qiqlanadi (chunki, odam tanasi statik elektr zaryadlarining manbaidir). Agar shunday mikrosxemalarga qo’l bilan teginish zarurati tug’ilsa (masalan, kompyuterni tamirlash jarayonida) statik elektr zaryadini kamaytirish uchun antielektrostatiklar deb ataluvchi quyidagi qurilmalardan foydalaniladi: Antistatik bilaguzuklar. Bilakka taqiladigan maxsus bilaguzuk bo’lib, simining bir uchi yerga ulanadi. Natijada tanadagi ortiqcha statik elektr zaryadlari shu o’tkazgich orqali yerga o’tadi. Antistatik gilamchalar. Maxsus antistatik materialdan yasalgan gilamcha bo’lib, qo’l yoki oyoq ostiga to’shaluvchi turlari ishlab chiqilgan. Simlari yerga ulangan bo’lib, tanadagi ortiqcha zaryadlarni yerga o’tkazishga xizmat qiladi. Hozirda zamonaviy antielektrostatiklar asosan Radio Shack kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Web-kameralar. Kompyuterga tashqi tomondan ulanuvchi qurilma bo’lib, tevarak- atrofni uzluksiz ravishda tasvirga tushirib shu tasvirlarni uzluksiz ravishda kompyuter xotirasiga yozishga yoki modem orqarli kerakli mazillarga uzatib turishga xizmat qiladi. Asosan, videokonferensiyalarni hamda masofaviy ta’lim berish tizimini tashkil qilishda foydalaniladi.
ekranidagi, videomagnitofonlardagi, hamda raqamli foto va vidnokameralar, Web – kameralar tomonidan uzatilayotgan ma’lumotlarni devorga osiladigan maxsus ekranda kattalashtirib aks ettirishga xizmat qiluvchi qurilmalardir. Bunday qurilmalarga SANYO PLV-30, SANYO PLC-SU20, Hitachi CP-S220 multiproyektorlari misol bo’ladi. Ularning og’irliklari 2,5 kg. gacha bo’lib, tasvirlarni diogonallarining o’lchamlari 0,75 metrdan, 17 metrgacha bo’lgan ekranlarda aks ettirishi mumkin.
ettiruvchi qurilmalar bo’lib, ikkinchi nomi – ovoz kolonkalardir. Ular aktiv va passiv kolonkalarga bo’linadi. Aktiv kolonkalarda ovozning balandligi va tiniqligi rostlovchi (ovozni ko’taruvchi va pasaytuvchi) murvatlar orqali boshqariladi. Passiv kolonkalarda esa bunday murvatlar bo’lmaydi, ularda ovozni eshittirish balandligi va tiniqligi ular ulangan audiokartaning imkoniyatlari darajasida bo’ladi. Bunday kolonkalarga Genius G-06, Genius G-10, Genius Sabwoofer, Microlab M-800 kabi qurilmalar misol bo’la oladi. Mikrofonlar. Ovozli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilmalar bo’lib, aktiv va passiv mikrofonlarga bo’linadi. Bunday qurilmalarga stolga qo’yiladigan Werbatim mikrofonlari misol bo’ladi. Naushniklar. Quloqqa o’rnatiladigan mini-kolonkalardir. Bunday qurilmalarga Werbatim 41645, AIWA va keyingi yillarda ishlab chiqilayotgan mikrofonli naushniklar misol bo’ladi. Raqamli videokameralar. Tevarak atrofni tasvirga olib, olingan tasvirlarni raqamli kodlarga aylantirib o’zining xotiralovchi mikrosxemalariga yozuvchi qurilmalardir. Olingan tasvirlarni so’ngra kompyuterning xotirasiga kiritish yoki to’g’ridan-to’g’ri multiproyektorlarga uzatish mumkin. Bunday qurilmalarga Canon DM-MV400 videokamerasi misol bo’ladi. Raqamli fotokameralar. Tasvirlarni suratga olib, so’ngra ularni raqamli kodlarga aylantirib o’zining xotiralovchi mikrosxemalariga yozuvchi qurilmalardir. Bunday tasvirlarni ham so’ngra kompyuterning xotirasiga kiritish yoki to’g’ridan-to’g’ri multiproyektorlarga uzatish mumkin (1.19-rasm). Bunday qurilmalarga HP Photo Smart 215 fotokamerasi misol bo’ladi.
Flesh-karta va flesh-breloklar. Mitti karta yoki brelok shaklidagi zamonaviy tashqi xotiralash qurilmalaridir. Sig’imlari bir-necha gigobaytga boruvchi bunday qurilmalar asosan, ma’lumotlarni saqlashga hamda tashishga xizmat qiladi. Kompyuterning USB portlariga ulanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasini qanday qurilmalar tashkil qiladi? 2. Zamonaviy kompyuterlarning konfigutasiyasi nima va ular qanday necha xil bo’ladi 3. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari nima uchun “asosiy” va ular qanday qurilmalardan nashkil topgan? 4. Kompyuterlarning tashqi qurilmalari nima uchun “tashqi” va ular qanday qurilmalardan nashkil topgan? 5. Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari nima uchun “qo’shimcha” va ular qanday qurilmalardan tashkil topgan?
1. Kompyuterlarning asosiy qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va asosiy qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring; 2. Kompyuterlarning tashqi qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va tashqi qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring; 3. Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va qo’shimcha qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring; 4. Prays-listdan foydalanib yangi kompyuterni yig’ish uchun kerakli qurilmalarni tanlang va sarf bo’ladigan xarajatlarni hisoblang.
1. Леонтьев В. Новейшая энцшлопедия персонального компьютера. М.,: Олма-пресс образование, 2009, 31-138; 2. Кушнир А.Н. Новейшая энцшлопедия персонального компьютера 2009. М.,: Эксмо, 2009, 17-25; 3. Левин А. Самоучитель работы на компьютере. Санкт-Питербург,: Питер, 2008, 17-35; 4. Симонович С., Евсеев Г., Мураховский Г. Вы купили компьютерю М.,: АСТ- Пресс, 2002, 20-75 ; 5. Жуманов И.И., Мингбоев Н.С. Ахборот технологиялари. 1-қисм. Самарқанд, СамДУ нашри, 2005, 41-91 бетлар; 6. Mingboyev N.S. Kompyuter bilan yuzma-yuz. Samarqand, SamDU nashri, 2010, 21- 34. 7. IXBT (http://www.ixbt.com); 8. СофтКей.Инфо (http://www.softkey.info); 9. Компьютерная энциклопедия Кирилла и Мефодея (http://www.km.ru); Download 493.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling